O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
BITIRUV ISHNI BAJARISH BO‘YICHA
USLUBIY KO‘RSATMA
5330500 – Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”) bakalavriat
ta’lim yo‘nalishi uchun
TOSHKENT - 2022
2
ANNOTATSIYA
Bitiruv ishni bajarish bo‘yicha mualliflar tomonidan tayyorlangan uslubiy
ko‘rsatma 5330500 – Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”)
bakalavriat ta’lim yo‘nalish talabalar uchun mo‘ljallangan.
Uslubiy ko‘rsatma tarkibiga quyidagilar kiradi:
- ilmiy tadqiqotning nazariy bazasi;
- mavzuni tanlash, axborotli va ilmiy izlanish, ilmiy natijalarni shakllantirish,
ishni jihozlash va taqdimotni tayyorlash bo‘yicha, amaliy tavsiyanoma;
Amaliy tavsiyanoma BIni bajarish bosqichlari uchun ilmiy metodlardan
foydalanib ishlab chiqildi.
Uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Vazillar mahkamasining 2015 yil
2 martdagi 36-sonli qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil 9
sentabrdagi 5-2015-son buyrug‘i va 2015 yil 26 oktabrdagi 8-2015-son buyrug‘i
hamda ta’lim to‘g‘risidagi qonun, davlat ta’lim standartlari va ilmiy ishlarni
jihozlash uchun ishlab chiqilgan boshqa normativ hujjatlar asosida tuzildi.
Bakalavr ixtisosligi ilmiy daraja, bitiruv ish (BI) esa tadqiqotchining ilmiy mehnati
sifatida qaraladi.
Tuzuvchilar
:
«Multimedia texnologiyalari» kafedra mudiri, t.f.d.(DSc),
E.Sh.Nazirova
«Multimedia texnologiyalari» kafedrasi dotsenti, PhD,
D.K.Sharipov
«Multimedia
texnologiyalari»
kafedrasi
assistent
Z.D.Aripova
Taqrizchilar
:
Buxoro davlat universiteti "Axborot texnologiyalari"
kafedrasi mudiri, PhD, T.R. Shafiyev
«Multimedia texnologiyalari» kafedrasi dotsenti v.b., PhD,
Sh.Abidova
“Multimedia
texnologiyalari”
kafedrasida
muhokama
etildi
20
21
yil
3 noyabr
№
9
-son bayonnamasi
Kompyuter injiniringi fakultetining ilmiy-metodik kengashi bilan kelishildi
20
21
yil
25 noyabr
№
5
- son bayonnama
TATU ilmiy-metodik kengashida ko‘rildi 20
22
yil
25 yanvar
№
6 (142)
-son
bayonnoma
©
TATU, Nazirova E.Sh., Sharipov D.K., Aripova Z.D.
3
M U N D A R I J A
M U N D A R I J A........................................................................................................ 2
KIRISH .......................................................................................................................... 4
1.
BITIRUV ISHNING ILMIY ASOSLARI .............................................................. 4
2. BI TUZILISHI VA ASOSIY BO‘LIMLAR MAZMUNI ..................................... 11
3. BI MATNLI QISMI BAYONI VA JIHOZLANISHI ........................................... 31
4. BIDA ILLYUSTRATIV MATERIALNING GRAFIKLI TASVIRLANISHI ...... 33
5. MATEMATIK FORMULALARNI YOZISH VA TUSHUNTIRISH ................... 34
6. FOYDALANILGAN MANBALAR RO‘YXATINI TUZISH ............................... 34
7. ILOVANI JIHOZLASH QOIDALARI .................................................................. 35
8. BI TAQDIMOTINI TAYORLASH TAMOYILLARI ........................................... 35
8.1. BI taqdimoti haqida umumiy Nizom ................................................................ 35
8.2. BI sifati va DAK da himoyani baholash bo‘yicha tavsiyalar ........................... 36
9. BINI BAHOLASH MEZONI ................................................................................. 37
10. BI HUJJATLARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI ..................................... 38
10.1. BI ni jihozlashning titul varaqasi .................................................................... 38
10.2. BI bo‘yicha yozilgan taqriz va ilmiy xulosa ................................................... 41
11.BITIRUV ISHI NAMUNAVIY MAVZULAR RO‘YXATI ................................. 43
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..................................................................... 47
4
KIRISH
Sog‘lom fikrli, chuqur bilim, keng dunyoqarash va ma’naviy jihatdan yuksak
salohiyatga ega avlodni tarbiyalash masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim
ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bugungi kunda har tomonlama yetuk, salohiyatli,
ma’nan boy barkamol avlodni voyaga yetkazish ishlariga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Yoshlarni tarbiyalash va ularga zamonaviy bilim berishning sifatini oshirish
hamda jamiyatimiz uchun barkamol shaxsni shakllantirish ta’lim tizimining eng
asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy
ishlari bilan bir qatorda, talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilishni davr taqozo
etmoqda. Hozirgi kunda oliy o‘quv yurtlarida professor-o‘qituvchilar rahbarligida
ko‘plab talaba va magistrlarimiz ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqdalar.
Ta’lim muassasalarida talabalarga ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha aniq maqsad
va vazifalarni ishlab chiqish, talabalarni tanlangan ilmiy tadqiqot yo‘nalishi
bo‘yicha ta’lim texnologiyalari asosida ilmiy ishlarini olib borishi zarur.
Bu borada kafedralarda professor-o‘qituvchilar o‘quv-tarbiyaviy ishlari bilan
bir qatorda, talabalarning bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik
ishlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazishdan iborat. Shu
maqsadda kompyuter inginirin yo‘nalishi bo‘yicha bitiruv ishlarini tayyorlash
yuzasidan uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalarni qamrab olgan ushbu ko‘rsatma
yaratildi.
Uslubiy ko‘rsatmada ilmiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, tadqiqot
vazifasi, uslublari va ularni tashkil etish, tadqiqot natijalari va ulaming tahlil etish
bo‘yicha tavsiyalar bayon qilingan hamda bitiruv ishini yozish, rasmiylashtirish va
himoyaga tayyorlash yuzasidan amaliy maslahatlar berilgan.
1.
BITIRUV ISHNING ILMIY ASOSLARI
Davlat ta’lim standartiga mos bakalavr darajasi kasbiy faoliyatning ilmiy
tadqiqqot ko‘rinishiga mo‘ljallangan va yuqori malakali pedagogik kadrlarni
tayyorlashda uzluksiz ko‘p darajali strukturada birinchi ilmiy darajaga mos keladi.
Davlat attestatsiya komissiyasida ilmiy yo‘nalishga mos va tanlangan kasb
asosida tayyorgarlikdan o‘tgan, BIni muvaffaqiyatli himoya qilgan oliy o‘quv yurti
bitiruvchisiga bakalavr ilmiy darajasi beriladi.
Bitiruvchining xarakteristikasiga asosiy talab BIning ilmiy-pedagogik darajasi
hisoblanadi.
Ushbu uslubiy ko‘rsatmada BI o‘qitishning yakuniy bosqichida bakalavr
tomonidan ilmiy-tadqiqot ishini o‘tkazishda olingan natijalarning ilmiy mehnati
sifatida baholanadi.
Bakalavri tomonidan bajarilgan BIning nazariy bazasi sifatida BIni sifatli
ishlab chiqish uchun ilmiy tadqiqot asoslari bo‘yicha bilim, ta’lim tashkilotlarida
bo‘lajak kasbiy faoliyatga tayyorgarligini baholovchi oliy o‘quv yurti
bitiruvchisining ilmiy mehnati sifatida jihozlanishi tushuniladi.
5
Fan - bu tabiat, jamiyat va fikrlashda, sotsial-iqtisoq faoliyat natijasida
olinadigan va bevosita jamiyatning ishlab chiqarish kuchiga aylantiriladigan
uzluksiz bilimlar tizimining rivojlanishi hisoblanadi. Fan termini alohida bilimlar
sohasini belgilash uchun ham qo‘llaniladi.
Fanning asosiy maqsadi – ob’yektiv duniyoni bilish (haqiqiy holatni nazariy
tasvirlash) va jamiyatga foydali natijalar olish maqsadida atrof muhitga ta’sir etish.
Fan jamiyatning ilmiy tadqiqot faoliyati natijasida qo‘llab-quvvatlanadi va
rivojlanadi.
Ilmiy tadqiqot – fanning mavjudlik va rivojlanish shakli. Ilmiy-tadqiqotni
tashkil etish strukturasini quyidagi tarkibiy qismlar ko‘rinishida tasvirlash maqsadga
muvofiqdir:
Ilmiy tadqiqotning umumiy masalalari (nazariya, metodologiya va
metodlar);
Ilmiy tadqiqot jarayonlari (shakllari, metodlari va bilish vositalari);
Ilmiy tadqiqot metodikasi (Aniq shakl, fan va kasbiy faoliyat sohasiga
mos samarali metod va vositalarni tanlash);
Ilmiy tadqiqot texnologiyasi (Ilmiy tadqiqot jarayonlari va ularni
bajarish haqida bilimlar to‘plami);
Ilmiy nazariya – bu mos sohada (bizning misolda kompyuter inginiring)
nazariyaning asosiy elementlar to‘plami(tasdiqlangan gipoteza, tushuncha va
mulohaza). Nazariyaning rostlik mezoni uning amaliyot bilan tasdiqlanganligi
hisoblanadi.
Har qanday fanning asosi metodologiya hisoblanib, o‘z tarkibiga quyidagilarni
oladi: faoliyat tuzilishi, mantiqiy tashkil etish, metod va vositalar haqida bilimlar.
Ilmiy adabiyotlarda metodologiya sifatida ilmiy bilimlar tizimi, ya’ni ilmiy-
bilish faoliyatining qurilish tamoyillari haqidagi bilimlar, shakllar va usullar
tushuniladi.
Ilmiy metod – bu inson faoliyati (ishlab chiqarish, siyosiy, madaniy, ilmiy,
ta’limiy va hokazo)ni qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yo‘naltiruvchi qoida va
ko‘rsatmalar tizimidir.
Agar metodologiya ilmiy natijalar kutilayotgan gipotezada ifodalangan
maqsadga erishishni ta’minlovchi ilmiy tadqiqot strategiyasi bo‘lsa, metod esa
qaysi yaxshi yo‘l bilan borish mumkinligini ko‘rsatuvchi taktika hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda tadqiqotning metodlari, vositalari va
shakllarini tanlash va tadqiqotning metodikasini ilmiy asoslash lozim.
Ilmiy tadqiqotlar metodikasi bu nazariy va amaliy tadqiqotda foydalaniladigan
aniq shakl, metod va vositalar to‘plami hisoblanadi.
Bizga ma’lumki, tadqiqot masalani qo‘yishdan boshlanadi, shuning uchun
metodika qo‘yilgan masalani amaliy yechish uchun zarur tadqiqot ob’yekti haqidagi
mavjud bilimlardagi qarama-qarshiliklarni ochish imkoniyatini berishi lozim, ya’ni
zarur natijalarni olish uchun tadqiqot ob’yekti haqida nazariy ma’lumotlarning
yetarli emasligini ko‘rsatishdan iborat.
Masalaning qo‘yilishi mavzuni shakllantirish metodikasi asosida mavzuni
tanlash imkoniyati va tadqiqotning aniq masalasini yechish uchun uning
6
dolzarbligini asoslash imkoniyatini beradi. Mavzuni tanlash, uni shakllantirish va
masalaning dolzarbligini asoslash navbatdagi quyidagi bosqichga o‘tish
imkoniyatini beradi, ya’ni adabiyotlar manbaini tahlil etish metodikasi asosida
berilgan bilimlar sohasi ( adbiyot manbalarini tahlil etish va Internet axborot
resurslaridan foydalanish)da mavjud ilmiy natijalarni umumlashtirish uchun –
masalani yechish yo‘lidagi axborotli izlanishdir.
Natija qo‘yilgan masala bo‘yicha ilmiy tadqiqotni o‘tqazish rejasi hisoblanadi.
Ilmiy izlanish metodikasi aralash sohada boshqa ob’ektlarda qo‘llanilgan mavjud
metodikani tanlash asosida shakllantiriladi yoki bunday metodika mavjud bo‘lmasa
masalani yechish uchun muallifning yangi metodikasi ishlab chiqiladi. Ilmiy
izlanish metodikasi ichida quyidagi guruhlar ajratiladi:
- Nazariy tadqiqot metodikasi;
-Tajriba tadqiqoti metodikasi.
Nazariy tadqiqot metodikasi nazariy tadqiqotning umumiy strukturasi va
qo‘yilgan masala va mavzu nomiga mos asosiy va yordamchi masalalarni yechish
metodikasini anglatadi.
Nazariy tadqiqot yangi ilmiy gipotezalarni yaratish, o‘rganilmagan hodisa
yoki jarayonlarni chuqur tushuntirish, ilmiy tadqiqot strategiyasi va taktikasini
asoslash, shu bilan birgalikda o‘xshash va boshqa masalalarni yechishga
yo‘naltirilgan ijodiy ishlar hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqot insonning (tadqiqotchi) intellektual faoliyati (fikrlashi)ga
asoslanadi. Ilmiy tadqiqotning muhim elementi aqliy mehnat hisoblanadi. Nazariy
tadqiqotning katta miqdordagi soni mavjud bo‘lib, uni tanlash aniq ilmiy masalaga
mos kelishi lozim.
Tajribaviy tadqiqot metodikasi – bu tajriba tadqiqotlarini bajarishdagi ketma-
ketlik va usullarning umumiy strukurasidir.
Tajribaviy tadqiqotlar nazariy tushuncha, qonuniyat, tamoyillarni amalda
tasdiqlaydi va tanlangan mavzu bo‘yicha ilmiy tadqiqotda shakllantirilgan olingan
ilmiy natijalarning ishonchliligini tasdiqlash uchun baza hisoblanadi.
Tajriba va nazariya o‘zaro quyidagicha bog‘langan:
Nazariya tajriba metodikasini asoslash imkoniyatini beradi;
Tajriba nazariyaning haqiqatligini baholash imkoniyatini beradi.
Tajribaviy tadqiqot uch bosqichdan iborat: rejalashtirish, tajriba va tahlil
(natijalarni qayta ishlash).
Tajribani o‘tkazishda quyidagi ishlarni bajarish zarur:
Dastur tuzish yoki loyiha yaratish;
Metodikani asoslash;
O‘lchov vositalarini tanlash;
O‘lchovlarni baholashni bajarish;
Bajarilish ketma-ketligini aniqlash;
Taqvim rejani tuzish.
Tajribaviy tadqiqotlarning muhim bo‘limlaridan biri ma’lumotlarni qayta
ishlash va tahlil etish hisoblanadi. Tajriba metodikasini tanlashda ma’lumotlarni
qayta ishlashning matematik metodlariga va natijalarni jadval, grafika, formula,
7
diogramma ko‘rinishidagi qulay shakllardan foydalanishga alohida e’tibor berish
lozim bo‘lgan. Ilmiy natijalarni ilmiy holat ko‘rinishida jihozlash metodikasi ilmiy
masalaning yechimidagi yakuniy bosqichi hisoblanadi. Ilmiy mahsulotlarning shakli
quyidagicha bo‘ladi:
Ilmiy-texnik hisobot;
Ma’ruza;
Maqola;
Monografiya;
O‘quv qo‘llanma;
Bitiruv ish.
BI oliy o‘quv yurti bitiruvchisining ilmiy tadqiqot natijalari hisoblanadi. BI
maxsus, ommaviy himoyalanadigan malakaviy ish sinflariga qaraladi.
Ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun berilgan masala uchun fanda mavjud
optimal metodikani tanlash yoki yangi metodikani ishlab chiqish. O‘zaro
bog‘langan quyidagi uchta ilmiy tushunchalarga alohida e’tibor berish zarur:
metodologiya, metod, metodika, qiymat va bular BI mavzusi bo‘yicha
bajarilayotgan tadqiqotda bakalavr uchun printsipial xarakterga ega bo‘ladi.
Oliy o‘quv yurtida BI bakalavrda o‘qishning yakuniy bosqichida bajariladi va
o‘qituvchining ilmiy rahbarligida bitiruvchi tomonidan mustaqil bajariladigan
ilmiy-tadqiqot majmuasi hisoblanadi. BI – bu mustaqil ilmiy-amaliy tadqiqot
hisoblanib, bitiruvchining malakaviy bilim darajasini o‘rnatish imkoniyatini beradi
va ushbu bilimlarni kelajakda kasbiy o‘quv-metodik va ilmiy-amaliy faoliyatida
foydalanish ko‘nikmasini hosil qiladi.
BIni bajarishda maxsus adabiyotlardan bilimlarni, adabiyotlarni mustaqil tahlil
eta olish va umumlashtiruvchi xulosalarni chiqara olish ko‘nikmasini ko‘rsata olishi
lozim.
BI ijodiy, yangi elementlarga ega va ta’lim sohasining kasbiy faoliyatida
axborot-kommunikatsion vositalar va kompyuterlarni qo‘llash bo‘yicha ilgari
ma’lum yechimlarni taqqoslashda tadqiqotning tanlangan mavzusi bo‘yicha ilmiy-
amaliy masalalarni samarali yechishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
BI ning maqsadi quyidagilardan iborat:
Nazariy bilimlarni tizimlashtirish;
Nazariy bilimlarni mustahkamlash;
Nazariy bilimlarni kengaytirish;
Nazariy bilimlarni chuqurlashtirish;
Mustaqil tahlilning amaliy ko‘nikmasini hosil qilish;
Kompyuter injiniringi yo‘nalishi bo‘yicha to‘plangan malakalarni
umumlashtirish;
Davlat ta’lim standartida ko‘rsatilgan aniq o‘quv-metodik, ilmiy-texnik,
axborot-texnologik, dasturiy-algoritmik, grafika va dizayn kabi mavzuli
topshiriqlarni hal etishda olingan bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llash.
Bakalavrning BI gumanitar, sotsial-iqtisodiy va tabiy-ilmiy, umumiy kasbiy
fanlardan chuqur bilim va axborot texnologiya sohasida kasbiy tayyorgarlikni
tasvirlashi lozim. BI to‘plangan bilimlarni amaliy ilmiy-tadqiqot ishida qo‘llash
8
ko‘nikmasini ko‘rsata olishi, axborotli manbalardan foydalanish bo‘yicha malakaga
ega ekanligini tasdiqlashi, normativ materiallar, mavjud ilmiy konsepsiayni
tanqidiy baholsh ko‘nikmasini tasvirlashi va ta’limni axborotlashtitish masalasidagi
yondoshuvlar, xususan, axbotli jamiyatda yashash va ishlashni ko‘rsata olishi zarur.
BIning bajarilishi quyidagilarga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim:
Kasbiy-ta’limiy dasturlarni o‘zlashtirish jarayonida olingan bilimlarni
mustahkamlash;
Ilmiy, metodik va statistik materiallarga ega adabiyot manbalari va
Internet tarmog‘i axborot resurslari bilan mustaqil ishlash malakalarini
chuqurlashtirish;
Kasbiy amaliyotda axborot faoliyat natijalarini qayta ishlashning
zamonaviy metodlarini o‘rganish va tahlil qilish ko‘nikmasini hosil qilish.
BI - bitiruvchining kasbiy darajasini aniqlovchi malakaviy ilmiy mehnat
sifatida qaraladi. BI sifati va bakalavrini baholash quyidagi ko‘rsatkichlar bilan
aniqlanadi:
Aniq materiallarni bajarishda ta’lim sohasida amaliy ilovalarga
mo‘ljallangan tadqiqot;
BIda taklif etilayotgan xulosa va tavsiyonomalar;
Pedagogik amaliyotda axborot-kommunikatsion texnologiyadan keng
foydalanish asosida o‘qitish jarayonini takomillashtirish uchun to‘liq yoki qisman
qo‘llash;
Zamonaviy metodlar va ta’limni axborotlashtirish vositalaridan
foydalanish;
Tarmoqli texnologiyadan foydalanish;
Masofaviy ta’lim texnologiyasidan foydalanish;
Multimedia texnologiyalari va dizayn imkoniyatlaridan foydalanish;
Virtual-maktab agent texnologiyasidan foydalanish;
Axborot-texnologiyasi va dasturiy-apparatli vositalar yordamida qo‘llab
quvvatlanilayotgan innovatsion texnologiyalar;
Ma’lumotlar bazasining rivojlanayotgan ochiq arxitekturasi bilan o‘quv-
bilish fazosini tashkil etish.
Kompyuter injiniringi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi axborot texnologiyalari
asosi bo‘lgan quyidagi tamoyillardan ijodiy foydalanishni talab etadi:
Ko‘rgazmalilik;
Huquqiylik;
Tizimlilik;
Ketma-ketlilik;
Onglilik.
Ta’limda axborot texnologiyasi amaliy informatika va kompyuter
grafikasining nazariyasi va metodlari bilan bog‘liq quyidagi masalalarni hal etish
imkoniyatini beradi:
Avtomatik dasturlashning axborot texnologiyasi;
Avtomatik loyihalashning dizayni va axborot texnologiyasi;
9
Avtomatik o‘qitishning axborot texnologiyasi;
Avtomatik boshqarishning axborot texnologiyasi;
Avtomatik diagnostikaning axborot texnologiyasi;
Hisoblash tajribasi;
Turli soha (tibbiyot, fan, madaniyat, texnika, ta’lim, ishlab chiqarish,
savdo, transport, aloqa, huquqshunoslik, arxitektura, loyihalash, xizmat sohasi, dam
olish) faoliyatida kompyuterli modellashtirish dasturlari.
O‘qitishning axborot texnologiyasi yuqorida ko‘rsatilgan didaktik tamoyillarni
hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim. Ushbu tamoyillar yangi ta’lim muhitida
(Avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimida) tasvirlanadigan yangi mazmun bilan
to‘ldirilishi lozim, bu esa yangi axborotli pedagogik texnologiyani shakllantirish
imkoniyatini beradi.
Ilmiylik tamoyili faqat an’anaviy bilimlarnigina emas, balki zamonaviy
fanning fundamental holatini shu bilan birgalikda uning istiqbolini ham ko‘rsatadi.
Ko‘rgazmalilik tamoyili
. Ko‘rgazmalilik sifatida avvalam bor,
o‘rganuvchining predmetni biror shaklda ko‘rish va o‘rganilayotgan fizik
hodisaning rivojlanishi (evolyutsiyasi, o‘zgarishi)ni kuzatish tushuniladi.
Kompyuter ushbu jarayonlarni ShK monitor ekranida tasvirlash orqali
boshqarish imkoniyatini beradi. An’anaviy vositalar (taxta, bo‘r, latta) bilan erishish
qiyin bo‘lgan harakatlanayotgan barcha ob’ektlarni dinamik holatda ko‘rsatish
mumkin.
Kompyuter tomonidan ta’minlanuvchi ko‘rgazmalilik yangi bilish quroli-
kompyuter grafikasi haqida gapirish imkoniyatini beradi. Ushbu qurol matn bilan
ifodalash imkoniyati bo‘lmagan va yuqori abstrakt darajaga ega bo‘lgan insoniyat
bilimlarini vizuallashtirish imkoniyatini yaratadi.
Kompyuterli o‘qitishda huquqiy tamoyil ma’lum yoshdagi o‘rganuvchi
guruhlar uchun aniq material uchun o‘qitish maqsadiga eishish imkoniyatini
beruvchi individual huquqiy tamoyilga o‘tadi.
Tizimlilik va ketma-ketlilik tamoyili o‘quv materialini tashkil etishning
tuzilishi va o‘qitilish darajasini nazorat qilishda teskari aloqani ta’minlash vazifasi
bilan bog‘liq.
Kompyuterli o‘qitish o‘z metodolgiyasi bo‘yicha o‘rganuvchu ekranida o‘quv
materialini ketme-ketlikda qismlarga bo‘lingan holda uzatishni tashkil etadi, ya’ni
kompyuterga tegishli maxsus ketma-ketlikdagi amallar( monitor ekranida axborotni
tasvirlash, predmetli sohada belgili model bilan ishlash, dialogli rejimda
klaviaturadan javobni kiritish va kompyuterli o‘quv dasturlarini amalda bajarish).
Bilimlarni o‘qitishning axborot texnologiyasida tasvirlanishi tizimlilik
ko‘rinishidagi didaktik tamoyilni ta’minlaydi.
Zamonaviy axborot texnologiyasiga tayangan holda o‘qitishda kompyuterli
o‘qitish metodikasi asosida tashkil etilgan startegiya onlililik tamoyilini
ta’minlaydi.
Bu metodika kompyuterli o‘qitishning psixologo-pedagogik nazariyasida
quyidagi strategiyani tarbiyalashga yo‘naltirilgan:
10
Predmetlarni va o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganish uchun ular
orasidagi o‘zaro bog‘liqlilik hodisalariga qaraydi;
An’anaviy o‘quv fanlarida olingan bilimlarni to‘ldiradi.
Onglilik tamoyilini amalga oshirish uchun kompyuter o‘rganivchiga har bir
mavzuning maqsadi va masalasi bo‘yicha xabar beradi va bilimni muvaffaqiyatli
o‘zlashtirishi uchun zarur amallarni ko‘rsatadi (Bu amallar texnologik xarita
ko‘rinishida ifodalanadi). Onglilik tamoyilining amalda bajarilish muvaffaqiyati
kursning nazariy darajasiga, o‘rganilayotgan tushunchaning to‘liq ochilishi va ular
orasidagi o‘zaro munosabatlarga, ya’ni fanlararo aloqaning ta’minlanganligiga
bog‘liq bo‘ladi.
Kompyuterli kommunikatsiyaning mavjudlik tamoyili o‘rgatuvchi va
o‘rganuvchi o‘rtasida kompyuter orqali dialogni tashkil etishga asoslangan, ya’ni
zamonaviy pedagogik tizim “o‘qituvchi – kompyuter - o‘rganuvchilar guruhi”
paydo bo‘ladi.
Uning amalda qo‘llanilishi yangi pedagogik nazariya – o‘qitishning quyidagi
axborot modelini ishlab chiqish talab etiladi:
O‘quv axborotini faol tasvirlovchi darslik (elektron ensiklopediya,
elektron darslik, virtual amaliyot), ya’ni bilimlar generatori;
o‘quv jarayonini boshqaruvchi o‘qituvchi (tyutor);
Internetning axborotli bilish muhitida o‘rganuvchi o‘z-o‘zini
o‘qitishning faol elementi hisoblanadi.
Informatikaning matematik va mantiqiy asoslari fan va o‘quv fani sifatida
diskret matematika elementlariga asoslanadi.
Bu bilimlar sohasida informatika va kompyuter grafikasi fanlari bo‘yicha
kasb ta’limidagi bakalavr nazariyani ishlab chiqishda quyidagi yo‘nalishlardan biri
bo‘yicha tadqiqotni tashkil etadi:
Mikroprotsessorli avtomatlarning sintezli masalalarida mantiqiy algebra
elementlari;
Dasturlash ilovalarida grafiklar nazariyasi;
Kompyuter grafika va dizan nazariyasi;
Algoritmlash metodlarining ilovalarida amaliy algoritmlar nazariyasi;
Ikkilik arifmetikaning ilovalarida mashinali matematika.
Telekommunikatsiya ilovalarida axborotlarni kodlash va uni yoyish
nazariyasi;
Nazariy dasturlash masalalarining ilovalarida formal til va avtomatlar;
Nazariy dasturlash va boshqalar.
Bitiruv ish mavzusini tanlash – BIning qo‘lyozmasi tugallangandan keyin
olinadigan nazariy yoki eksperimental xarakterini, istiqboldagi tadqiqotning
mazmunini, ilmiy ishlanmaning dolzarbligini, ilmiy natijalarning amaliy ahamiyati
va qo‘llanilishini aniqlovchi eng ma’suliyatli bosqich hisoblanadi.
BI mavzusini tanlashning umumiy metodik tamoyili sotsiyal buyurtma asosida
masalaning qo‘yilishi hisoblanadi. Natijada shakllantirilgan muammodagi
masalalarni yechish uchun zarur bo‘lgan ilmiy tadqiqot mavzularining nomlari
11
aniqlashtiriladi. Mavzuni tanlashda quyidagi asosiy yo‘nalishdagi imkoniyatlar
mavjud:
Kafedra tomonidan tadqiqotlar o‘tkazish natijasida hosil bo‘lgan mavzular;
Soha tashkilotlarda kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib, talabalar
tomonidan taklif etilgan individual mavzular;
BI rahbari tomonidan taklif etilgan mavzular;
Soha tashkilotlarda, ta’lim va tadqiqot institutlari hamda O‘zbekiston
Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi tomonidan berilgan buyurtmali mavzular.
Mavzuni tanlashda ilmiy ishlab chiqish masalasini amaliyotdagi talablar va
amaliyotni ta’minlash uchun zarur nazariy tadqiqotdagi yetishmovchiliklar orasidagi
mavjud qarama-qarshiliklarni asoslash lozim.
Talaba tomonidan tanlangan mavzuda muammoni bitiruvchining o‘zi
shakllantiradi va kafedrada tasdiqlaydi.
Ilmiy rahbar tomonidan taklif etilgan mavzularda muammoni shakllantirish
oldindan qo‘yilgan va talabaga tushuntirilgan.
Buyurtmali mavzularda muammoni shakllantirish buyurtma bergan tashkilot
tomonidan amalga oshiriladi.
BI mavzulari tadqiqot xarakteriga ega bo‘lib, quyidagilarni aniqlashi lozim:
Yangi ilmiy natijalar olish uchun nazariy va tajribaviy tadqiqotlar
o‘tkazishda talab etiladigan aniq masalalarni yechish;
Soha tashkilotlar yoki axborot texnologiyalari o‘quv yurtlarida o‘quv-
tarbiya jarayonlari samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan yangi dastur, saytlar,
qurilma, kompyuter dasturlarini yaratish;
O‘quv dasturi va malakaviy talablar mazmuniga mos yo‘naltirilgan yangi
bo‘lim yoki axborot texnologiyalari sohasida yangi fanni o‘qitish metodikasini
ishlab chiqish;
Soha tashkilotlarda hamda axborot texnologiyalari o‘quv yurtlarida
o‘quvchi va talabalarni tayorlash darajasini oshirishga yo‘naltirilgan yangi
kompyuter dasturlarini ishlab chiqish va malakaviy talablar ga navbatdagi avlodni
kiritish uchun takliflarni shakllantirish.
Bakalavr taklif etayatgan mavzu kurs ishi yoki o‘quv-tadqiqot ishining
davomi va uni rivojlantirishi bo‘lishi mumkin. BI mavzusini tanlash va uni
kafedrada tasdiqlash ixtisoslik o‘quv rejasi bo‘yicha o‘qitish yakunlangandan so‘ng
va BI mavzusi bo‘yicha tadqiqot bajarilishidan oldin tugallanishi lozim.
Ushbu davrgacha BI ilmiy rahbari va zarur bo‘lsa, BI mavzusining maxsus
bo‘limlari bo‘yicha maslahatchi tasdiqlanishi lozim.
Mavzu tasdiqlangan va ilmiy rahbar belgilangandan keyin bakalavr axborot
texnologiyalari kafedrasi mudiri tomonidan tasdiqlangan BIni bajarish uchun
topshiriqlar oladi.
2. BI TUZILISHI VA ASOSIY BO‘LIMLAR MAZMUNI
12
BI chop etilgan va kitob ko‘rinishga keltirilgan holdagina himoyaga ruhsat
beriladi. Matnlar, grafiklar, formulalar va adabiyotlar ro‘yxati shaxsiy kompyuter
printerida jihozlanadi, uning elektron nusxasi kafedrada saqlanadi, qo‘lyozma
varianti esa davlat attestatsiya komissiyasiga topshiriladi. BI materiallari elektron
tashuvchida ya`ni diskda ilova etiladi. BI talabaning zamonaviy axborot
texnologiyasi va Microsoft Word ko‘rinishidagi mukammal dasturiy ta’minot
paketlari hamda boshqa bosma poligrafik amaliyotda keng qo‘llaniladigan
ko‘nikmalarni ko‘rsatadi.
BI muallifning ijodiy fikrini mantiqan ketma-ketlikda yoritishi, qilingan ish
mazmunini ifodalashi, o‘tkazilgan tajribalar va ularning ilmiy natijalarining
yozilishi, tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlar tahlili qisqa va aniq shaklda
bajarilishi lozim.
BI materiali qo‘lyozma sifatidagi ilmiy mehnat sinfiga kiradi.
BI hajmi qoidaga ko‘ra,
60
sahifa, kamida
55
sahifadan iborat chop etilgan
ko‘rinishga ega ilmiy material hisoblanadi.
BI 3 bobdan iborat bo`lib, 1 chi bob tanlangan mavzu asosida mavzudan kelib
chiqgan holda, mavzu yoritiladi. Misol uchun 3Dda bironbir ob`yektni loyihalashga
tegishli mazvu bo`lsa, 1 bobda qanday shunga o’xshash ob`yektlar qilinganligi va
qanday dasturlarda yaratish mumkinligi ko’rib chiqgan holda ulardan birini tanlagan
holda 2 bobga o`tiladi ya`ni 2 bobda tanlangan dasturni yoritilish bilan boshlanadi.
BIning namunaviy tuzilishi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
BIning titul varag‘i;
BI talaba va rahbarga tegishli jadvallar;
BIga annotatsiya;
BIning mundarijasi;
Kirish;
BIning asosiy qismi;
- I bob nazariy qism;
- II bob amaliy qism qilingan ish yoritilishi;
- III bob Hayot faoliyatini xavfsizligiga tegishli ma`lumotlar.
Xulosa;
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
BIga ilova(tajribalar natijasi, ariza, toshiriqlar varaqasi va taqrizlar).
13
BI shaklining asosiy talablari:
1-
Butun diplom Times New Roman shirftida 14 hajmda bo’ladi (Bob
nomlaridan tortib sarlavhalar ham, hamma hammasi!);
2-
List shakli
1-rasm. Wordda diplom yozishni boshlashdan oldin varroq (list) shaklini BIdagi
parametri berilgan
Ya`ni, yuqoridagi ko`rsatilgan chizg`ich (lineyka) shakli quyida berilgan
rasmdagidek bo’lishi lozim. Sababi chap taraf pereplyot ya`ni kitob shakliga
keltirganingizda 3 smlik joy oladi. [Lineyka parametriga kirish uchun ihtiyoriy
strelka orqali ko’rsatilgan joyiga sichqonchani chap tarafi bilan 2 marotaba bosib
past ko`rsatilgan oyna orqali to’g’illashingiz mumkin bo’ladi]
14
2-rasm. Varroq shaklini BI bo’yicha talabi
BI asosiy titul varrog’i quyidagi ko’rinishda bo’ladi (A shakl - na`muna 3
tilda keltirilgan talabalar qaysi tilda ta`lim olishidan kelib chiqgan holda). Titul
varog’ida sarlavha raqami (bet raqami) qo’yilmaydi!!! Titulda ham avval
ta`kidlanganidek Times New Roman 14 shirft bo’ladi.
B shakl na`munada tituldan keyin keladigan 2 varroq diplom mavzusiga
tegishli ma`lumot va jadval berilgan. U yerda BI mavzu tasdiqlangan sana va
farmoyish raqamlari har yil yangisi yoziladi va qisqacha BI mundarijasi B shaklda
ko’rsatilganidek qilib keltiriladi.
15
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Himoyaga
«Multimedia texnologiyalari»
kafedrasi mudiri
______Nazirova.E
«____» ___________2021y.
BAKALAVR BITIRUV ISHI
MAVZU: BITIRUVCHI SINF OʻQUVCHILARI TABELIDAGI BAHOLARNI
TAHLIL QILIB, ULARDA QAYSI SOHAGA QOBILIYAT BORLIGINI
ANIQLOVCHI VA QAYSI YOʻNALISHGA TOPSHIRISHNI MASLAHAT
BERUVCHI TIZIM YARATISH
TOSHKENT-2021
Bitiruvchi _____________Rahmatov.M
Rahbar ______________Rahmonov.Q
Taqrizchi_____________Baxriddinov.A
XFX va Edan ___________Raxmonova.G
Na`muna A shakl
16
МИНИСТЕРСТВО ПО РАЗВИТИЮ ИНФОРМАЦИОННЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ И КОММУНИКАЦИЙ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
ТАШКЕНТСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ ИНФОРМАЦИОННЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ ИМЕНИ МУХАММАДА АЛ-ХОРАЗМИЙ
У Т В Е Р Ж Д А Ю
Зав. Кафедрой
«Мультимедийные технологии»
Назирова Э.Ш._____________
«____»_________2021г.
ВЫПУСКНАЯ РАБОТА
на тему:
СОЗДАНИЕ АНИМАЦИОННОГО РОЛИКА ПО ТЕМЕ ВЫДАЮЩИЕСЯ
УЧЕНЫЕ ВОСТОКА ИСТОРИЯ ЖИЗНИ АБУ НАСР АЛЬ – ФАРОБИЙ
Выпускник
Киличев Ф. Ф.
Руководитель
Артикова М.
Консультант по
БЖД и Э
Борисова Е. А.
Рецензент
Рахмонов З.
Ташкент 2021
Na`muna A shakl
17
THE MINISTRY OF DEVELOPMENT OF INFORMATION
TECHNOLOGIES AND COMMUNICATIONS OF THE REPUBLIC
UZBEKISTAN
TASHKENT UNIVERSITY OF INFORMATION TECHNOLOGIES
NAMED AFTER MUHAMMAD AL-KHWARIZMI
“APPROVED”
Head of the department
“Multimedia Technologies”
«___» __________ 2021.
________Nazirova E.Sh.
On the theme:
DEVELOPMENT OF LEARNING MANAGEMENT SYSTEM (LMS) IN
THE CONTEXT OF DISTANCE EDUCATION
Graduating student
_____________
(signature)
Ergashev A. K.
(surname)
Supervisor
_____________
(signature)
Maxmanov O.K.
(surname)
Consultant on life
safety and ecology
_____________
(signature)
Abdullayeva S.
(surname)
Reviewer
_____________
(signature)
Siddiqov I.X.
(surname)
Tashkent 2021
Na`muna A shakl
18
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Fakultet: Kompyuter injiniringi
Kafedra: Multimedia tizimlari
Yo’nalish (mutaxassislik) 5330500-«Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi
», «AТ-servisi», «Axborot xavfsizligi», «Multimedia texnologiyalari»)»
«TASDIQLAYMAN»
«MT» kafedra mudiri
Nazirova E.Sh.
«___»____________2019 y.
Bitiruv ishini bajarishga
TOPSHIRIQ
Ismatov Ravshan Gulmurod o’g’li
(familiya, ismi, otasini ismi)
1.
BI mavzusi:
Toshkent shahrida joylashgan “Ashxabod” saylgohi 3D roligini
yaratish.
2. Mavzu tasdiq sanasi: universitet
12.12.2018y. № 1783-15-sonli qarori bilan
tasdiqlangan
3. Ishni to’liq bajarish uchun berilgan vaqt:
30.05.2019y
4. Ishning boshlang’ich ma’lumotlari:
Mavzuga doir ilmiy - texnik adabiyotlar,
Internet ma'lumotlari.
5. Hisob tushuntirish matni mundarijasi
(ishni bajarishdagi masalalar ro’yxati)
Kirish. 1. Kompyuter grafikasi imkoniyatlaridan foydalanib uch o'lchovli
multiplikatsiyalarni yaratish texnologiyalarini ko’rsatish. Kompyuter grafikasida uch
o’lchovli
multiplikatsiyalashning
axamiyati
Zamonaviy
uch
o’lchovli
multiplikatsiyalashni yaratilishdagi asosiy texnologiyalar. 2. Toshkent shahrida
joylashgan “ashxabod” saylgohi 3d roligini yaratish bosqichlari. Uch o’lchamli
sahnani modellashtirish va yaratish jarayoni. “ASHXABOD” saylgohini
vizuallashtirish jarayoni. “ASHXABOD” sayilgohi roligini loyihalashtirish. 3. Xayot
foaliyati xavfsizligi va ekologiya. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
6. Grafik materiallar ro’yxati:
Prezentastiya materiallari.
7. Topshiriq berilgan kun
12.12.2018y
Rahbar ___________________
(imzo)
Topshiriqni oldi __________________
(imzo)
Na`muna B shakl
19
МИНИСТЕРСТВО ПО РАЗВИТИЮ ИНФОРМАЦИОННЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ И КОММУНИКАЦИЙ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
ТАШКЕНТСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ ИНФОРМАЦИОННЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ ИМЕНИ МУХАММАДА АЛ-ХОРАЗМИ
Факультет Компьютер инжиниринг кафедра «МТ»
.
Направление 5330500
–
Компьютер инжиниринг (Мультимедийные
технологии)
У Т В Е Р Ж Д А Ю
Зав. кафедрой «МТ»
________Э.Ш.Назирова
« ___ » 2019г.
ЗАДАНИЕ
на выпускную работу студентки
Исраиловой Камиллы
на тему
:
Создание воспитательного мультипликационного ролика о защите
окружающей среды
1.Тема утверждена приказом по университету от 15.11.2018 г № 1595
2.Срок сдачи законченной работы 30 май 2019г.
3. Исходные данные к работе: лекции, публикации технической литературы,
методические пособия, статьи научных изданий, интернет-сайты.
4.Содержание расчётно-пояснительной записки: Основные аспекты создания
анимационных
роликов
об
экологических
проблемах.
Создание
воспитательного мультипликационного ролика о защите окружающей среды.
Безопасность жизнедеятельности и экология.
5. Исходные данные к работе:
описание, интернет материалы, справочные
пособия.
6. Перечень графического материала: рисунки, схемы, таблицы.
7. Дата выдачи задания _________
Руководитель _______________ Задание принял __________
Na`muna B shakl
20
Na`munaning B shaklida BIning ikkinchi sahifasi ko’rsatilgan bo’lib, har 3 tilda
ham huddi shunday ko’rinishda bo’ladi. BI nomidan boshlab 2-
Mavzu tasdiq
sanasi
bu sizni mavzuyingiz tasdiqlangan sana (fakultetdagi barcha mavzular 1 tada
tasdiqlanadi). Qolgan puntlar bilan rahbar bilan kelishib sanalarini va BI
sturukturasini qisqa na`munada keltirilganidek to’ldiriladi.
Na`munaning D shaklida BIning 3 sahifasi keltirilgan. Bu yerda talabadilpom
rahbari bilan ishlash tartibini sanalar orqali yotigan holda BI mavzusidan kelib
chiqib jadvalni to’ldiradi va yakunida imzo qo’yiladi (pereplyotdan so`ng). Uchta
odamni imzosi bo’ladi: XFX dan ma`sul, BI rahbar so`ng talabaning imzosi
keltiriladi.
Na`muna D shakl
21
Bundan so`ng to’rtinchi sahifa BI annotatsiyasi yoziladi. Annotatsiya 3 tilda
beriladi. Qisqa ma`lumot berilib annotatsiyada nima tahlil (analez) qilganligini
aytiladi va shu tahlil natijasida qilingan mahsulot ko’rsatilinadi. Annotatsiya
sarlavhasida faqatgina annotatsiya izohi beriladi halos ya`ni kattada annotatsiya deb
yozilmaydi!!! Na`munaning C shaklida ko’rishingiz mumkin.
Na`muna D shakl
22
В данной выпускной работе проведен тщательный анализ
мультимедийных приложений и классификация средств создания
анимационного ролика для разработки воспитательного мультипликационного
ролика о защите окружающей среды, рассмотрены основные аспекты создания
анимационных роликов об экологических проблемах.
Ushbu bitiruv ishida atrof muhitni muhofaza qilish haqida ta'lim-tarbiyaviy
animatsion klip yaratish vositalaridan multimediali ilovalar chuqur tahlil qilindi va
atrof-muhit muhofazasi bo'yicha ta'lim-tarbiyaviy animatsion videorolik yaratish
uchun animatsion video yaratish vositalarini tasniflash, atrof-muhit masalalari
bo'yicha animatsion videoroliklarni yaratishning asosiy jihatlari o’rganib chiqildi.
In this graduation work, was thorough analyzed of multimedia applications and
the classification of the means of creating an animated video for developing an
educational animated video about the protection of the environment, the main aspects
of creating animated videos about environmental issues.
Na`muna D shakl
23
Annotatsiyada BI mavzusi bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqotning qisqa
mohiyati yoritiladi: ilmiy muammo, mavzuning dolzarbligi va yangiligi, nazariy va
tajribaviy tadqiqotlar xarakteristikasi, ilmiy natijalar va BI materiallaridan
foydalanish bo‘yicha tavsiyanomalar. Annotatsiya matnli material ko‘rinishida 1/3
– 1/2 sahifa hajmida jihozlanadi.
Mundarija 3 bo‘lim(bob), bo‘lim qismi(paragraflar) ikkilik numeratsiya
(masalan, 1.2.-birinchi bobning ikkinchi paragrafi) bilan belgilanadi. Mundarijada
matnli material yanada kichik qismlarga bo‘linishi mumkin (masalan, 1.2.1 –
birinchi bobning ikkinchi paragrafi birinchi bandi). Mundarija matning o‘ng
tomonida (bob, paragraf va bandlar nomi) BI qo‘lyozmasi materiali joylashgan
sahifa nomerlari ko‘rsatiladi (masalan, 3.2.2 – ilmiy tadqiqot… 7, yoki 4.1. BI
haqida Nizom, maqsadi va topshrirqlar … 25). NA`MUNA SHAKLI
F.
Na`muna F shakl
24
Kirish qismida ishning dolzarbligi yoritiladi, tadqiqotning maqsadi, masalalari
va predmeti shakllantiriladi, gipotezani shakllantirish, ilmiy tadqiqotning
metodologik asosi, nazariy tadqiqot va pedagogik tajriba xarakteristikasi, BIning
ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati keltiriladi, shu bilan birgalikda kasbiy bilim,
malaka va ko‘nikmani hosil qilishga yo‘naltirilgan BIning umumiy xarakteristikasi
beriladi. Kirish qismi odatda matnli material ko‘rinishida jihozlangan 3-5 sahifadan
iborat hajmga ega bo‘ladi. Kirish qismidan na`muna va asosiy urg’u beriladigan
qismlarini quyida ko’rishingiz mumkin. Kirish qismining asosiy nuqtalari bo’lib:
Актуальность темы выпускной работы
Bitiruv ishning dolzarbligi
Цель выпускной работы
Bitiruv ishining maqsadi
Для достижения поставленной цели необходимо решить следующие
задачи:
Bitiruv ishda quyidagi masalalar qo’yilgan.
So’ngra BI strukturasini bobma bob yoritilib, kirishga yakun yasaladi.
25
ВВЕДЕНИЕ
На сегодняшний день создано и создается огромное количество
анимационных фильмов на самую разнообразную тематику, рассчитанных на
различные возрастные и культурные группы зрителей. Западными и
отечественными мультипликаторами особое внимание уделяется экологической
проблематике. На современном этапе вопросы традиционного взаимодействия
природы с человеком переросли в глобальную экологическую проблему,
представляющую опасность для будущего нашей планеты и жизни детей. В
связи с данной экологической ситуацией на сегодняшний день возникает
необходимость в формировании экологической культуры. Воспитание
правильного отношения к природе нужно предпринимать задолго до того, как
человек становится взрослым. Ведь именно в детском возрасте приобретенные
экологические знания и представления могут в дальнейшем преобразоваться в
прочные убеждения. Экологическому воспитанию в полной мере могут
способствовать анимационные фильмы для детей [1,2].
Немаловажное влияние к формированию правильного отношения к
окружающей среде оказывают и органы власти Республики Узбекистан.
Президент Республики Узбекистан Ш.М.Мирзиёев в своем выступлении на
заседании палат Олий Мажлиса12 июля 2017 года отмечал, о важной роли
Экологического движения Узбекистана в деятельности национального
парламента, общественно-политической жизни страны, практической работе по
укреплению законодательной базы по охране окружающей средыи
осуществлению парламентского контроля за исполнением законов и решений в
этой сфере.
22 декабря 2017 года в Послании Олий Мажлису Республики Узбекистан
Президент страны особо отметил, что организованное в 2008 году
Экологическое движение Узбекистана за прошедший период превратилось в
настоящую политическую силу, и оно способно решать масштабные задачи в
сфере экологии и здравоохранения.
26
Актуальность темы выпускной работы:
мультипликация -существенный
источник знаний, способствующий развитию воображения, мышления и речи,
оказывающий родителям существенную помощь в воспитании ребёнка.
Анимационные фильмы являются наиболее близким и понятным жанром
искусства, информирующим детей в наглядной и занимательной форме о
ценностях и моделях поведения, принятых в обществе. Учитывая эту
специфику анимации её можно использовать для привлечения внимания детей
к проблемным вопросам охраны окружающей среды, формированию базовых
основ взаимодействия человека и природы.
Цель выпускной работы:
Создание воспитательного мультипликационного
ролика о защите окружающей среды.
Для достижения поставленной цели необходимо решить следующие
задачи:
изучение программных средств для создания анимационного ролика;
разработка персонажей и объектов;
монтаж звукового сопровождения и публикация ролика.
Выпускная работа состоит из введения, трех глав, заключения и списка
использованной литературы
.
В первой главе были рассмотрены анализ современных методов и технологий
разработки мультипликационных роликов.
Во второй главе был описан процесс разработки мультипликационного
продукта и взаимодействия человека и природы.
В
третьей
главе
были
приведены
правила
по
безопасности
жизнедеятельности и экология.
В заключений был приведен вывод по итогам выполненной работы.
В списке использованной литературы были приведены источники и интернет
ресурсы.
27
KIRISH
Mamlakatimizda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikat-
siyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko’rsatishning yaxlit tizimini
yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini
joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 15-martdagi PQ-2834-son “Toshkent axborot
texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida” gi qarori [1]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarori
yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fanning nufuzini oshirish, professor
o‘qituvchi-larning sharafli mehnatini qadrlash, kadrlar intellektual salohiyatini
mustahkamlash, uni tashkillashtirish va boshqarish tizimini takomillashtirish,
universitetning moddiy texnik bazasini tubdan yaxshilash, uning xorijiy
davlatlardagi nufuzini ko‘tarish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga ko‘proq jalb qilishga
keng yo‘l ochadi.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2002 yil
N PF-3080-sonli "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g`risidagi" farmoni [2], Ta’lim
sifatini nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida,
shuningdekO’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi
«Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida»gi PF-5538-sonli farmoni.
Zamonaviy kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan, tеxnika va
tеxnologiyalar sohasi insoniyatning turmush tarzining butkul o'zgartirib
yuborayotgani bejiz emas. Insoniyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi ilmiy
innavastion g’oyalar amalga oshirilmoqda. Bugungi kundga kеlib o’lkatimizda
kompyutеr tеxnologiyalari eng nufuzli o’rinlarga ko’tarilmoqda, shu bilan
birgalikda ma’lumotlarni uzatish tеlеkomunikastiya tarmoqlarning rivojlanishi va
modеrnizastiya qilish va shu bilan bir qatorda uni takomillashtirish, Global tarmoq
xizmatlaridan foydalanish imkoniyati oshirishga yordam bermoqda desak
28
yanglishmaymiz. Hozirda yurtimizda global tarmoq forumlari o'tkazish tobora oddiy
holga aylanib bormoqda. Shaharlarda va boshqa aholi yashash joylarida tobora
jamoaviy global tarmoqqa ulanish imkoniyati yaratilmoqda, informastion
xizmatlarning qimoyasi ta’minlanmoqda va ularning sеrvisi qam rivojlanmoqda
desak. [1]
Bitiruv ishning dolzarbligi.
Mamalakatimizda axborot kommunikastion
texnologiyalari rivojlanib borayotgan vaqtda kompyuterdan foydalanuvchilar haddan
ziyod oshib borishi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish va ularni ishini
osonlashtirish maqsadida ko’pgina jarayonlar automatlashtirilmoqda desak ham
bo’ladi.
Meyoriy xujjatlar respublikamizda axborotlashtirilgan jamiyat qurish va uni
rivojlantirishga y’lida katta xissa qo'shish. Har bir fuqaro uyida turgan holda o'z
extiyoji va talabiga kerak bo’lgan narsalarni nternet orqali bilib olishi mumkin.
Hozirgi kunda biron bir tashkilot yoki korxona foaliyatini automatlashtirish hozirgi
vaqtda zamon talablaridan biri bo’lib qolayotgani aniqlashmoqda.
Respublikamizdagi har bir tashkilot o’z saytiga ega va u saytda fuqarolar
uchun alohida bo’linmalar ajratilgan. Fuqarolar murojati davomida, savol bering
javob beramiz, har xil intereaktiv hizmatlar, nternet orqali har bir tashkilot rahbarini
qabuliga yozdirish uchun yozilish va boshqa xizmatlarni yuborish mumkin bo’ladi.
Bu albatta korxona foaliyatini boshqaruv jarayonini sezilarli darajada oshiradi.
Hozirgi vaqtda AT rivojlantirishda dizaynni va mutuiplikastiyalashni ham o’rni
yuqori turadi. Zamon talablaridan biri bo’lmish turizmni rivozlantirishda ham yuqori
malakali dizaynirlar va animatorlarning muhim rol o’ynashi bejiz emas. Bior bir
tashkilotning yoki korxonaning yanada tanilishi yoki rivozlanishida uni reklama
qilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. [19]
Bitiruv ishining maqsadi
. Ushbu bitiruv ishi Toshkent shahrida joylashgan
“AKAY” city 3d roligini yaratishga bag'ishlangan bo’lib, bu video rolik orqali
yurtimizda turizmni rivojlantirishga hissa qo'shish. Yurtimizni ko'zga ko'rinarli
sayohat joylarini yutimizga realistik ravishda tanish va uni jahonda uni hamma ko’rib
yurtimizni tanitish.yana yurtimizda animastiyon video roliklarni rivojiga hissa
29
qo’shish. Bunda istalgan odam uni ko’rganda o’zini virtual olamga sayohatga
tushganday his qilishdan iborat. Shu jumladan saylgohni visual ko’rinishga ketirish.
Bitiruv ishda quyidagi masalalar qo’yilgan
. Toshkent shahrida joylashgan
“AKAY” city 3d roligini yaratishda men o’z oldimga bir qancha masalalarni
qo’ydim. Bitiruv ishini bajarishda quyidagi masalalarni ko’rib chiqish talab etiladi:
“AKAY” cityni o’rganish;
Atrof muhit bilan tanishish va taxlil qilish;
Multilikastiyalash uchun modellarni tayorlash;
Multiplikatsiyalash jarayonini olib borish;
Tayyor qilingan modellarni materiallar berib reallikka keltirish;
Tayyor multiplikatsiyani render holatiga keltirish;
Render qilingan video rolikni montaj qilishva ommagataqdim qilish uchun
tayyorlash.
Bitiruv ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovadan
qay tarizda foydalanishdan iborat.
Kirish qismida ish foaliyati, maqsad va vazifalari va boblar haqida qisqacha
ma’lumotlar berib o’tilgan.
Birinchi bob asosan multiplikatsiyani tutgan o’rni, uni ahamiyati yurtimizda
multiplikastiani rivojlanishi va uni qo’llanilishi haqida. Bunda 3D video roliklar
ahamiyati turizimni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi va tutgan o’rni.
Ikkinchi bob “AKAY” city 3D modelini yaratish va uda ishlatiladigan
texnologiyalar. Multiplikastiani yaratish jarayoni uni reallashtirish va render holati
haqida va uni ommaga tayorlash jarayoni.
Uchinchi bob esa hayot foaliyati xavfsizligiga bag’ishlangan.
30
BIning asosiy matni.
BI odatda 3 bob dan iborat tuzilishga ega. Umumiy holdagi BIning asosiy
matnini jihozlash uchta bob (bo‘lim) dan iborat bo‘ladi: BIning asosiy matniga
matn, grafiklar, jadvallar va boshqa illyustrativ materiallar kiradi.
Birinchi bob odatda asosiy qismdagi qo‘lyozma matnning umumiy hajmidan
30% ni, ikkinchi bob – 45 % gacha qo‘lyozma hajmini, uchinchi bob –BI qo‘l
yozma hajmining 25% ni tashkil etadi.
Birinchi bob BI mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning konseptual
(metodologik) xarakterini belgilaydi. Ushbu bobda BI mavzusini ishlab chiqishda
foydalaniladigan ilmiy metodologiya beriladi, shu bilan birgalikda masala tarixi,
muammo bo‘yicha ilmiy metodlarning o‘rganilish darajasi, mos vatandoshlarimiz
va chet el mualliflarining adabiyotlari tahlil etiladi. Birinchi bobda o‘rganilayatgan
ob’ekt, hodisa yoki jarayonlarning asosiy tushunchalari va mohiyati yoritiladi, ta’rif,
terminlar aniqlashtiriladi, muammoning qo‘yilishi amalga oshiriladi va mavzuni
tanlashga asoslanadi, shu bilan birgalikda BIni bajarish uchun tadqiqot masalalari
aniqlashtiriladi. Birinchi bob analizdan iborat bo’lib, ikkichi bobga o’tish uchun
most tarzida ishlaydi. Sababi tahlildan kelib chiqgan holda dastur tanlab, tanlangan
dastur yordamida BIning amaliy qismi bajariladi.
Ikkinchi bob amaliy qism bo’lib, tanlangandastur yoritilib bobni boshlab
olinadi. So’ng amaliy ish bajarilish ketma ketligini screenshotlar orqali ko’rsatilib
boriladi va shu tarzda tayyor bo’lgan mahsulot ya`ni ishni taqdim etib bobga yakun
yasaladi.
Uchinchi bob ikkinchi bobda kelib chiqgan holda, Hayot Faoliyati Xavfsizligi
konsultatnti bilan birgalikda ishlab mavzuga oid xavfsizlik ko’riladi va shu asosida
bob yoritiladi. Bu degani uchunchi bob HFX (Hayot Faoliyati Xavfsizligi)ga oid
bob bo’ladi.
BIning xulosasida birinchi, ikkinchi va uchinchi bobda olingan ilmiy
natijalarning yakuni keltiriladi, ushbu umumiy natija BIning tanlangan mavzusida
shakllantirilgan muoammani yechishni ta’minlaydi. Berilgan fan sohasidagi
bilimlarda nazariy tadqiqotlarni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar beriladi
va kasbi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashni takomillashtirish yoki axborot
texnologiyalar va multimedia fanlaridan o‘quv-metodik ta’minotni rivojlantirish
uchun ta’lim tizimidagi amaliyotda qo‘llash uchun tavsiyanomalar keltiriladi.
Xulosa olingan ilmiy natijalarga mos ravishda bir nechta bandlar ko‘rsatilgan
holda matnli shaklda jihozlanadi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati xulosadan keyin keltiriladi va mualliflar
alifbo tartibida yoki dastlabki manbaga murojaat etish tartibida jihozlanadi.
Adabiyotlar ro‘yxati matn shaklida ko‘rsatilgan manbalar soni bo‘yicha jihozlanadi.
Ilova BI qo‘lyozmasi broshyuro shaklida foydalanilgan adabiyotlar
ro‘yxatidan so‘ng joylashtiriladi yoki o‘quv qo‘llanmalari, metodik tavsiyanomalar
uchun alohida kitob ko‘rinishida tasvirlanadi.
BIning ilovasi amaliyot tajribaga zarur illyustrativ va lug‘atli materiallar,
tadqiqot mavzusi,dasturlar, rejasi, hisoblash uchun berilgan material, statistik
material, raqamli va grafikli materialni ajratish maqsadini qo‘yadi.
31
Ilova tarkibiga quyidagilar kiradi:
Oraliq isbotlar, formulalar va hisoblashlar;
Yordamchi raqamli ma’lumotlar jadvali;
Sinov va tekshirish bayonnoma va dalolatnomalar;
Tajribada foydalaniladigan hisoblash texnikasi vositalari va dasturiy
paketlarning ifodalanishi;
Turli hujjatlarning to‘ldirilgan blankalari;
Algoritmlarning yozilish metodikasi;
BI natijalarini qo‘llash dalolatnomalari;
Bilimlarni nazorat qilish testlari va boshqa hujjatlar;
Metodik ko‘rsatmalar, tavsiyanomalar, qo‘llanma, darslik, monografiya,
o‘quv kursi dasturlari.
Barcha ilovalar matn, jadval, formula, raqamli material, dasturlar paketi,
shakllantirilgan algoritmlar shaklida jihozlanadi. Ilova sonlar ketma-ketligida
nomerlanadi (masalan, 1-Ilova «Material nomi », 2-Ilova «Material nomi» va
hokazo).
BIning asosiy, kirish va xulosa qismida murojaat mos ilovada raqamlangan
holda ko‘rsatilishi lozim.
3. BI MATNLI QISMI BAYONI VA JIHOZLANISHI
BI matni ramkasiz, chiziqsiz standart А4 (210х297 мм) formatdagi varaqda
komyuterda
1,5
interval oralig‘ida teriladi. Varaqning 4 tomonidan quyidagi
maydonda joy qoldiriladi:chap tomondan– 30 mm, o‘ng tomondan –15 mm,
yuqoridan – 20 mm, pastdan – 20 mm. So‘z boshi hamma joyda bir xil bo‘lib,
beshta belgiga teng bo‘ladi. Matn o‘rtacha qalinlikdagi qora rangli pastada
varaqning bir tomoniga chop etish amalga oshiriladi. Matn 2,5 mm (14 kegl) shrift
bilan chop etiladi.
Boblarni ustida ish olib borilganda asosiy ahamiyat beriladigan punktlar:
Bobni e`lon qilganda hamma harflar quyuq(jirniy) bilan barchasi yirik harf
bilan yoziladi. Boblar rim raqami bilan nomerlanadi va bob, paragroflardan
so’ng nuqta qo’yilmaydi. Paragraf esa bob asosida (ya`ni agar 1-bob bo’lsa 1.1,
1.2 2-bob bo’lsa 2.1) davom etadi quyuq harflar bilan quyida na`munadek
yoziladi.
BIda paragraflar ya`ni bob ichidagi mavzular doim o’rtada quyuq qilib
yoziladi va ulardan so’ng nuqta qo’yilmaydi. Matn orasida paragraph ya`ni 1.2
32
misol uchun yozilganda teppasidan va sarlavhani pastidan 1 ta otstup
qoldiriladi.
Marketlar bilar sanab o’tiladigan holatlarda marker yohud chiziqcha orqali
sanalganda ham teppadagi satr bilan tekkislanadi.
Rasmlar ketma ketligi bobga tegishli holda raqamlanadi. Bu degani,
1.1-
rasm. Rasm izohi
quyuqda va har bir rasm tagidan o’rtada kelib 1.1 dan
boshlab 1.n gachon nomerlanadi ya`ni bob tugaguncha. Ikkinchi bobda yana
boshida 2.1dan 2.n qancha rasm bo’lsa davom ettiriladi.
BIda standart (O‘zR, MDH, BMT), yangi kiritilgan xususiy yoki amaliy
pedagogikada qo‘llaniladigan (BMK, DVP, EO‘V va hokazo) qisqartmalardan,
foydalanishga ruxsat beriladi. Muallif tomonidan kiritilayotgan qisqatrma so‘zlar
33
qavs ichida( masalan, Multimedia texnologiyalari( MT)). Alohida varaqada
mundarijadan oldin qisqartmalar ro‘yxati keltiriladi.
Jadval, rasm, formulalar matnda quyidagicha ko‘rsatiladi: (1-jadvalga qarang)
yoki (1-rasmga qarang) yoki (5-formulaga qarang).
Ba’zi hollarda ikkilik nomerlash qo‘llaniladi. Masalan, (1.2.-rasm
(Birinchi bobning 2-rasmi), 2.5.-jadval (Ikkinchi bobning 5-jadvali), 2.1-formula
(Ikkinchi bobning 1-formulasi).
BI matni tartib nomeriga ega bo‘lgan bo‘lim (bob), bo‘lim qismi (paragraph)
va bandlarga bo‘linadi. Bo‘lim (bob)lar barcha ish chegarasida arab raqamlari bilan
nomerlanadi. Paragraflar (bo‘lim qismlari) ikkilik nomerlashga ega (raqamlar nuqta
bilan ajratiladi), bandlar uchtalik arab raqamlari( masalan, 1.3.5- birinchi bobi,
uchinchi paragrafining 5-bandi) bilan belgilanadi.
BI bob nomi yangi varaqda, varaqning yuqori qismidan 4-5 sm oraliq tashlab
yuqorida yirik shrift va qalin shrift bilan ajratilgan holda yoziladi, bob nomida
so‘zlarni bo‘g‘inga ajratib ko‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi, ikki va undan ortiq gapga
ega bob nomi nuqta bilan ajratiladi.
Paragraf nomi oldingi paragraf (bob) satrining oxiridan 4 interval joy
qoldirilib, kichik harf va qalin shrift ajratilgan holda yoziladi. Paragraf nomida so‘z
bo‘g‘inlarga ajratilib ko‘chirilmaydi va ikki va undan ortiq gapdan iborat paragraf
nomi nuqta bilan ajratiladi.
Paragraf matnining boshlanishida umumiy matnning chap ustunidan 5 ta belgi
tashlab katta harf bilan yoziladi. Pragraf nomidan so‘ng matnning boshlanishi 3
oraliq tashlab yoziladi.
Uchta arab raqamlari bilan belgilangan band nomi qalin shriftdagi kichik
kursivlar bilan yoziladi. Band nomida so‘zlarni bo‘g‘inga ajratishga yo‘l
qo‘yilmaydi. Jadval nomi va matn qatori orasidagi masofa bir intervalga ega. Jadval
nomi jadvalning yuqori qismida nomeri ko‘rsatilgan holda yoziladi. Masalan, 2-
jadval: «Jadval nomi».
Jadval, paragraf, band, bob sarlavhasidan keyin nuqta qo‘yilmaydi.
Jadval, formulalar ketma-ket raqamlar yordamida yoki ikkilik raqamli boblar
bo‘yicha nomerlanadi. (Masalan, 1.3-jadval).
4. BIDA ILLYUSTRATIV MATERIALNING GRAFIKLI TASVIRLANISHI
Barcha illyustratsiyalar (fotografiyalar, sxemalar, grafiklar, diogrammalar,
chizmalar va boshqalar) rasmlar bilan nomlanadi. Matnda ular mos nomer bilan
“Rasm” so‘zi bilan tasvirlanadi. Rasmlarni nomerlash ketma-ket yoki bob bo‘yicha
amalga oshiriladi. Bob bo‘yicha nomerlashda nuqta bilan ajratilgan ikkilik
raqamdan foydalaniladi (masalan, 2.5.-rasm – ikkinchi bobning 5-rasmi).
Rasmlar kompyuterda grafikli muharir yordamida bajariladi va qora yoki
rangli pasta (rangli printerda) bilan tasvirlanadi.Yozuvlar rasmning quyi qismiga
yoziladi.
Grafikli tasvirlarda qaysidir jarayon ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan
grafikdagi turli vaqt davrlarning davomiylik kattaligi yoki funktsiya grafigi
argumentlarining o‘zgarish kattaligiga proporsional bo‘lishi lozim. Grafikdagi
34
foizlar o‘ndan bir qismigacha aniqlikda belgilanadi. Milliondagi raqamlar, so‘m,
tonna, kilometr, kubometr va boshqa ko‘rsatkichlar grafik shaklda masshtabda
tasvirlanadi.
Barcha jadvallar uning mazmunini tasvirlovchi nomga ega bo‘lishi lozim.
O‘ng burchakda jadval nomining yuqori qismida bob va paragraf nomeri
ko‘rsatilgan holda “2.3.-jadval” so‘zi yoziladi. Jadval nomi qisqa va tushunarli
yozilishi va qisqartma so‘zlardan foydalanilmaydi. Jadval grafasida o‘lchov
birliklari mavjud bo‘lsa, albatta, ko‘rsatilishi lozim.
Jadvalning yoni va boshi katta harflar, sarlavha qismi kichik harflar bilan
to‘ldiriladi.
5. MATEMATIK FORMULALARNI YOZISH VA TUSHUNTIRISH
BI qo‘l yozmasida mavjud barcha formula va ifodalar izohlanishi lozim.
Formulalar kompyuterda matn va grafikli material bilan birgalikda ma’lumotlar
bazasida mavjud belgilardan foydalanib yoziladi.
Agar formulalar adabiyotlardan olingan bo‘lsa, formulaga kiruchi belgilar
mohiyati yoritilgan holda manbaga murojaat etiladi. Original formulalar BI matnida
uni asoslash davomida to‘liq tushuntiriladi. Bunda barcha oraliq natijalarni keltirish
shart emas, balki formulani chiqarishning asosiy bosqichlari va yakuniy natijani
ko‘rsatish, kifoya. Oraliq natijalarni BIning ilovasiga joylashtirish mumkin.
Kattalik belgisi matnda birinchi uchraganda tushuntiriladi.
Xulosaviy formulaga kiruvchi barcha belgilarni tushuntirish maqsadga
muvofiqdir.
Barcha matematik va mantiqiy ifodalar, shu bilan birgalikda matematik va
mantiqiy amallar matnda qora rangli shriftda teriladi. Formulalar bob bo‘yicha
nuqta bilan ajratilgan ikkilik nomer yoki barcha ish bo‘yicha ketma-ket nomer bilan
belgilanadi.
Formulani yozishda indekslar va daraja ko‘rsatkichlarni aniq ajratish, kasr
qismining uzunligi va joylashishiga e’tiborni qaratish lozim. Matnda formula
nomeri, formula tugagandan keyin undan 5 ta belgi bilan ajratilib o‘ng tomondan
ko‘rsatiladi. Formula nomeri qavs ichida yoziladi. Masalan, … (2.1), ikkinchi
bobning 1-formulasi.
6. FOYDALANILGAN MANBALAR RO‘YXATINI TUZISH
BI matnida mavjud murojatlarga ega foydalanilgan axborot manbalarini o‘z
ichiga olgan adabiyotlar (kitoblar, darsliklar, broshyurolar, to‘plamlar, maqolalar va
boshqalar), shu bilan birgalikda ilmiy ishlarni yozishda foydalaniladigan boshqa
materiallar: “ta’lim” portali axborot resurslari va Internet tarmog‘ining boshqa
tashkilotlarni qamrab oladi. Adabiyotlar ro‘yxati, normativ va boshqa axborot
manbalarini tuzishda arab raqamlari bilan nomerlash va alifbo tartibida joylashtirish
yoki BI matnida foydalanilgan ketma-ketlikda joylashtirish lozim.
Adbiyotlar manbalarini nomerlashda matnda manbaning eslatmasidan keyin
kvadrat qavs qo‘yiladi, uning ichida BI ro‘yxatida keltirilgan berilgan manba
nomeri ko‘rsatilgan holda arab raqami bilan yoziladi.
35
Jurnalni yozishda matnda murojaatga ega manba sahifasi nomeri ko‘rsatiladi
(3. 61-90 bet).
Standartlar, metodik materiallar, ko‘rsatmalar va boshqa normativ hujjatlar
yoki ularning bo‘limlariga murojaatda bo‘lim nomlari keltirilishi zarur.
7. ILOVANI JIHOZLASH QOIDALARI
Ilovalar BIni katta miqdordagi bir xil hujjatlardan ozod qilish maqsadida
foydalaniladi, ularni alohida ilova ko‘rinishida jihozlash maqasadga muvofiqdir.
Matn, grafiklar, formulalar va boshqa materiallar ko‘rinishidagi ilovalar mavzu
yo‘nalishi bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. BI qo‘l yozma matnidan ilovaga BI
matnida muraojaatga ega dastlabki hujjatlar, o‘quv dasturlari, yordamchi jadvallar,
grafiklar chiqariladi. Ilovalar BI oxiriga joylashtiriladi va uning nomerlanishi
ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi.
8. BI
TAQDIMOTINI TAYORLASH TAMOYILLARI
8.1. BI taqdimoti haqida umumiy Nizom
Davlat attestatsiya komissiyasida (DAK) BI nutqiga multimediali gipermatnli
murojaat shaklida jihozlangan illyustrativ material (matn, rasmlar, grafiklar,
fotografiyalar) taqdimotni tashkil etadi. Taqdimot Power Point muharirida ishlab
chiqiladi va elektron proeksion tizim yordamida namoyish etiladi.
Taqdimotni ishlab chiqish uchun odatda 7-10 minutga mo‘ljallangan nutq
tuziladi.
Nutq mazmuni bo‘yicha taqdimot ssenariysi ishlab chiqiladi. Nutqning borishini
nazorat qilish ssenariyining mavjudligi ixchamlashtirilgan matnli material va model,
texnologiyalarning illyustrativ sxemalari, formulani chiqarish ketma-ketligi, jadval,
algoritmlar, gistogrammalar mazmunini ajratish imkoniyatini beradi.
Ko‘rgazmali illyustartiv material elektron proyektor yordamida namoyish
etiluvchi kompyuterli slaydlar shaklida jihozlanadi.
BI mazmunidagi namoyish etiluvchi ko‘rgazmali materiallar slaydlar soni
matnli va grafikli materiallarning 4-6 chegarasida bo‘lishi tavsiya etiladi. Har bir
slayd 10-15 metrdan ko‘rinadigan masofaga mos yirik sarlavhada yozilishi lozim.
BI taqdimotini ishlab chiqishdan avval bakalavr talabasi taqdimotni tashkil
etish tamoyili, uning bajarilish ketma-ketligi, shu bilan birgalikda
POWER POINT
tipidagi taqdimot dasturiy taminot paketi bilan tanishgan bo‘lishi lozim.
Ilmiy tadqiqot odatda maxsus adabiyot yoki o‘quv qo‘llanmasida keltiriladi.
Nutqning illyustrativ material taqdimotini ishlab chiqishning asosiy texnologik
jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Taqdimotni rejalashtirish (Maqsad va auditoriyani aniqlash, nutq
mazmuni va bayon etish ketma-ketligi, taqdimot ssenariysini ishlab chiqish).
Taqdimotni tayyorlash (Nutq matni, materialni uzatish ketma-
ketligi bilan ishlash, vuzual yordamchi vosita va illyustratsiyalarning asosiy
ko‘rinishlarini ajratish, nutq matni boyicha vuzual yordamchi vosita va
36
illyustratsiyalardan foydalanish tartibi, illyustratsiyalarning audio va video
vositalari sifatiga talablar va ularni ta’minlash usullari).
Taqdimot namoyishini mashq qilish (Taqdimotni o‘tkazish joyini
tayyorlash, taqdimotni mashq qilish, maslahatchi tomonidan nutq sifati va
illyustrativ material taqdimotini baholash).
8.2. BI sifati va DAK da himoyani baholash bo‘yicha tavsiyalar
Bakalavr va maslahatchi tomonidan imzolanib, tugallangan va mos ravishda
jihozlangan BI ilmiy rahbarga beriladi. Ilmiy rahbar BI mazmuni va jihozlanish
sifatini tekshirgandan so‘ng, titul varag‘ini imzolaydi va 1-2 varaq hajmdagi ilmiy
xulosa bilan kafedra mudiriga topshiradi. Ilmiy xulosada mavzuning dolzarbligi, BI
nazariy darajasi va amaliy ahamiyati, yangiligi, shu bilan birgalikga kamchiliklari
ko‘rsatiladi.
Kafedra mudiri ishni ko‘rib chiqadi va ilmiy rahbarning ilmiy xulosasi bilan
tanishadi. BI sifati ijobiy baholangan holda kafedra mudiri BIni kafedra kengashida
himoya qilish uchun o‘qituvchilarga kengash muddati va vaqtini belgilaydi va DAK
da himoya qilish huquqini beruvchi masala muhokama etiladi.
Bakalavr BI bo‘yicha ilmiy rahbarning xulosasi va kafedraning xulosasi bilan
tanishgan bo‘lishi lozim, kafedra kengashida ilmiy rahbar, o‘qituvchilar, kafedra
mudiri tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni e’tiborga olgan holda javobga tayyor
bo‘lish zarur. Nutq tezisi va taqdimotning illyustrativ materialini ilmiy rahbar bilan
kelishilgan holda tashkil etish lozim.
BIning himoyasi DAKda grafik asosidagi muddatda o‘tkaziladi va ochiq DAK
kengashida olib boriladi. Oliy kasbiy ta’lim bo‘yicha malakaviy talablar ga mos BI
himoya qilinish huquqiga ega.
BIning maqsadi – ma’lum muammo bo‘yicha bitiruvchining bilim darajasini
aniqlash, BI mavzusi bo‘yicha masalalarni hal etishda bakalavrning kasbiy
tayorgarlik darajasini aniqlovchi nazariy bilimlarni egallash va amaliy
ko‘nikmalarni hosil qilish darajasi belgilshdan iborat.
BIni himoya qilishda qisqa nutq (5-10 daqiqagacha)ni quyidagi mazmunda
chiqishi lozim:
Dolzarb mavzu bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar mazmuni
haqida;
Mavzu bo‘yicha muammoning holati haqida;
Tadqiqot ob’yekti va predmeti xarakteristikasi haqida;
Nazari va tajribaviy tadqiqotlar natijalarining mazmunini qisqa
bayon etish;
Asosiy e’tiborni olingan ilmiy natijalar, ishlab chiqilgan
takliflarga qaratish lozim;
Ish bo‘yicha xulosa yasash.
Nutq tugagandan so‘ng, bakalavr DAK a’zolari va auditoriyada
qatnashuvchilar savollariga aniq va hozirjavoblik bilan qisqa javob berishi lozim.
Ilmiy rahbar xulosasi, bakalavr nutqi va uning BIni himoyalashda qo‘yilgan
37
savollarga javoblari asosida DAK tomonidan bajarilgan ish sifati va kasbiy darajasi
haqida umumiy baho qo‘yiladi. BI himoyasidan so‘ng BI raisi qarorni e’lon qiladi.
9. BINI BAHOLASH MEZONI
Bakalavrning yakuniy davlat attestatsiyasi (YaDAT)dagi BIni baholash
mezoni O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTV ning 2015-yil 26-oktabr 8-2015-sonli
buyrug‘i
bilan
tasdiqlangan
“O‘zbekiston
Respublikasi
oliy
ta’lim
muassasalarning
bitiruvchilarining YaDAT to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar
kiritish haqida” gi Nizom va Oliy o‘quv yurtlarida bakalavr BIni bajarishga
qo‘yilgan talablar asosida ishlab chiqildi.
BI uchun maksimal ball 100 ball belgilangan bo‘lib, saralash bali 55 ball
deb qabul qilingan.
BI ga ajratilgan 100 ballning taqsimoti
№
BI baholash mezonlari
Ajratilgan maksimal
ball
1.
BI titul varaqasining talablarga mosligi va
mundarijaning rasmiylashtirilganligi
5 ball
2.
BI kirish qismida metodologik va mazmun
jihatdan talablarga javob berishi
10 ball
3.
BI da tanlangan mavzuning dolzarbligi
10 ball
4.
BI da tadqiqotning maqsadi va muammoning
qo‘yilishi
10 ball
5.
BI da tadqiqot ob’yekti va mazmunning
aniqlanishi hamda ta’riflanishi.
10 ball
6.
BI da tadqiqot usullarining tanlanishi
10 ball
7.
BI da tadqiqot natijalariga ishlov berish va
tahlil qilish
10 ball
8.
BI da olingan xulosalarning shakllantirilishi,
aniq takliflarning kiritilishi
10 ball
9.
Bevosita himoya va taqdimot sifati
10 ball
Izoh: Taqdimot POWER POINT yoki boshqa dasturlar yordamida
bo‘lishi shart.
38
10. BI HUJJATLARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
10.1. BI ni jihozlashning titul varaqasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT AXBOROT
TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI
Himoyaga
Kafedra mudiri
«__________________»
___________________
«___»_________2021 y
BITIRUV ISHI
Mavzu:
Toshkentdagi Akay city turar joy majmuasining 3D ko’rinishini
modellashtirish
Bitiruvchi ___________ G`ulomov I.A.
Rahbar __________ Aripova Z.D.
Taqrizchi ____________
HFX
maslaxatchisi ______ Rahmonova G.S.
Toshkent - 2021
39
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Fakultet: Kompyuter injiniringi
Kafedra: Multimedia tizimlari
Yo’nalish (mutaxassislik) 5330500-«Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi
», «AТ-servisi», «Axborot xavfsizligi», «Multimedia texnologiyalari»)»
«TASDIQLAYMAN»
«MT» kafedra mudiri
Nazirova E.Sh.
«___»____________2021 y.
Bitiruv ishini bajarishga
TOPSHIRIQ
G`ulomov Ikromxo`ja Abzal o`g`li
(familiya, ismi, otasini ismi)
1. BI mavzusi: Toshkentdagi Akay city turar joy majmuasining 3D ko’rinishini
modellashtirish.
2. Mavzu universitet 14.01.2021y. № 44-sonli qarori bilan tasdiqlangan
3. Ishni to’liq bajarish uchun berilgan vaqt: 31.05.2021y
4. Ishning boshlang’ich ma’lumotlari: Mavzuga doir ilmiy - texnik adabiyotlar,
Internet ma'lumotlari.
5. Hisob tushuntirish matni mundarijasi (ishni bajarishdagi masalalar ro’yxati) Kirish.
1. Kompyuter grafikasi imkoniyatlaridan foydalanib uch o'lchovli multiplikatsiyalarni
yaratish texnologiyalarini ko’rsatish. 2. Kompyuter grafikasida uch o’lchovli
multiplikatsiyalashning axamiyati Zamonaviy uch o’lchovli multiplikatsiyalashni
yaratilishdagi asosiy 3. Xayot foaliyati xavfsizligi va ekologiya. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
6. Grafik materiallar ro’yxati: Prezentastiya materiallari.
7. Topshiriq berilgan kun 14.01.2021y
Rahbar ___________________
(imzo)
Topshiriqni oldi __________________
(imzo)
40
8. BMIning har bir bo’limida bajariladigan ishlarga maslahatlar.
Bo’lim
Maslahatchi
Imzo, sana
Topshiriq berdi
Topshiriq oldi
Asosiy qism
Aripova Z.D.
15.01.2021
02.02.2021
Hayot faoliyati
xavfsizligi va ekologiya
Rahmonova G.S.
30.01.2021
30.05.2021
9. Ishni bajarish grafigi.
№ BI bo’limlarining nomlari
Bajarish
muddati
Bajarilganligi
xaqida
rahbar
imzosi
1. Adabiyotlarni to’plash va tahlil qilish
14.01.2021
28.01.2021
2.
Kompyuter grafikasi imkoniyatlaridan
foydalanib uch o'lchovli multiplikat-
siyalarni yaratish texnologiyalarini
ko’rsatish
25.01.2021
25.02.2021
3.
Toshkent
shahrida
joylashgan
“AKAY” city 3D roligini yaratish
bosqichlari
26.01.2021
26.03.2021
4.
Hayot
faoliyati
xavfsizligi
va
ekologiya
25.05.2021
5.
Dastlabki himoyaga tayyorgarlik
25.05.2021
6.
Himoyaga tayyorgarlik
12.06.2021
Bitiruvchi ________________
«______» ______________ 2021 y.
(imzo)
Rahbar ________________
«______» ________________ 2021 y.
(imzo)
41
10.2. BI bo‘yicha yozilgan taqriz va ilmiy xulosa
TATU Kompyuter injiniringi fakulteti 222-13 MTu guruh tolibi
Eshmatov Toshmat
Alisherovich
ning “Akadem litsey va KXKlarida informatika fanidan web sayt
yaratish” mavzusidagi bitiruv ishiga
TAQRIZ
222-13 MTu guruh talabasi
Eshmatov Toshmat Alisherovich
ning “Akadem
litsey va KXKlarida informatika fanidan web sayt yaratish” mavzusidagi BIda sayt
yaratish ketma-ketligi to‘liq bayon qilingan.
Bitiruv ish kirish, 2 bob, xulosa, ilovalar, dastur kodi va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv ishning kirish qismida mavzuning maqsadi,
dolzarbligi va ob’yekti keltirilgan.
I bobda Front Page dasturi haqida asosiy tushunchalar: Front Page dasturi
muhiti, HTML tili va dasturning HTML tili bilan bog‘liqligi, dastur interfeysi, master
va shablonlar yordamida web saytlar yaratish, web sahifalarni formatlashtirish, asosiy
hossalari va hodisalari haqida to‘liq ma’lumot berilgan.
II bobda Front Page dasturida yaratilgan web sayt ya’ni Akadem litsey va
KXKlari informatika darsliklarining majmuasi mujassamlashgan bo‘lib, hozircha
faqatgina yana bu web saytda, o‘rta umumta’lim maktablari uchun informatika
fanidan davlat ta’lim standarti haqida ham ma’lumot keltirilgan. Umumiy holda
saytni yaratish ketma-ketligi bosqichma-bosqich misollar bilan tushunarli tarzda
keltirilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mazkur BIni ”a’lo” bahoga tavsiya
etaman.
Taqrizchi: TATU
“MT” kafedra dotsenti _________ t.f.n. dots. Artikova M.
42
TATU Kompyuter injiniringi fakulteti 222-13 MTu guruh tolibi
Eshmatov Toshmat
Alisherovich
ning “Akadem litsey va KXKlarida informatika fanidan web sayt
yaratish” mavzusidagi bitiruv ishiga
ILMIY XULOSA
222-13 MTu
guruh talabasi
Eshmatov Toshmat Alisherovich
ning “Akadem
litsey va KXKlarida
informatika fanidan web sayt yaratish “ mavzusidagi BIda sayt
yaratish ketma-ketligi to‘liq bayon qilingan.
Bitiruv ish kirish, 2 bob, xulosa, ilovalar, dastur kodi va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv ishning kirish qismida mavzuning maqsadi,
dolzarbligi va ob’yekti keltirilgan.
I bobda Front Page dasturi haqida asosiy tushunchalar: Front Page dasturi
muhiti, HTML tili va dasturning HTML tili bilan bog‘liqligi, dastur interfeysi, master
va shablonlar yordamida web saytlar yaratish, web sahifalarni formatlashtirish, asosiy
hossalari va hodisalari haqida to‘liq ma’lumot berilgan.
II bobda Front Page dasturida yaratilgan web sayt ya’ni informatika
darsliklarining majmuasi mujassamlashgan bo‘lib, yana bu web saytda, o‘rta
umumta’lim maktablari uchun informatika fanidan davlat ta’lim standarti haqida
ham ma’lumot keltirilgan. Umumiy holda saytni yaratish ketma-ketligi bosqichma-
bosqich misollar bilan tushunarli tarzda keltirilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda mazkur BIni ijobiy baholab, OAK da
himoya qilishga tavsiya tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: TATU
“MT” kafedra dotsent _________ Sharipov D.K.
43
11.BITIRUV ISHI NAMUNAVIY MAVZULAR RO‘YXATI
№
Mavzular
Izoh
1.
“Aloqa muzeyi” saytini yaratish
2.
“Mening sevimli shahrim” videoroligini yaratish
3.
“Oltin baliq” multfilmini yaratish
4.
“Oq saroy ansambli” interaktiv virtual sayohat yaratish
5.
“Veb dizayn” fanidan elekton qo‘llanma yaratish
6.
“Veb ilovalarni yaratish” fanidan elektron darslik yaratish.
7.
“Zamonaviy buvilar” multfilmini yaratish
8.
«JSON API» vositasida ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish
usullari
9.
3D aloqa tarixiy muzey yaratish
10.
3D sayoxat Samarqand Registon.
11.
3D texnologiyalar fanining multimediali elektron o‘quv
qo‘llanma yaratish
12.
3D virtual reallik
13.
Amaliy dasturlar yordamida elektron o‘quv qo‘llanma
yaratish
14.
Amaliy dasturlar yordamida reklama roligini yaratish
15.
Andijon qishloq xo‘jaligi instituti 3D ko‘rinishidagi video
roligini tayorlash.
16.
Antivirus vositalarisiz viruslardan ximoyalanish usullarini
shakillantirish.
17.
Bitiruvchi talabalarning monitoringi axborot qidiruv tizimini
yaratish.
18.
Bolalar uchun masofaviy ta`lim tizimini yaratish.
19.
Don mahsulotlarni saralash uchun filtirlash jarayonini
vizuallashtirish.
20.
Elektron o‘quv qo‘llanma yaratish usullari va undan
foydalanish.
21.
Elektron raqamli imzo yordamida dasturiy ta`minotni
rivojlantirish.
22.
FAQ (ko‘p beriladigan savollar) tizimini ishlab chiqish.
44
23.
Grafik redaktorlar yordamida veb uchun shablonlar yaratish
24.
HTML5 uchun interaktiv o‘quv resurs yaratish
25.
Ikki o‘lchamli kompyuter o‘yinini yaratish
26.
Korporativ veb-portali o‘z-o‘zini o‘rganish rivojlanish
27.
Korxona va tashkilotlarda kadrlar tizimini avtomatlashtirish.
28.
Korxona va tashkilotlarda terminlar (IT lug`at) tizimini
shakillantirish.
29.
Korxona va tashkilotlarda xujjat aylanish tizimini yaratish.
30.
Korxona va tashkilotlarda xujjatlarni web texnologiya asosida
avtomatlashtirilgan arxiv tizimini yaratish.
31.
Lizing soxasida xisoblashga doir tizimni ishlab chiqish.
32.
Maktab yoshdagi bolalar uchun ingliz tilini o‘rgatuvchi dastur
yaratish
33.
Minor zamonaviy milliy me’morchilik inshooti tashqi va
ichki arxitekturasining video va audio texnologiyalari
yordamida 3D roligini yaratish.
34.
Mobil qurilmalar uchun ilova yaratish
35.
Modullarni birlashtirish va ularni boshqarish uchun “Led
Soft”, “Led Studio”, “Arena” dasturiy vositalardan
foydalanish.
36.
Muqobil elektro-energiya manbaini ishlab chiqish jarayonini
kompyuterli modellashtirish.
37.
Navoiy Davlat Konchilik instituti 3D ko‘rinishidagi video
roligini tayorlash.
38.
O‘zini o‘zi boshqarish organlarining elektron mahalla axborot
tizimini yaratish.
39.
Ob-havo o‘zgarishlarini o‘rmon daraxtlariga ta’sir etishini
dinamik tasvirlash.
40.
Oila tarmog`ini electron bazasini shakillantirish (shajara.uz).
41.
Oliy ta`lim muassasalarida reyting baxolash monitoringi
tizimi.
42.
Onlayin test tizimini ishlab chiqish (TATU malaka oshirish
misolida).
43.
Oqtepa futbol kulubining (oqtepa.uz) web ilovasini yaratish.
44.
OTM pedagog xodimlarining qayta tayyorlash va malaka
45
oshirish kurslaridagi monitoringi axborot tizimini yaratish
45.
Raqamli video syujetlarni olish jarayonida 3d grafika maxsus
effektlarini qo‘llash.
46.
Razrabotka
informatsionnIx
sistem,
bazI
i
banki
dannIxssifrovoy
graficheskoy
informatsii
telekommunikatsionnIx setey.
47.
Razrabotka prilojeniya dopolnennoy realnosti.
48.
Real vaqtda Web-serverdan foydalanib ob-havo ma’lumotlar
asosida shamol yunalishi va tezligining o‘zgarishini
animatsion tasvirilash.
49.
Respublika tashkilotlaridagi xorijda tahsil olgan kadrlar
hisobini yuritish axborot tizimini ishlab chiqish
50.
Saonat regionlarda atmosferaga tashlanayotgan zaharli
moddalarni tarqaoishini uch o‘lchamli dinamikasini yaratish.
51.
Simulyator yaratish
52.
Soliq inspeksiyasi veb-vakillik yaratish (CMS Joomla)
53.
Sport o‘yinlari stendini yaratish
54.
Sport soxasini rivojlantirish uchun (Jaxon sporti “jf.uz”)
saytini yaratish.
55.
Talabalarning shaxsiy xususiyatini tahlil qiluvchi kompyuter
psixodiagnostik test tizimini yaratish.
56.
Tashkilot intranet tarmog‘i muhitida faoliyat yurituvchi
ishboshqaruvi nazorati va elektron hujjat aylanishi tizimini
yaratish.
57.
Tibbiyot muassasalarida bemorlarning elektron qayd qilish
varaqasini yuritishni avtomatlashtirish.
58.
Tibbiyot muassasalarida tashxis tizimini avtomatlashtirilgan
bazasini yaratish.
59.
Tizimi uchun o‘yin dasturi ishlab chiqish
60.
To‘liq matnli elektron asarlar ma’lumotlar bazasini yaratish.
61.
Trexmernoe predstavleniya informatsii na multimediynom
prilojenii.
62.
Uch o‘lchovli redaktorlar yordamida ilova yaratish
63.
Vazirlar maxkamasining qarori asosida web sayt yaratish.
64.
Veb saytlari kontentini boshqaruv tizimini yaratish.
46
65.
Veb uchun 3D texnologiyasini qo‘llash
66.
Vozmojnosti i metodI kompyuternoy grafiki, osnovnIe
sredstva kompyuternogo dizayna i vizualizatsii izobrajeniy.
67.
Web dasturchilar uchun ko‘p tarmoqli admin tizimini
yaratish.
68.
Web-sahifalar yaratishni asosiy xususiyatlari
69.
Xujjat ijrosini ta`minlanishini monitoring qilish tizimini
yaratish.
70.
YII
Freamework
texnologiyasi
yordamida
obektga
yo‘naltirilgan web ilova yaratish.
71.
Zamonaviy veb texnologiyalari asosida intranet o‘quv
kurslari kontentini boshqaruv tizimini yaratish.
47
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори. 2017 йил 27
июлдаги “Олий маълумотли мутахассислар тайёрлаш сифатини оширишда
иқтисодиёт соҳалари ва тармоқларининг иштирокини янада кенгайтириш чора-
тадбирлари тўғрисида” ПҚ-3151-сон қарори.
2.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори. 2018
йил 10 октябрьдаги “Олий таълим муассасаларини ўқув адабиётлари билан
таъминлаш тўғрисида” 816-сон қарори,
3.
Caвeльeв A. Я., Нoвикoв В. A., Лoбaнoв Ю. И. Пoдгoтoвкa
инфopмaции для aвтoмaтизиpoвaнныx oбyчaющиx cиcтeм: Мeтoд, пocoбиe для
пpeпoдaвaтeлeй и cтyдeнтoв вyзoв/Пoд peд. A. Я. Caвeльeвa. М.: Выcшaя
шкoлa, 1986.
4.
Ravshanov N., Nazirova E.Sh., Sharipov D.K. Bitiruv ishini bajarish
bo’yicha uslubiy ko’rsatma: 5330500 – komputer injiniringi (multimedia
texnologiyalari) bakalavriat ta’lim yo’nalish uchun. Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti. Toshkent –2017. – 31 b.
Internet saytlar
1.
http://www.ziyonet.uz/
2.
http://ru.wikipedia.org/wiki/Zaglavnaya_stranitsa
3.
www.tuit.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |