Modem (Modulyator-Demodulyator) – telefon tarmog’i orqali boshqa
kompyuterlar bilan axborot almashishni ta‘minlaydi.
17 – rasm. Modem
Modem - aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni
to’g’ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o’zgartirish qurilmasidir.
Modem – axborotni uzatishda raqamli signalni analogli signalga, axborotni
qabul qilishda esa analogli signalni raqamli signalga o’zgartiradi.
Ko’pgina modemlar ma‘lumotlarni uzatish jarayonini ta‘minlashdan tashqari,
telekommunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi,
jumladan:
− tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash operatsiyalari;
− faksimil axborotlarni qabul qilish va uzatish;
− chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);
− avtojavob beruvchi va еlektron kotib vazifalari va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |