Microsoft Word Batirova Gulnoza 14 betlik titul doc



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana01.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#293887
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbek kimyogar olimlari va ularning kimyo sohasida erishgan yutuqlari haqida

%

 

Respublikamiz  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  ishlatiladi.  Mamlakatimiz  har  yili 



xom  ashyo  sotib  olish  uchun  o‘rtacha  1  mlrd.  dollar  valyuta  sarflaydi.  Bu 

mablag  ning  30  mln.  dollar  miqdori  kimyoviy  himoya  vositalari  uchun 

sarflanadi.  Bu  etishmovchilikni  qoplash  uchun  kimyoviy  ishlab  chiqarish 

korxonalari  mahsulotlarining  eksportini  oshirish  kerak,  hech  bo‘lmaganda,



53


Respublikamiz  valyuta  sarf  -  xarajatini  qoplash  darajasiga  etkazish  lozim. 

Buning uchun quyidagi asosiy ishlarni amalga oshirish kerak:

1. 

Gaz  kondensati  va  neftkimyo  sanoatini  rivojlantirishimiz  kerak. 



Bu  bizga  zarur  bo‘lgan  uch  narsani  ishlab  chiqarish  uchun  imkoniyat  yaratib 

beradi:  a) polietilen, b) polipropilen, v) butadien  sintetik kauchugi.

2. 

Ammiak  ishlab  chiqarish  texnologik  jarayonining  bir  qismini 



metanol ishlab  chiqarishga aylantirish.

3.  Kimyo  va  boshka  sanoat  korxonalariimiz  va  ilmiy  -  izlanishlar  uchun 

zarur  bo‘lgan  kichik  tonnajli  organik  va  anorganik  moddalar  sintezini  joriy 

qilish.


4.  Kaprolaktam  sanoati chiqindilarini nitron tolasiga aylantirish.

5.  Oltin  ishlab  chiqarish  korxonalari  uchun  zarur  bo‘lgan  benzoy  kislota, 

kroton  aldegidi,  sorbin  kislota,  sianamid  va  boshqa  qaytaruvchilarni 

o‘zimizda ishlab  chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

Bu 

ishlarni 



amalga 

oshirish 

uchun 

Respublikamizdagi 



ilmiy 

potentsiallarimizdan  unumli  foydalanishimiz  lozim.  Kimyo  fani  vazifalarini 

tubdan 

yangilash 

va 

s anoat 


ehtiyojlarini 

qondiradigan 

tomonga 

o ‘zgartirishimiz  kerak.  Ilmiy  natijalarni  laboratoriya  sharoitidan  texnologik 

jarayonga olib  chiqib,  yangi yutuqlar tadbigini tezlashtirish lozim.

Kimyo  sa noati  ko rxo na la rida  k o mpyut er  te xno lo giyasini  jo riy  qilish, 

zamonaviy  kimyo  uskunalarini  avtomatik boshqarish tizimlarini joriy  qilish biz 

yuqorida  qayd  qilgan  kamchiliklarimizni  bartaraf  etishning  eng  qisqa  yo‘li 

hisoblanadi.  Kimyoviy  jarayonlarni  boshqaruvchi  texnik  jihozlar  shunchalar 

takomillashdiki,endi  kimyoni  sanoatning  barcha  muammolari  hal  qilinmoqda. 

Xalqaro  ekspertlarning  ta  kidlashicha,  texnik  o ‘ lchov  asboblarini  ishlab 

chiqarishga joriy  qilish  uchun  asosan  99,9  %  gacha yuqori  aniqlikda m alum ot 

beruvchi  yangi  texnik  vositalar  ksrak.  O ‘z  -  o‘zidan  tushunarliki,  bunday 

avtomatlashtirish  EHM  yordamida  amalga  oshadi  va  kompyuter  texnologiyasi 

barcha 

jarayonlarni 

avtomatlashtirishning 

kalitidir. 

Kimyoviy 

sanoat 


korxonasida  EHMni  qo‘llashning  asosiy  yutug'i  shundaki,zamonaviy  hisoblash

54


texnikasi asosiy jarayonni boshqarishdan tashqari juda ko‘p  qo‘shimcha ishlarni 

ha m bajaradi:

xo m ashyo va mahsulot miqdorini hisoblab borish,



buyurtma muddatlarini  muvofiqlashtirish,

kimyoviy 



birikmalar 

ishlab 


chiqarishni 

modellashtirish 

va 

unnngoptimal variantlarini tanlash,



iqtisodiy va texnologik ko‘rsatkichlarni rasmiylashtirish.

Albatta,  mo‘ljallangan  barcha  ishlarni  amalga  oshirish  uchun  kimyo 

sanoati  har  qancha  zamonaviy  asbob  -  uskunalar  va  jihozlar  bilan 

ta  minlanmasin,  Respublikamiz  ravnaqiga  munosib  hissa  qo‘shish  iqtidorli, 

bilimli,  zukko  yoshlarni  tarbiyalab,  voyaga  yetkazish  orqali  amalga  oshirilishi 

mumkin.

Demak,  bugungi  kun  talablariga  javob  beradigan  mutaxassis  - 

kadrlarni  yetkazish  kun  tartibining  bosh  masalasi  hisoblanadi.  Muhtaram 

Prezidentimiz  I. A.  Karimo v  iborasi  bilan  aytganda:  “ O ‘ tayotgan  har  bir  kun, 

tinim  bilmas  vaqt  bizni  XXI  asrga  tobora  yaqinlashtirmoqda.  SHu  munosabat 

bilan biz  o‘z hayotimizni  qanday yo‘llar bilan yaxshilamoqchimiz?.  Mustaqillik 

yillarida  hayotning  o‘ zi  ko‘ p  narsalarga  bizning  ko‘ zimizni  ochib  berdi,  ko‘p 

narsaga  o‘rgatdi.  Mamlakatimiz  kelajagi  uchun  Oliy Majlisning  IX  sessiyasida 

qabul  qilingan  Kadrlarni  tayyorlash  bo‘ yicha  milliy  dasturning  amalga 

oshirilishi juda  muhim  ahamiyatta  ega.  Yana  bir  bor  ta ’kidlab  o‘tishga  to ‘ g r i  

keladiki,  amalga  oshirilayotgan  barcha  islohotlarning  taqdiri  shu  masalaga, 

ya’ni  kadrlar  tayyorlashga  chambarchas  bog’ liqligini  biz  aniq  va  ravshan 

anglab  olishimiz  lozim.  O ‘zini  shu  mamlakatning  haqiqiy  vatanparvari  deb 

biladigan  har  bir  kishi  bu  Dasturni  amalga  oshirishga  o‘z  mehnatini,  o‘z 

ulushini  qo‘shadi  deb  ishona man”  [  5  ].

55



3.2.2. O ‘zbekistonda farm atsevtika sanoati rivojlanishida o‘zbek 

kimyogarlarining tutgan o‘rni

O ‘  zR  FA  kimyo  -  farm atsevtika  ilmiy  tadqiqot  instituti  (KFITl)  O‘zR 

FA  Kimyo  institutining  neft  kimyosi  va  organik  kataliz  laboratoriyalari  negizida 

tashkil  qilindi,  dastlab  O‘zR  davlat  qo‘mitasi  qoshidagi  kimyo  va  neft  kimyosi 

sanoatining  “Yoqilg‘idan  foydalanish  instituti"  deb  atalgan,  1965  yildan 

“PegA3HHnHHe^Tb”  degan  nom  berildi  va  nihoyat,  1982  yilda  O‘zbekiston 

kimyo-farmatsevtika  ilmiy  tadqiqot  instituti  sifatida  qayta  shakllantirildi.  Institut 

tarkibida  12  ilmiy-tadqiqot  laboratoriya  va  bo‘limlari  hamda  tajriba-sinov  ishlab 

chiqarish  maydonchasi  mavjud.  Institutda  100  dan  ortiq  xodim  mehnat  qilmoqda, 

bulardan  1  nafar  akademik,  5  fan  doktori  va  20  fan  nomzodlaridir.  Institutda 

yaratilgan ko‘plab  dori  vositalari va katalizatorlar hozirgi  kunda respublika  sanoat 

korxonalarida ishlab chiqarilmoqda va amaliyotga qo‘llaniladi.

Institutning asosiy ilmiy - tadqiqot yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

tabiiy  birikmalar  va  sintetik  moddalar  asosida  yangi  dori  vositalarini



olish;

respublikada  hozirgacha  olinmagan  ma’lum  dori  vositalarining  ishlab 



chiqarilishini yo‘lga qo‘yish;

dori  vositalari  ishlab  chiqarish  uchun  kerak  bo‘lgan  ilmiy-texnik 



hujjatlarini  (reglament,  farmakopeya  maqolalari)  yaratish  hamda  ularning  tajriba 

va tajriba-sanoat namunalarini ishlab chiqarish.

Bundan  tashqari  institutda  respublika  neft  -  kimyo,  gaz,  oziq  -  ovqat  va 

boshqa  sanoat  korxonalari  uchun  kerakli  bo‘lgan  katalizatorlar  va  katalitik 

jarayonlarni ishlab chiqish va sanoatga tadbiq qilish muammolari ustida izlanishlar 

olib  borilmoqda.  1994  yilda  institutga jonkuyar  tashkilotchi  va  1964-1978  yiIlar 

davomida  uning  birinchi  direktori  bo‘lgan,  kimyo  fanlari  doktori,  akad.  A.  S. 

Sultonov nomi berilgan.

O‘zKFITIning  yana  bir  zahmatkash  xodimi  akadem ik  M uhabbat 

Fozilovna  Abidova  (1931  yil  18  oktyabr,  Toshkent  sh.)  1954  yilda  O‘rta  Osiyo



56


politexnika instritutini tugatdi,  1958  yilda nomzodlik,  1974  yilda  "Neft kimyosi va 

neftekimyo  sintezi"  mutaxassisligi  bo‘yicha  doktorlik  dissertatsiyasini  himoya 

qildi.  1976  yilda  professor  unvoniga  sazovor  bo‘ldi,  1984  yilda  O‘zR  FAning 

muxbir  a'zosi,  2000  yil  may  oyida  haqiqiy  a'zosi  etib  saylandi.  1965  yildan  shu 

institutning  “Gidrogenlash  katalizatorlari  va  jarayonlari”  laboratoriyasi  mudiri 

lavozimida  ishlab  kelmoqda.  Olima  tomonidan  alyumo-temir-molibden,  alyumo- 

kobalt-xrom  sistemasidagi  katalizatorlar  va  ularning  modifikatsiyalangan  turlari 

neft  qoldiqlarini  qayta  ishlab  yuqori  sifatli  benzin,  dizel  va  reaktiv  yoqilg‘isi 

hamda kimyo sanoati uchun mahsulotlar olish imkoniyatini yaratdi.  Olimaning neft 

mahsulotlarini  gidrokrekinglash  uchun  yaratgan  samaradorligi  yuqori  va  ekologik 

toza  katalizatorlar  “Angarsknefteorgsintez”  ishlab  chiqarish  birlashmasida 

muvaffaqiyatli  qo‘llangan.  Uning  tomonidan  paxta  yog‘idan  salomas  olishda 

qo‘llaniladigan  yuqori  samarali,  turg‘un  ishlovchi  katalizator  yaratildi  va  sanoat 

miqyosida  sinab  ko‘rildi.  Olima  480  dan  ortiq  maqolalar,  shu  jumladan  136 

mualliflik  guvohnoma  va  Respublika  patentlari  sohibi.  20  fan  nomzodining 

dissertatsiya ishlariga rahbarlik qildi.

Bugunga  kelib  butun  mehnat  faoliyati  O‘zKFlTI  bilan  bog‘langan, 

professor  X ursand  M ansurovich  M ahkamov  (1943  yil  10sentyabr,  Toshkent 

sh.)  yaxshi  tashkilotchi  va  mohir  rahbar  sifatida  jamoani  boshqarib  kelmoqda. 

1966  yilda  Moskva  neft  kimyo  va  gaz  sanoati  institutini  tugatgan,  1973  yilda 

nomzodlik,  1992  yilda  karbonil  birikmalar,  spirtlar,  laktamlar  va  aminlar  asosida 

dorivor  preparatlar  olish  sohasidagi  ilmiy  ishlarini  yakunlab  doktorlik 

dissertatsiyasini  himoya  qildi.  1996-2002  yillar  davomida  uning  tomonidan  200 

dan 


ortiq 

texnologik 

reglamentlari 

rasmiylashtirildi, 

ishlab 

chiqarilishi 

rejalashtirilgan  preparatlar  uchun  150  farmakopeya  maqolalari  tayyorlandi,  150 

dan ortiq ilmiy ishlari e'lon qilingan,  shulardan 40 tasi mualliflik guvohnomalari va 

ixtiro  patentlari  hisoblanadi.  Prof.  X.M.Mahkamov  rahbarligida  1  doktorlik  va  4 

nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi.

Toshkent  farmatsevtika  instituti  O’zbekiston Respublikasi  Sog’liqni  saqlash 

xalq  komissariatining  155-son  buyrug’i  bilan  1937  yil  16  iyulda  tashkil  qilingan.



57


Bu  voqea  Farmatsevtika  bo’yicha  mutaxassislarni  nafaqat  O’zbekistonda,  balki 

ba’zi O’rta Osiyo davlatlarida tayyorlash uchun ham asos bo’ldi.  Oliy Farmatsevtik 

ta’lim  strukturasini  va  farmatsevtlarni  tayyorash  boyisha  dastur tayyorlandi.  1937 

yildan  boshlab  direktor  vazifasini  Ye.U.Shurpe,  P.F.Arxangelskiy,A.S.Valinskiy 

bajarishgan.  1938  yilda  R.A.Nedrit  direktor  bo’lgan.  So’ng  2001  yilgacha  rektor 

vazifasini  K.X.Tagirov,  professor  D.S.Soxibayev,  akademik  U.X.To’raqulov, 

professorlar 

N.R.Raximov, 

M.A.Azizov, 

X.X.Xolmatov, 

I.B.Zokirov, 

Ye.R.Toshmuxamedov va akademik  S.I.Iskandarov, A.N.Yunusxo’jayevlar bajarib 

kelishmoqda.  O’zbekiston  Respublikasining  mustaqillikni  qo’lga  kiritgani 

Toshkent  Farmatsevtika  instituti  uchun  ham  tarixiy  voqea  bo’ldi.  Institut 

respublikada  bosqichma  -  bosqich  o’tkazilayotgan  islohotlar  bilan  hamqadam 

bo’lib,  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturini  hayotga  tatbiq  qilish  ustida,  moddiy  - 

texnik bazani  yangilash  hamda  o’quv  -  uslubiy,  ma’naviy  -   ma’rifiy  ishlarni  olib 

borishda  o’quv  rejalari,  standartlari  va  dasturlarini  ishlab  chiqishda  ham  tinmay 

mehnat  qilmoqda.  Shu  vaqt  ichida  institutda  sanoat  farmatsiyasi  hamda 

farmatsevtlarning  malakasini  oshirish  fakultetlari,  kasbiy  ta’lim,  biotexnologiya, 

klinik  farmatsiya  va  kosmetsevtika  kabi  yangi  yo’nalishlar  ochildi.  O’z  faoliyati 

davri mobaynida institut farmatsevtik ta’limning yangi konsepsiyasini bosqichma - 

bosqich  amalga  oshirish  bilan  bir  qatorda  farmatsiyaning  dolzarb  muammolari 

bo’yicha ham maqsadga yo’naltirilgan tadqiqotlar olib boryapti.  Zamonaviy noyob 

uskunalar  bilan  jihozlardan  dorivor  vazifalarni  standartlashtirish  ilmiy  markaz 

tashkil  qilingan  bo’lib,  bu  markazning  asosiy  ish  yo’nalishi  dorivor  vositalarning 

sifat  nazorati,  ularni  standartlashtirish,  o’ziga  xos  famakologik  xususiyatlarini 

o’rganish,  klinik  davrgacha  bo’lgan  tadqiqotlarni  o’tkazish  O’zbekiston  hududida 

dorivor  vositalarni  qayd  qilish  uchun  normativ  -  texnik  hujjatlarni  ishlab 

chiqishdan  iborat.  Qisqa  muddat  ichida  10  ga  yaqin  preparat  ishlab  chiqarishga 

tatbiq etildi.  Institut ilmiy  - pedagogik kadrlarni  aspirantura va doktorantura orqali 

muvaffaqiyatli  tayyorlamoqda,  nomzodlik  va  doktorlik  dissertatsiyalarini  himoya 

qilish  boyicha  ixtisoslashitirilgan  kengash  tashkil  qilingan.  1992  yildan  institutda 

Respublikamizda farmatsevtika fani va amaliyotining ko’zgusiga aylangan “Kimyo



58


va  farmatsiya”  jurnali  muntazam  ravishda  nashr  qilina  boshladi.  Institut 

Umumjahon  sogliqni  saqlash  tashkilotining  Yevrobo‘limi  bilan  Markaziy  Osiyo 

davlatlari  uchun  farmatsevtika  ta’limini  isloh  qilish  bo’yicha  maxsus  loyihada 

Rossiya,  Qozog‘iston,  Ukraina,  Pokiston,  Hindiston,  Xitoy  oily  o‘quv  yurtlari  va 

tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.

Toshkent  farmatsevtika  institutidagi  ilmiy  tadqiqotlar,  asosan,  mahalliy 

tabiiy  o’simlik  va  mineral  xom  ashyolardan  dori  olish,  samarali  texnologiyalar 

yaratish,  zamonaviy  standartlash  usullarini  ishlab  chiqish,  shuningdek,  farmatsiya 

ishini  tashkil  etish,  doridarmonlar marketingini  o’rganish  muammosini  aniklashga 

qaratilgan.  Institut  tarkibidagi  dori  vositalarini  standartlash  ilmiy  markazida  dori 

vositalarining  sifatini  nazorat  qilish  va  standartlash,  farmakotoksikologik  izlanish 

laboratoriya,  shuningdek, tibbiy mahsulotlarni sertifikatsiyalash organi,  zamonaviy 

taxlil  usullari  bo’yicha  o’quv  trening  markazi,  “Axborotpatent  va  ilmiy  uslubiy 

bo’lim”  mavjud.  Institutda  “Koamid”,  “Feramid”,  “Kobalt  30”,  “Kupir”, 

“Navbaxtit”,  “Tozalangan  mumiyo”  va  boshqa  dorilar  ixtiro  qilinib,  amaliyotga 

tatbiq etilgan.  Institut faoliyati M.  A.  Azizov,  Yo.  X.  To’raqulov, X.  X.  Xolmatov, 

A.  I.  Gengrinovich,  L.  T.  Ikromov, M. N. Maxsumov, E.  R.  Toshmuhamedov,  S.  I. 

Aminov,  A.  N.  Yunusxo’jayev  va  boshqa  olimlar  nomi  bilan  bog’liq.  Institutda 

ilmiy to’plamlar, uslubiy qo’llanmalar va “Farmatsevtika” jurnali chop etiladi  [31].

3.2.3.  O ‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi rivojlanishida o‘zbek 

kimyogarlarining tutgan o‘rni

Qishloq xo‘jalik sohasi uchun yaratilgan preparatlar:

—  yuqori  karbonatli  Qizilqum  fosforitlaridan  oddiy  superfosfat  olishning 

samarali texnologiyasi ishlab chiqildi;

—  tarkibida  fosfor,  kalsiy,  azot,  oltingugurt  ushlagan  o‘g‘itlar,  shuningdek, 

maxalliy  o‘g‘itni  Qizilqum  fosforitlarining  mineral  massasi  bilan  kompostlangan 

organik mineral o‘g‘itlarning yangi murakkab turlari olindi;

59



—  Markaziy  Qizilqum  fosforitlaridan  yuqori  samarali  nitrokalsiyfosfat  o‘g‘iti 

olishning samarali texnologiyasi ishlab chiqildi;

—  “Xosil”  nomli  paxta  va  bug‘doy  xosildorligini  oshiradigan jadallashtiruvchi 

preparat ishlab chiqarildi;

—  Qator  yangi  samarador  defoliantlar  olishning  fizik  kimyoviy  va  texnologik 

asoslari ishlab chiqildi;

— yangi, yuqori samarali “Sixat”, “Mezon” va universal kompleks ta’sir etuvchi 

defoliantlar:  “Najot”,  “Sardor”,  “Sadaf’,  “Super-XMD-j”  va  “UzDEF”  ishlab 

chiqarildi.

Yuqori karbonatli  Qizilqum fosforitlari  asosida afzalligi katta energiya talab 

qiluvchi  va  uzoq  davom  etadigan  bosqichlarning  qisqarishini  ta’minlovchi  oddiy 

superfosfat  olishning jadallashgan  texnologiyasi  ishlab  chiqildi.  Texnologiyaning 

keskin  soddalanishi,  jarayonlarning  jadallanishi,  issiqlik  va  energiya  sarfini 

tejalishi  hisobiga  oddiy  superfosfat  tannarxi  25-30  %  ga  kamayadi.  Ushbu 

texnologiya  2004  yili  Navoiy  “Elektrkimyozavod”  YOAJ-QK  sida muvaffaqiyatli 

amaliyotga joriy  qilindi.  2004-2014  yillarda  korxona  8.9  mlrd.so‘mlik  74.8  ming 

tonna  oddiy  superfosfat  ishlab  chiqardi,  shulardan  1,29  mln.  AQSH  dollarlik  18,7 

ming tonna mahsulot eksport qilindi.

Jahon  amaliyotida birinchi marta boyitilmagan Qizilqum  fosforitlari  asosida 

nitrokalsiyfosfat  o‘g‘iti  (nitrofos)  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  yaratildi  va  bu 

texnologiya  “Samarqandkimyo”  OAJda muvafaqqiyatli  tadbiq  etildi  hamda 2006­

2014  yillar  mobaynida  146,7  mlrd.  so‘m  qiymatga  ega bo‘lgan  496,2  ming  tonna 

nitrofos  o‘g‘iti  ishlab  chiqarildi,  4,263  mln.  AQSH  dollar  qiymatga  ega  bo‘lgan 

29,15 ming tonna o‘g‘it eksport qilindi.

Olmaliq  “Ammofos-Maksam”  OAJ  bilan  birgalikda  Markaziy  Qizilqum 

fosforitlari  asosida  yangi  turdagi  kompleks  o‘g‘itlar:  azot  -   fosfor  -  oltingugurt 

kalsiy  tutgan  “Suprefos”  deb  nomlangan  va  ammoniy  sulfatfosfat  o‘g‘itlar  ishlab 

chiqarishning  samarador  texnologiyalari  yaratildi  va  sanoatga  tadbiq  etildi.  2006­

2014  yillar  mobaynida  Olmaliq  “Ammofos-Maksam”  OAJda  2626  ming  tonna 

Suprefos  va  281  ming  tonna  ammoniysulfatfosfat  o‘g‘iti  ishlab  chiqarildi.



60


Suprefosfot o‘g‘itini ishlab chiqarish natijasida fosfogips chiqindisini hosil bo‘lishi 

1552  ming tonnaga kamaydi va 28  mlrd.  so‘mdan ortiq qiymatga ega bo‘lgan 32,1 

ming tonna  100%-li R2O5ning chiqindi bilan isrof bo‘lishi bartaraf etildi.  Chet elga 

53  mln.  AQSH dollar qiymatga ega bo‘lgan 405  ming tonna Suprefos va 88,8 ming 

tonna ammoniysulfatfosfat eksport qilindi.

“Navoiyazot”  OAJi  bilan  hamkorlikda  amaliyotda  muhim  bo‘lgan  termik 

barqarorlashgan  ammiakli  selitra  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  yaratildi.  Bunday 

turdagi ammiakli  selitra ishlab chiqarishning negizi shundan iboratki, tayyor holida 

o‘g‘it  tarkibida  25,20-30,75%  -   N  va  2-5%  -   R2O5  bo‘lgunga  qadar  ammiakli 

selitra  suyuqlanmasiga  yuqori  karbonatli  Qizilqum  fosforiti  qo‘shiladi.  Ishlab 

chiqilgan  bu  texnologiya  2009  yilda  “Navoiyazot”  OAJda  tadbiq  etildi  va  2014 

yilning  oxirigacha  165  mlrd.  so‘mlik  300  ming  tonna  azotfosfor  o‘g‘iti  (AFO‘) 

ishlab  chiqarildi.  7,8  mln.  AQSH  dollari  qiymatiga  ega  bo‘lgan  36  ming  tonna 

miqdori chet mamlakatlarga eksport qilindi.

“Farg‘onaazot”  AJ  mutaxassislari  bilan  hamkorlikda  ammoniyli  selitra 

donalari  yuzasini  ammoniy  sulfatning  to‘yingan  eritmasi  ishtirokida  Markaziy 

Qizilqum  fosforit  uni  bilan  qayta  ishlab  “SAFU”  nomli  murakkab  azot  -  fosforli 

o‘g‘it  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  yaratildi.  2010-2014  yillarda  49,8 

mlrd.so‘mlik  144  ming  tonna  “SAFU”  o‘g‘iti  ishlab  chiqarildi  va  respublikaning 

fermer va dehqon xo‘jaliklariga yetkazib berildi.

2007 yili “Farg‘onaazot” AJda institutning yetakchi mutaxasislari tomonidan 

tavsiya  qilingan,  mavjud  xlorat  magniy  defoliantidan  yumshoqroq  ta’sir  etuvchi, 

samarali  va  raqobatdosh  “Super  XMD-s”  defolianting 

ishlab  chiqarilishi 

boshlandi.  2007-2014  yillarda  5  mln.  gektardan  ziyod  maydonlarda  paxta 

defoliatsiyasida  muvaffaqiyatli  qo‘llangan  “Super  XMD-s”  defolianti  128,8  mlrd. 

so‘mlik 40,8  ming tonna ishlab  chiqarildi.  Har bir  gektar paxta maydoniga  “Super 

XMD-s”  defoliantidan  6,5-7,0  l  miqdorida  ishlatish  natijasida  hosildorlikni 

gektaridan  1,5-2,5  sentnergacha oshishini ta’minlaydi.

61



Yumshoq  ta’sir  etuvchi  samarali  “O‘zDef”  defolianti  yaratildi  va 

“Farg‘onaazot”  AJda  ishlab  chiqarish  yo‘lga  qo‘yildi.  2009-2014  yillarda  27,75 

mlrd.so‘mlik 8,5 ming tonna “0 ‘zDef” ’ defolianti ishlab chiqarildi.

Respublikaning  qariyb  85%  maydondagi  paxta  dalasi  institutda  yaratilgan 

defoliantlar bilan ishlov berildi.

Institutda  sistematik  izlanishlar  natijasida  yuqori  samarali  o‘simliklarni 

o‘stiruvchi  va rivojlantiruvchi  ko‘p  qirrali  ta’sirga  ega  “Xosil”  stimulyatori  sintez 

qilindi.  “Xosil” preparati  2007-2014  yillarda institutning tajriba-sanoat  dastgohida 

2,0  mlrd.  so‘mlik  80 tonna miqdorda ishlab  chiqarildi.  “Xosil”  stimulyatorini ko‘p 

yillar  davomida  qo‘llanishi  paxta  va  bug‘doyning  hosildorligini  eng  kamida  3-6 

sentnergacha oshganligini ko‘rsatdi.

Institut tomonidan Buxoro NQIZ bilan birgalikda, MDH mamlakatlari ichida 

ilk  bor,  Boing,  Aerobus  va  boshqa  havo  kemalari  uchun  mahalliy  uglevodorodli 

xom  ashyolar  neft  va  gaz  kondensati  asosida  yuqori  sifatli  “Djet  A-1”  aviatsiya 

yonilg‘isini  olishning  zamonaviy  texnologiyasi  ishlab  chiqildi  va  amaliyotga joriy 

etildi. Ushbu yonilg‘ining sifat ko‘rsatgichlari halqaro talablarga to‘la javob beradi. 

2009-2013  yillar  mobaynida  zavodda  umumiy  qiymati  234.1  mlrd.so‘mga  teng 

bo‘lgan  469.1  ming  tonna  “Djet  A-1”  yonilg‘isi  ishlab  chiqildi,  uning  qiymati 

189.3  mln.AQSH  dollariga  teng  bo‘lgan  186.3  ming  tonnasi  “O‘zbekiston  havo 

yo‘llari” MAK tomonidan chet el havo kemalariga sotildi.

2012  yilda  Institut  texnologik  korpusida  neft  maxsulotlarini  sig‘imlarda 

saqlashda  yengil  uglevorodlarni  bug‘lanishdan  yo‘qotilishini  kamaytirish  va 

to‘satdan  sodir  bo‘ladigan  yong‘inni  o‘chirish  uchun  suzuvchi  ponton  ishlab 

chiqarishi  tashkil  etildi.  Suzuvchi  ponton  2  ta vazifani  bajaradi:  1)  uglevorodlarni 

bug‘lanishdan  yo‘qotilishini  kamaytirish  va  2)  sig‘im  ichida  uglevorodlarning 

to‘satdan  alangalanishidan  sodir  bo‘ladigan  yong‘in  o‘chog‘iga  ko‘pik  sochish 

orqali  uni  o‘chirish.  “O‘zbekne^egaz”  MXK  korxonalarining  suzuvchi  ponton 

ishlab  chiqarish  bo‘yicha  buyurtmalari  bajarildi.  2010-2014  yillarda  Institut  570 

mln.  so‘mlik  67000 dona suzuvchi pontonlar ishlab chiqardi.

62



Shuningdek,  respublikaning  yirik  kimyo  va  neft  kimyosi  korxonalarida 

0 ‘zR FAning innovatsiya texnologiyalari asosida 2006-2014  yillarda yangi  import 

o‘rnini  bosuvchi  mahsulotlar  (o‘g‘itlar,  defoliantlar,  stimulyatorlar,  yuqori  sifatli 

aviatsiya  yonilg‘isi  va  boshqalar)  793,0  mlrd.so‘mlik  ishlab  chiqarishga  va  300,5 

mln.AQSH dollari miqdorida eksport qilishga sazovor bo‘ldi.  [ 5,  15,  17 ]

63



XULOSA

1. 


Ilm 

-  


fanning 

rivojlanishida 

millatning 

ilg‘or 


olimlari 

hamda 


tadqiqotchilarining  ,  shuningdek,  iqtidorli  shaxslarning  ilmiy  salohiyati  darajasi, 

ularning  ilm  -   fan  sohasidagi  fidoyiligi, jasorati  va  matonati  muhim  ahamiyatga  ega 

bo’lib,  O‘zbekiston kimyogar olimlari ham kimyo fani va kimyo  sanoati rivojlanishiga 

so’zsiz katta hissa qo‘shishgan.

2. 

Buning  dalili  sifatida,  Buxoro  yaqinidagi  Poykent  manzilgohidan  topilgan 



VIII  asrga  taalluqli  kimyo  laboratoriyasini  misol  keltirish  mumkin.  Taraqqiyotning 

turli  bosqichlarida  yashab  o’tgan  allomalarimiz:  Jobir  ibn  Hayyom,  Abu  Bakr  ar  -  

Roziy,  Abu  Abdulloh  al  -   Xorazmiy,  Al  -   Xaziniy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Abu  Rayhon 

Beruniy  va boshqalar  o‘zlarining  ilmiy  ishlari  va tajribalari bilan  o‘sha  davrda kimyo 

fanining rivojlanishida juda katta hissa qo‘shganlar.  Bunga Buxoro yaqinidagi Poykent 

manzilgohidan  topilgan  VIII  asrga  taalluqli  kimyo  laboratoriyasini  misol  keltirish 

mumkin.

3. 


Buyuk ajdodlarimizning munosib  izdoshlari va vorislari  sifatida butun jahon 

e’tirof  etgan  o’zbek  kimyogar  olimlarimizdan  akademik  H.Usmonov  (polimerlar 

kimyosi),  M.Nabiyev  (o‘g‘itlar  kimyosi  va  texnologiyasi),  Yu.Toshpo‘lotov  (tabiiy 

polimerlar kimyosi),  Sh.Tolipov (noorganik kimyo),  S.Yunusov (alkoloidlar kimyosi),

O.Sodiqov (bioorganik kimyo)  kimyo  sohalariga  doir  o‘zining  ilmiy  izlanishlari  bilan 

O‘zbekistonda kimyo fanining yanada taraqqiy etishida muhim o‘rin tutadi.

4. 

O‘zbek  kimyogar  olimlari  nafaqat  fanni  rivojlantirish,  balki  sanoatni  yangi 



va  ilg’or texnologiyalar bilan boyitish yuqori  malakali  muhandislar tayyorlash  hamda 

oliy  malakali  ilmiy kadrlar yetishtirib  berayotganliklarini  ham  alohida ta’kidlab  o’tish 

lozim.

5. 


Biz  yosh  kimyogarlar  mana  shunday  buyuk  kimyogar  olimlarimiz  borligi 

bilan  nafaqat  faxrlanishimiz,  balki  ularga  munosib  izdoshlar  bo’lib,  mustaqil 

O’zbekistonimizning  yanada  rivojlanishida  kimyo  sohasi  bo’yicha  o’zimizning  bor 

bilim va kuch - g’ayratimizni ayamasligimiz lozim.



64


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R O ‘YXATI

1.  Kagp^ap  Taôëp^am 

mh

^

hh



  gaerypH  TÿFpncnga  Ÿ36eKHCToH  Pecnyô^HKacn 

KoHyHH.  TomKeHT,  1997 

hhïï

, 29  aBrycT.



2.  H.A.KapHMoB  “EapKaMo.^  aB^og  Ÿ36eKHCToH  TapaKKHëTHHHHr  nofigeBopn” 

TomKeHT,  1998, 636.

3.  2004-2009 

HHÆrapga 

“MaKTa6 

Tat^HMHHH 

pHBoKnaHTHpnm 

^aB^aT


yMyMMH^^HH 

gacTypn 


TÿFpHCHga”rH 

Ÿ36eKHCToH 

Pecny6^HKacn

npe3HgeHTHHHHr ^apMoHH.  TomKeHT, 21  MaH, 2004 

hhïï

.  nO-3431.



4.  H.A.KapHMoB  “Ÿ36eKHCToH  Pecny6^HKacn  Ba3Hp^ap  Max,KaMacHHHHr  2009 

HHÏÏHHHr  aCoCHH ^KyH^apH  Ba 2010  HH^ga  Y36eKHCToHHH  HKTHMoHH-HKTHCogHH

pHBo>K^a.HTHp HmHHHr  ^H^  Myx,HM  ycTyBop  HÿHanHmnapnra  6aFHm^aHraH

Ma^^Hcgarn Matpy3acn”.  29  AHBap,  2010 

hhïï

.  “Xan^ cÿ3H” ra3eTacn,  30  AHBap, 



TomKeHT, 2010.

5. 


B.Umarov,  T.N.Niyazxonov  “Kimyo tarixi”  Toshkent,  “Nazro‘z”  2015.

6. 


C.M.Typo6KoHoB,  K,.AxMepoB,  n.HcMaTymaeB  “KHMërap  aKageMHKrap”, 

TomKeHT, “H^THcog -   Mo^na”2006.

7. 

Ibrohim  Asqarov,  Kamoliddin  G‘opirov,  Shahobiddin  Qirg‘izov,  “Kimyoviy 



bilimlar sarchashmasi” Toshkent, “O‘zbekiston”, 2013.

8. 


X.M.  fflaxHgoaTOB,  X.y.  XogKaHH^3oB  “OyH^noHantHo  -   3aMern,eHHBie 

nnpHMHgHHM”, TamKeHT 2010, 314 bet

9. 

A.Q.O‘rinovning  tahriri  ostida  “Farg‘ona  Davlat  Universiteti  olimlari” 



bibliografik ma’lumotlar.  Farg‘ona, 2003  y,  142-b.

10.  N.Parpiyev,  X.Rahimov,  A.Muftaxov  “Anorganik  kimyo  nazariy  asoslari”, 

“O‘zbekiston”,  Toshkent, 2000  yil, 478-b.

11.  O‘zbekiston  kimyosi  tarixidan.  Maktabda  kimyo  jurnali,  N°  4.  2009, 

Toshkent, 32-b. Milliy ensiklopediya.

12.  C.Tema6oeB, 

C.Ÿ

pmohob


M.Pax,MaToBa, 

ffl.A6gy.maeB 

“OapFoHa 

BogHHCHHHHr KHMë TapHXHra 6np Ha3ap” (AxageMHK O.Cogn^oBra  6aFHm^aHraH

65



HHH-Pecny6^HKa  EnoopraHHK  KHMë  MyaMMo^apnra  6aFHm.raHra   K0H$epeH^Hfl 

MarepHa^napn).  H

hmhh

 ax6oporaap N° 2, 2001, HaMaHraH, 2-6.



13.  K.  Pacy^oB,  O.  ËÿromeB,  E.  Kapa6anaeB  “YMyMHH  Ba  ÂHopraHHK  KHMë” 

TomKeHT, “ŸKHTyBHH”,  1996, 215-6.

14.  I.  Ismoilov,  M.  Nishonov  “Ustozlar  xotirasi  abadiydur”  (“Kimyo  ta’limi

samaradorligini  oshirish  omillari”  mavzusidagi  Respublika  ilmiy  -  amaliy

anjumanning materiallari) Farg‘ona, 2011, 281-b.

15. 


X.  Tolipov,  X.  Rajapov  “Kimyoviy  bilimlar  genezisida tarix  va  kelajakning 

mushtarakligi”, Uzluksiz ta’lim jurnali,  Toshkent,  112b, 45-48-betlar.

16. 

Sh.  Abdullayev,  Q.  Karimov,  N.  Qo‘qonova,  “O‘zbekiston  kimyogarlari”, 



Namangan, 2007, 48 b.

17. 


S.  Hoshimova  “Abu  Bakr  Muhammad  ibn  Zakariyo  Ar-Roziy”.  Maktabda 

kimyo jurnali N° 6, 2009, Toshkent,  32 b.

18. 

“O‘zbekistonda  kimyo  sanoati  istiqbollari”  “XXI  asr texnologiyalari”  ilmiy- 



texnikaviy jurnal. N° 4(5), 2011  yil, Toshkent,  32-b.

19.  M.Yo‘ldasheva  “O‘zbekiston  oily  va  o‘rta  maxsus  ta’lim 

tizimining

shakllanishi XX asr, 20 yillar” , “Xalq ta’limi” jurnali, Toshkent N° , 2002,  128-b.

20.  K.  Pacy^oB,  O.  ËÿromeB,  E.  Kapa6anaeB  “YMyMHH  Ba  ÂHopraHHK  KHMë” 

TomKeHT, “ŸKHTyBHH”,  1996, 215-6.

21.  M.  Asqarov “O‘zbekiston kimyosining istiqbollari”  ,  Toshkent,  “Fan”,  1985, 

40-b.


22. 

Q. Axmerov “O‘zbekiston kimyogarlari”,  Toshkent, “Fan”,  1973,  88-b.

23.  Z.  Tilyabayev  “O‘zbek  fanini  dunyoga  tanitgan  olim”, 

“XXI  asr

texnologiyalari” ilmiy-texnikaviy jurnal, N° 4(5), 2011, 32-b.

24.  K.  Ahmerov  “O‘zbekiston  kimyogarlarining  muvaffaqiyati”, 

Toshkent,

“Fan”,  1987.

25.  I.  Asqarov, N.  To‘xtaboyev, K.  G‘opirov,  “7-sinf kimyo darsligi” ,  Toshkent, 

2009,  158-b.

26.  X.  Omonov  “Kimyoviy  eksperimentning  ta’lim  tizimidagi  o‘rni”,  uzluksiz 

ta’lim jurnali, N° 5, 2004, 42-45- betlar.



66


27.  ro.  ÂMHp^OHOBa  “Tat^HM  TH3HMHga  AHra  negarorHK  TexHO.rorHÆrapHHHr

caMapagop^nrHHH  TatMHH.ram  OMHÆrapH”,  y3^yKCH3  TatnHM  ^ypHann,  N°  2, 

2002,  112-6.

28. 


M.  H

utttohqb


,  ffl.  MaMa^OHOB,  B.  Xÿ^aeB  “KnMë  ÿKUTum  MeTogHKacH”, 

TomKeHT, “ŸKHTyBHH”, 2002,  112-6.

29.  E.  Qulmatov “Oltiariq olimlari”, Toshkent, 2010 yil, 208-b.

Internet saytlar:

30.  http://ziyonet.uz/uz

31.  https://ru.wikipedia.org

32.  http://tkti.uz/

33.  http://uz.ionx.uz/

34.  http://uzreport.uz/

35.  http://uza.uz/uz/

36.  https://daryo.uz/

37.  http://kun.uz/uz



67

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish