7.4 Parametrik so‘rovlar
Bazaviy so‘rovning variantlari ko‘rinishida berilgan va bir biridan tanlash hartidagi qiymatlari
bilan farq qiladigan so‘rovlar parametrik so‘rovlar deyiladi. СПИСОК УЧАЩИХСЯ jadvalidan
berilgan gurushda bilim oluvchi o‘quvchilarning familiyalarini tanlab olish uchun parametrik so‘rov
tuzaylik. Avvalo ma’lumotlarni tanlashga so‘rov ishlab chiqaraylik. Unga «Номер группы», «Номер
учащегося», «Код учащегося», «ФИО учащегося», «Телефон» maydonlarini kiritamiz. Условие
отбора qator maydonini tanlashning konkret mezoni bilan emas, balki mezonni kiritish uchun
foydalanuvchiga murojat qilish yordamida to‘ldiramiz. So‘rovni bajarish paytida bu murojat tanlash
mezonini kirituvchi foydalanuvchiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ushbu mezon asosida (so‘rov
spetsifikatsiyasida ko‘rsatilgan boshqa mezonlarni shisobga olgan holda) yozuvlarni tanlash amalga
oshiriladi. Murojatni qavs ichiga olib yozish zarur, masalan, [Gurush nomerini ko‘rsating].
TATU NF
Access 2003 Laboratoria ishi
Bobojonov Elmurod
87-bet
Do'stlaringiz bilan baham: |