Sana/Vaqt o‘zgarmaslari Accessda # belgisi bilan ajratiladi. Barcha boshqa o‘zgarmaslar
bilan bo‘lgan qatori, agar dastur so‘rovlar blankiga sana va vaqtning Access standart formatida
kiritilishini ajrata olsa, u holda bu belgilar avtomatik ravishda qo‘shiladi.
Sana va vaqt o‘zgarmasiga misollar: #26/04/75#, #22-Маг-74#, #10:35:30#.
Funksiyalar
Funktsiyalar identifikatorlar kabi chaqirish nuqtasiga qiymatlarni qaytarish uchun ishlatiladi.
Qaytariladigan funktsiyaning qiymati uning turi bo‘yicha aniqlanadi, masalan, NOW() funktsiya
kompьyuter soatining sana va vaqtini qaytaradi. Sintaktik funktsiyalar uning identifikatoridan keyin
keluvchi qavslar bilan ajratiladi. Ko‘p funktsiyalar argumentlar bo‘lishini talab qiladi. Ular funktsiyaga
murojat paytida bu qavslar ichiga bir biridan vergullar bilan ajratilib yoziladi. Funktsiyalar yangi
ifodalar va funktsiyalarni hosil qilishda ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |