Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
— So‘nggi yillarda matbuotdagi tasodifiy maqolalar biror aniq asosga ega bo‘ldimi? — savolga 
savol bilan javob berdi Berkxardt. — Boshqacha qilib aytganda, o‘z kuchini ishga solish uchun 
faoliyatning kengroq maydonini izlamayapsanmi? 
— Foliyatning keng maydoni deganda nimani nazarda tutayotganingizni tushuntirib berolmaysizmi? 
— Nima balo, buni senga telefonda bayon qilaman deb o‘ylayapsanmi? — dedi Berkxardt. 
Palmer bir daqiqa jim qoldi, telefondagi suhbat savollar tarzida o‘tdi deb o‘yladi Palmer, lekin 
ularning hech qaysi biri bu savollarga javob ololmadi. Suhbat juda cho‘zilib ketdi shekilli, degan o‘yda 
Palmer kulib yubordi: 
— Mendek qishloqi oddiy odamga, siz nyu-yorklik bankchilar o‘ta ustamonsizlar. 
— Bo‘lmasa, tezda samolyotga chiq, — dedi o‘shanda Berkxardt. — 17.40 da uchasan, men 
tayinlab qo‘yaman, seni Aydluayld aeroportida kutib olishadi... 
Hecham-da, shoshilishning keragi yo‘q, o‘zini tergadi Palmer va javob berdi: 
— Hozir-a? Yo‘q, Leyn, bu yerda mening biroz ishlarim bor, hatto, shu past toifadagi komandada 
ham. 
— Qanaqa ishlar tag‘in? — so‘radi Berkxardt. — Shunday birlashishdan so‘ng yana qanday 
ishlaring bo‘lishi mumkin? «Kirim» va «Chiqim» jildlarimi? Men chindan ham jiddiy, rostakamiga 
diqqatga sazovor ishni nazarda tutyapman, jin ursin! 
Palmer bir oz jim turdi-da, ehtiyotkorona javob berdi: 
— Rostini aytsam, bilmayman. Ehtimol, ushbu arzimas sayohatimiz Edisga quvonch baxsh etar. 
— Men uni bag‘rimga bosishga hamisha tayyorman, lekin bu safar emas. Xo‘sh, ertaga vaqting 
qanaqa? 
— Borolmasam kerag-ov... 
— Mayli, — uning so‘zini bo‘ldi Berkxardt. — Eng kechi bilan jumaga. Mening shahar tashqarisidagi 
uyimda hordiq chiqarasan. Xo‘pmi? 
— Xo‘p, — rozi bo‘ldi Palmer, — Meni qiziqtirib qo‘ydingiz. 
— O’ylaymanki, senda qiziqishdan ko‘ra katta narsa ham uyg‘ota olaman, — javob berdi Berkxardt. 
— Demak, juma kuni Aydluayld aeroporti, soat 17.40... 
U o‘zini ko‘zguda ko‘rdi va esladi, Berkxardt bilan suhbatdan so‘ng naqadar quvonchli hayajon 
qamrab olgandi. Palmer qariya unga ancha yuqori, mas’ul lavozim taklif etishini o‘shandayoq bilardi. 
U o‘zida qoniqish hosil qildi. 
Uning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi yaqin edi. U Chikagodagi idorasida o‘tirar va o‘zini zo‘riqqanday 
his qilardi. Og‘ir, rutubatli havo kislorodsizga o‘xshab ko‘rinardi. U zo‘rg‘a nafas olar, havo 
yetishmayotganga o‘xshardi. 
Ha, bu zafar, chinakam, to‘la g‘alaba edi. U bankdan, keksa otasining hukmronligidan ozod bo‘ldi 
va endi shiddatli tezlik bilan Chikagodan xalos bo‘layotgandi. Safarini jumagacha qoldirish unga 
nechun kerak bo‘lib qoldi? Haftaning oxirigacha kutish naqadar og‘ir? Axir, shu bir necha kundan 
so‘ng uni uzoq kutilgan to‘la ozodlik qarshi oladi. 
«Yunion lig»dagi o‘z xonasida ko‘zguga qaray turib, Palmer burun kataklarining ana shu 
ozodlikning yangi havosini mumkin qadar ko‘proq hidlashga intilib, kengaya boshlaganini sezdi.  
Xenli uchun belgilangan ro‘l — otasining o‘ng qo‘li ro‘lini o‘ynashga necha yillarini sarfladi, yelga 
sovurdi. Ich-ichidan yemirgan kasallikdan asta-sekin o‘layotgan otasining o‘ng qo‘li vazifasini bajarib 
yurdi. 
— Agar bu seni tashvishga solayotgan bo‘lsa, — dedi Edis urushdan keyingi dastlabki yillarda, — 
Xenlining o‘rnini bosolmasligingni otangga ayt. Aytib, bu ishdan bo‘sha-da, tashvishdan qutul. 
— Bunday qilolmayman. Otam kasal, buning ustiga yolg‘izlanib qolgan. Bunaqa qilish qo‘limdan 
kelmaydi. 
Palmer ko‘zgudan nari ketdi va eshikka yo‘naldi. U hozir o‘zini huv o‘sha, urushdagi og‘ir 
damlardagidek his qilardi. Harakat qilish kerak. Shunisi hayratlanarliki, u hali ham harakat qilish 
qobiliyatini yo‘qotgani yo‘q. Urushdan keyingi behuda sarflangan yillariga qaramay, u hali dadil 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish