Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/175
Sana13.07.2021
Hajmi2,12 Mb.
#118267
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   175
Bog'liq
Bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

tarbiyaviy 
vazifalar hal etiladi: 
— har kungi jismoniy mashqlarga, kun tartibiga 
odatlanish;  
— shaxsiy  harakat  faoliyatida  jismoniy  mashqlardan 
oqilona foydalanish; 


- 50 - 
 
— harakatlarning  nafis,  yaqqol  ifodalangan  tarzda 
namoyon bo‘lishiga erishish; 
— mustaqillik, ijod, tashkilotchilik qobiliyatlarining 
namoyon bo‘lishi va rivojlanishi; 
— o‘z-o‘zini boshqarish, o‘zaro yordam. 
Jismoniy faoliyat tananing mukammalligini ta’minlash bilan 
bir qatorda, shaxsning ma’naviy ruhiyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda 
ijobiy  xususiyatlarni  shakllantirish  bilan  bir  qatorda  salbiy 
xususiyatlar  rivojlanishiga  ham  turtki  bo‘ladigan  holatlar 
yuzaga  kelishi  mumkin.  Tarbiyachi-murabbiyning  shaxsiy 
fazilatlari,  ijtimoiy-axloqiy  qarashlari  ham  muhim  axamiyat 
kasb 
yetadi. 
Shu 
sababli 
tarbiyachi-murabbiy 
oldida 
avvalambor, 
shug‘ullanuvchilarga 
axloqiy, 
estetik 
xususiyatlarni  shakllantirish  orqali  uni  ma’nan  yetuk  shaxs 
sifatida voyaga yetkazish vazifasi turadi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  jismoniy  tarbiyaning  vazifalari  bir-
biri bilan o‘zaro bog‘liqdir. Sog‘likni mustahkamlamasdan turib, 
samarali  ish  faoliyatini  olib  borib  bo‘lmaydi,  yoki  ma’naviy 
barkamollikka  erishmasdan  turib,  har  tomonlama  yetuk, 
barkamol shaxsni voyaga yetkazish mumkin emas. 
Jismoniy  tarbiya  vazifalari  o‘rtasidagi  bunday  o‘zaro 
bog‘liqlik  jismoniy  tarbiya  tizimining  umumiy  prinsiplari  deb 
nomlanuvchi kategoriya orqali ta’minlanadi.  
 
2-§. Jismoniy tarbiya vositalari 
Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarning  jismoniy 
tarbiyasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish maqsadida turli 
vositalar:  gigiyenik  talablar,  tabiatning  tabiiy  kuchlari, 


- 51 - 
 
jismoniy mashqlar va hk.lar qo‘llaniladi. Bunday vositalarning 
kompleks  tarzda  qo‘llanilishi  organizmga  har  tomonlama 
ta’sir  ko‘rsatib  bolalar  jismoniy  tarbiyasiga  yordam  beradi. 
Gigiyenik  talabalarga:  kun  tartibi,  mashg‘ulotlar,  uyqu, 
bedorlik,  ovqatlanish,  kiyim  va  oyoq  kiyimlar  gigienasi, 
mashg‘ulot  o‘tkaziladigan  xonalar,  sport  maydonlarining 
tozaligi, ozodaligi va hk.lar kiradi. 
Inson  salomatligini  ilmiy  jihatdan  asoslangan,  to‘g‘ri 
tashkil  etiladigan  ovqatlanishsiz  tasavvur  qilish qiyin.  To‘g‘ri 
tashkil  etilgan  ovqatlanish  oshqazon-ichak  tizimi,  energiya 
almashunuvlari 
jarayoning 
faol 
kechishini 
ta’minlab, 
organizmning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Tegishlicha  davomiy,  sog‘lom  uyqu  organizmning  dam 
olishini ta’minlab, asab tizimi ishchanligini ta’minlaydi. 
Kun tartibiga rioya etish va harakat faolligi bolani tartibga, 
uyushqoqlikka  o‘rgatib,  aniq  maqsad  asosida  tizimli  faoliyat 
olib  borishga  yo‘naltiradi.  Bolalarning  MTM  lar  va  oiladagi 
faoliyatiga  qo‘yiladigan  gigiyenik  talablar  tibbiy  ko‘rsatmalar 
orqali aniqlanadi. 
Tabiat  unsurlari  (quyosh,  havo,  suv)  organizmning 
ishchanligi 
va 
funksional 
imkoniyatlarini 
oshirib, 
moslashuvchanligi  va  himoyasini  ta’minlaydi.  Tabiatning 
tabiiy  kuchlariga  quyosh,  havo,  suv  kiradi,  ular  jismoniy 
mashqlarning  organizmga  ta’sirini  kuchaytiradi  va  kishi  ish 
qobiliyatini  oshiradi.  Quyoshli,  ochiq  havoda  yoki  suvda 
(suzish)  bajariladigan  mashqlar  jarayonida  ijobiy  emotsiyalar 
paydo  bo‘ladi  (ko‘proq  kislorod  yutiladi,  modda  almashuvi 
kuchayadi…).  Quyosh,  havo,  suv  organizmni  chiniqtirishga, 
uni  yuqori  va  past  temperaturaga  moslashuv  qobiliyatini 


- 52 - 
 
oshirishga  yordam  beradi.  Bular  natijasida  issiqlikni  idora 
qiluvchi  apparat  harakatga  keladi,  ya’ni  kishi  organizmi  turli 
xil  meteorologik  omillarning  o‘zgarishiga  o‘z  vaqtida  javob 
bera oladigan darajaga keladi. 
  Suv  terini  kirdan  tozalaydi,  o‘rmon  bog‘lardagi 
shifobaxsh  moddalar  (fitontsidlar)  ga  boy  havo  mikroblarni 
yo‘qotishga  yordam  beradi,  qonni  kislorodga  to‘yintiradi. 
Quyosh  nuri  teri  ostida  D  vitaminining  saqlanishiga  xizmat 
qiladi,  turli  mikroblarni  o‘ldiradi  va  bolalarni  kasalliklardan 
(raxit…) saqlaydi. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish