Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/175
Sana13.07.2021
Hajmi2,12 Mb.
#118267
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   175
Bog'liq
Bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

 
Nazorat uchun savollar  
1. Harakatli  o‘yinlarning  vujudga  kelishi  va  taraqqiyoti 
to`g`risida nimalarni bilasiz? 
2. Jismoniy  mashqlar  tizimida  harakatli  o‘yinlarning 
ahamiyatini ko‘rsating. 
 3. Harakatli o‘yinlarga misollar keltiring? 
 
 


- 169 - 
 
OLTINCHI BO‘LIM. JISMONIY MASHQLARNING  
SPORT TURLARI 
 
1-§. Sport mashqlarining tavsifi 
Bolalarning  harakat  faoliyatini  tashkil  etishda  sport 
o‘yinlari va mashqlariga katta o‘rin beriladi. Chang‘ida yurish, 
konkida,  chanada  uchish,  velosipedda,  samokatda,  sport 
rollerda  yurish,  shuningdek  suzish,  sport  mashqlariga 
mansubdir.  Ularning  barchasi  asosiy  mushak  guruhlarini 
mustahkamlashga,  suyak,  yurak-tomir,  nafas  olish  va  asab 
tizimlarining  rivojlanishiga  yordam  beradi.  Bundan  tashqari 
mashg‘ulotlar 
jarayonida 
bolalarda 
jismoniy 
sifatlar 
(chaqqonlik, tezkorlik, chidamkorlik…), shuningdek, ritmlilik, 
harakatlar  koordinatsiyasi,  fazoda  mo‘ljal  olish  malakasi 
rivojlanadi.  Velosipedda  yurish,  konkida  uchish  vestibulyar 
barqarorlikni 
rivojlantiradi. 
Tegishli 
kiyimda 
turli 
temperaturada  toza  havodagi  mashg‘ulotlar  quyosh  nurida, 
shuningdek  suvda  chiniqish  modda  almashishini  kuchaytiradi 
va chiniqtirishga xizmat qiladi.   Bog‘, 
o‘rmon, 
daryoda 
o‘tkaziladigan  mashg‘ulotlar  tabiat  go‘zalligini  ko‘rishga 
imkon  beradi,  unga  nisbatan  muhabbatni  tarbiyalaydi,  estetik 
his qo‘zg‘atadi, ijobiy emotsiyalar uyg‘otadi.  
 
Sport  mashqlaridan  iborat  mashg‘ulotlar  bolalarga  tabiat 
xodisalarini  bilishga  (qor,  s  hamol,  muz,  suv…)  sirg‘alish, 
tormozlanish  haqidagi  tushunchalarni,  shuningdek  sportroller, 
velosiped  tuzilishi  haqidagi  bilimlarini  egallashiga  imkon 
beradi.  Sport  mashqlari  –  mushaklarni  mustahkamlashga, 
suyak, yurak, qon-tomir, asab tizimini rivojlantirishga yordam 
beradigan  mashqlardir.  Ochiq  havoda  tashkil  etiladigan 


- 170 - 
 
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida bolalarni sport mashqlari va 
sport  o‘yinlari  elementlariga  o‘rgatadi.  Bu  ishni  asosan 
tarbiyachi  olib  boradi,  lekin  bolalarning  sport  mashqlarini 
bajarish  malakalarini  egallab  va  sport  o‘yinlarini  o‘ynashni 
bilib olishlari uchun ularni doimo sayrlar vaqtida takrorlash va 
mustahkamlab  borish  kerak.  Ob-  havo  sharoiti,  sport 
jihozlarining  bor-yo‘qligi,  bolalarning  u  yoki  bu  sport  o‘yini 
va  mashqlarini  egallab  olish  darajasiga  qarab,  tarbiyachi 
rejada  ko‘rsatilgan  sport  turlarini  hafta  bo‘yicha  (ertalabki  va 
kechki) hamma sayrlarga taqsimlaydi. Ayrim hollarda bolalar 
bir  necha  o‘yin  turlarini  mashq  qilishlari  mumkin.  Masalan: 
ba’zi  birlari  velosiped  uchadilar,  ayrimlari  stol  tennisi  va 
badminton  o‘ynaydilar  keyin  esa  ular  o‘zaro  o‘rin 
almashadilar. Dastlab tarbiyachi sport o‘yinlari va mashqlarida 
ishtirok  etishga  jismoniy  tarbiya  mashg‘ulotlarida  mashqni 
yetarlicha o‘zlashtirmagan bolalarni jalb yetadi. Keyinroq esa 
hamma  bolalarning  faol  bo‘lishiga  harakat  qilishi  kerak. 
Bolalar  faqat  sport  o‘yinlari  elementini  o‘zlashtirib  olishlari 
emas,  balki  ularning  asosiy  qoidalarini  foydalanayotgan  sport 
inventarlarining  qismlari  nomini,  ularni  asrab-avaylab 
saqlashni  bilishlari  lozim.  Agar  tarbiyachining  o‘zi  sport 
o‘yinlarida  faol  ishtirok  etsa,  bolalarning  xatti-  harakatiga 
rahbarlik qilsa, sport o‘yinlariga o‘rgatish ancha tezlashadi. 
 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish