Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc


-§. Jismoniy tarbiya nazariyasining



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/175
Sana13.07.2021
Hajmi2,12 Mb.
#118267
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   175
Bog'liq
Bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

 
3-§. Jismoniy tarbiya nazariyasining  
ilmiy-tadqiqot metodlari 
“Metod”  so‘zining  yunoncha  tarjimasi  «tadqiqot,  usul, 
maqsadga  erishish  yo‘li»  kabi  ma’nolarni  anglatadi.  Falsafa 
lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish 
usullari»
1
  deya  sharhlangan.  Demak,  har  bir  metodda  har  xil 
usullar mavjud. Bu usullar faqatgina bayon etib qolmasdan, balki 
o‘quvchilarga,  bolalarga  o‘rgatish  sifatida  ham  qo‘llaniladi. 
O‘rgatish  jarayonida  o‘qituvchi  berayotgan  bilim  o‘quvchilar 
tomonidan har xil qabul qilinadi. Biri tez o‘rganadi, ikkinchisiga 
ko‘proq vaqt talab etiladi. Shuning uchun o‘rgatish samaradoligi 
o‘qituvchining  to‘g‘ri  usullarni  tanlash  va  ishlata  bilishiga 
bog‘liq.  Bu  metodlarni  tanlashda  vazifalar,  tarbiyalashni 
ta’minlovchi  o‘rgatish  xarakteri,  o‘quv  materiallariga,  ularning 
imkoniyatlari,  mashgulot  sharoitlari  hisobga  olinadi.  Jismoniy 
tarbiya  fanlari  tizimi  rivoji  muayyan  muammolarni  tadqiq 
etish  maqsadida  olib  borilgan  tadqiqot  ishlarining  g‘oyasi, 
mazmuni  hamda  natijalari  hisobiga  ta’minlanadi.  Tarbiya 
jarayonlarining  mohiyatini  tushunish  ularni  keng  yoki  tor 
doirada  o‘rganish,  mavjud  ko‘rsatkichlar  vositasida  ularning 
sodir  bo‘lish  sabablarini  o‘rganish,  zarur  chora-tadbirlarni 
                                                        
2
 Sh.Qurbonov, A.Qurbonov Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari. T.,”O’AJBNT” markazi 2003. 8 b. 
1
  Философский словарь. 5-изд. // Под ред. Р.Т.Флорова. – Москва, 1987. С.- 278. 


- 38 - 
 
belgilash  ilmiy  izlanishlarni  tashkil  etish  zaruriyatini  yuzaga 
keltiradi. Jismoniy tarbiya sohasidagi izlanishlarning samarali 
kechishi  bir  qator  ob’ektiv  va  sub’ektiv  omillarga  bog‘liq. 
Mazkur  jarayonda  maqsadga  muvofiq  keluvchi,  maqbul,  ayni 
vaqtda  samarali  bo‘lgan  metodlarni  tanlay  olish  ham 
muhimdir.  Ilmiy-tadqiqot  metodlari  shaxsni  tarbiyalash,  unga 
muayyan  yo‘nalishlarda  chuqur, puxta  ilmiy  bilimlarni  berish 
prinsiplari,  ob’ektiv  va  sub’ektiv  omillarini  aniqlovchi 
jismoniy  tarbiya  jarayonning  ichki  mohiyati,  aloqa  va 
qonuniyatlarini  maxsus  tekshirish  va  bilish  usullaridir.  Ilmiy 
tadqiqotlarni  amalga  oshirish  murakkab,  muayyan  muddatni 
taqozo  etuvchi,  izchillik,  uzluksizlik,  tizimlilik  hamda  aniq 
maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning 
samarali  bo‘lishi  uchun  bir  qator  shartlarga  rioya  etish  zarur. 
Ular quyidagilardir: 
1) muammoning  to‘g‘ri  qo‘yilishi  va  ish  mazmunining 
aniq  belgilanganligi; 
2) vazifalarning 
tadqiqot 
maqsadi 
asosida 
to‘g‘ri 
belgilanganligi; 
3) tadqiqot 
metodlar 
tizimiga 
nisbatan 
ob’ektiv 
yondashuv; 
4) tajriba-sinov 
ishlari 
jarayoniga 
jalb 
etiluvchi 
bolalarning  yosh,  psixologik  va  shaxsiy  xususiyatlari, 
shuningdek,  shaxs  rivojlanishi  qonuniyatlarining  to‘g‘ri 
hisobga olinganligi; 
5) tadqiqot  natijalarini  oldindan  tashxislash  va  uning 
natijalarini bashoratlash; 
 6) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi. 
Jismoniy  tarbiyada  ikki  guruh  metodlar  qo‘llaniladi. 


- 39 - 
 
Bular: 
umumpedagogik 
(og‘zaki 
bayon 
qilish 
va 
ko‘rgazmalilik)  hamda  xususiy  ya’ni  jismoniy  mashqlar 
metodi. 
Xususiy  metodlarning 3 xil tipik shakllari  mavjud bo‘lib, 
ularni: 
1) qat’iy reglament(tartib) asosidagi mashqlar; 
2) o‘yin; 
3) musobaqa shakllariga ajratamiz. 
Birinchi  navbatda  xususiy  metodlarning  mohiyati  bilan 
tanishamiz. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish