Microsoft Word Aytmatov qorayev chingizxon turklib uz rtf



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana10.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#773027
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ch.Aytmatov Chingizxonning oq buluti

Bu dunyoni kim so‘raydi?
Men so‘rayman.
Gav
h
ar 
q
ilib, oyni osmonga ilaman.
Q
arab tur!
Men yetmagan joy 
q
utulgaymi?
Q
olmas, 
q
olmas!
Q
ochib birov 
q
utulganmi?
Q
utula olmas!
Q
arab tur!
Biz ketsak-da o‘rnimizga
Ta
g‘
in yangi avlod yetur,
Dunyoni tugal olib berganimga,
Ot ustida o‘tkazgan bul umrimga,
Ol
q
ish aytur, ta
h
sin aytur,
Q
arab tur! 
Baxtga qarshi, xuddi o‘sha kuni, tush paytida xonning farmoni oliylariga zid 
o‘laroq karvondagi bir ayolning bola tug‘ib qo‘yganligi haqidagi xabar 
Chingizxon qulog‘iga yetdi. Bolaning kimdan bo‘lganligi ma’lum emas emish. Bu 
xabarni ayg‘oqchi Arasan ko‘tarib kepti. Ko‘zlari chaqnab turgan, charchash 
nima ekanligini bilmaydigan, yerning ostida ilon qimirlaganidan xabardor qizil 
yuzli ayg‘oqchi bu gal ham birinchi bo‘lib xabar keltirdi: «Janobi oliylari, mening 
burchim bo‘lgan gapni senga yetkazib turishdan iboratdir, sening farmoni 
oliyingga qaramasdan shu voqeaning sodir bo‘lgani rost». Bu jir bosib 
ketganidan bo‘lsa kerak, xirillagan ovozda o‘z xabarini tugatdi ayg‘oqchi Arasan, 
shamolda so‘zlari yaxshiroq eshitilsin uchun uzangisi uzangisiga tegadigan 
darajada xoqonga yaqin kelib. 
Chingizxon ayg‘oqchining gaplariga ha deganda tushunavermadi, so‘z ham 
ochmadi. Qoyalarni o‘yib tarixiy so‘zlarni yozdirish fikri bilan band bo‘lganidan 
noxush xabarga o‘sha onda ahamiyat bermadi ham. So‘ngra voqeaning 
mohiyatiga yetgach ichidan zil ketdi. Chingizxon o‘zini haqoratlangan sezib, jim 
qoldi, alamini qamchi bosib otidan oldi. Otning shaxt bilan oldinga 
tashlanganidan mo‘ynali po‘stinining barlari hurkkan qushning qanotlari kabi 
shamolda lopillab ketdi. Xoqon bilan yonma-yon ketayotgan ayg‘oqchi Arasan 
nima qilishini bilmay qoldi — u xoqonning jig‘iga tegib ketmay deganday goh 
otining jilovini tortar, hokimi mutlaqning so‘zlarini yaxshiroq eshitib olish uchun u 
bilan yana otini qamchi bosib uzangima-uzangi bo‘lib olar edi. Ayg‘oqchi hech 
narsaga tushunmay qoldi — Chingizxonning bu qadar uzoq javob qaytarmagani 
sababiga aqli yetmadi, axir xoqon «ayol qatl etilsin» desa bas, qolganini bajo 
keltirishaveradi, — birpasda o‘sha ayolni haromzodasi bilan birgalikda 
aravaning o‘zidayoq gum qilib tashlashadi-qo‘yadi — farmoni oliyni oyoq osti 
qilganning jazosi shu. Uni kigizga o‘rab bo‘g‘ib tashlashsa bo‘ldi, o‘ladi-qoladi, 
— bu boshqalar uchun saboq. 
Birdan xoqon ayg‘oqchi tomonga keskin burilib: 
— O’sha qanjiq aravada tug‘ib olguncha, ikkiqat bo‘lib yurganini hech kim 


sezmabdimi? Yoki bilsa ham, bilmaslikka olibdimi? — deb edi, Arasan yuragi 
chiqqanidan, uzangisini tepib egarda tik turganini o‘zi ham sezmay qoldi. 
Ayg‘oqchi Arasan voqeaning qanday sodir bo‘lganini xonga tushuntirib 
bermoqchi bo‘lib endi og‘iz juftlagan edi, xon uning poyma-poy so‘zlarini qahr 
bilan kesib dedi: 
— O’chir! Oradan biroz vaqt o‘tgach xoqon jahd bilan so‘radi: 
— O’sha manjalaqining eri-ku yo‘q ekan, aravada tug‘ib olgan xotin kim ekan 
o‘zi — oshpazmi, go‘laxmi, molboqarmi? 
Xoqon tug‘ib qo‘ygan ayolning bayroqlarga gul tikadigan kashtado‘z ekanini bilib 
juda hayron qoldi, kimningdir bu ish bilan shug‘ullanishini, kimningdir shohona 
bayroqlarni bichib, zar bilan gullar solib bezab tikishini, shuningdek kimningdir 
xon etigini tikkanini yoki umr bo‘yi rohatini ko‘rib kelgan o‘tovlarning kimningdir 
oyoqqa turg‘izganini hech qachon o‘ylab ham ko‘rmagan ekan. Oldinlari bunday 
ikir-chikir, mayda narsalar haqida o‘ylashni o‘ziga ep ko‘rmagan edi. Nima bo‘pti 
— bayroq degani xoqonning qo‘shinlarida har doim bo‘lgan: askar qo‘nim olgan 
joylarda deysizmi, yurib ketayotgan otliq askarlarning qo‘llarida yoki ziyofat 
berilayotgan joylarda deysizmi, bayroqlar yoqib qo‘yilgan gulxanday xon 
kelishidan oldinoq yal-yal yonib hilpirab turgan. Hozir ham shunday — xoqonga 
oq yo‘l tilab bayroqdorlar otlarini gijinglatib hammadan oldin borishmoqda. 
Jahongir G’arbga tomon yurish qilib borayotgan ekan, o‘zgalarning bayroqlarini 
oyoq osti qilib, o‘z tug‘larini tikish ilinjida ketayotir. Shunday bo‘ladi ham. 
Dunyoni zabt etish uchun xoqon bilan birga borayotgan har qanday kishi bir oz 
bo‘lsa ham itoatsizlik qilsa, o‘lim jazosiga mubtalo bo‘ladi, vassalom. Itoat 
qildirish uchun jazolash bir kishining ko‘pchilik ustidan hukmron bo‘lishining 
hamishalik qurolidir. 
Lekin kashtado‘zning qilmishi aniq. U jazosini tortadi, biroq bu ishda yana kimdir 
arava yoki qo‘shinda yurgan biron yigit aybdor albatta... O’sha kim ekan? 
Endi Chingizxonning fe’li aynidi, qovog‘i osilib, rangi o‘chdi, silovsin ko‘zlariday 
qo‘rqinchlik ko‘zlarini o‘qraytirib, uzangini chiranib bosdi-da, egarda dong 
qotganday o‘tirib qoldi. Har qancha shoshilinch ishi bo‘lganlar ham xoqonning 
yoniga yo‘lay olmay qoldi, uning bu qadar jahli chiqishiga sabab o‘sha kashtachi 
bilan qandaydir o‘ynashining qatag‘on shartlarini buzib gunohi azimga qo‘l 
urganigina emas edi, bu voqea xoqonning dilida achchiq, o‘chmas va uyatli iz 
qoldirgan butunlay boshqa bir tarixni esiga soldi. 
Yoshligida bo‘lib o‘tgan voqeani eslab yurak-bag‘ri qon bo‘ldi. Otasiz o‘sgan 
Temuchin davri kelib Rub’i maskunning hukmroni bo‘lishini hech kim, hatto o‘zi 
ham xayoliga keltirmagan. O’shanda bo‘z bolalik paytida og‘ir bir isnodga 
qolgan. Bolaligidayoq ota-onalari unashtirib qo‘yishgan qaylig‘i Bo‘rteni 
uylanganiga bir oy bo‘lmasdanoq qo‘shni merkit qabilasi bostirib kelib o‘g‘irlab 
ketgan. Temuchin merkitlarga hujum qilib xotinini qutqarib kelguncha oradan 
talay kun o‘tadi, xon dunyoga hukmron bo‘lmoq, taxtda o‘tirib o‘z nomi-ni abadiy 
yuksaklikka ko‘tarmoq uchun, hamma o‘tgan narsalarni unutmoq uchun ko‘p 
ming qo‘shin bilan G’arbga yurish qilayot-gan hozirgi paytda ham o‘sha 
mudhish kunlarni eslashga yuragi betlamadi. O’shanda kechasi merkitlar uch 
kunlik qon-li jangdan so‘ng ayovsiz hujumga bardosh berolmay faqatgina o‘z 
jonlarini saqlab qolish uchun uyur-uyur yilqilari-yu, qarorgohlarini tashlab 
qasosdan qo‘rqib tum-taraqay qochib keta boshladilar. Qasos haqidagi 
qasamda bunday deyiladi. 
 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish