Nafaqaning qamrovi Nafaqadan maqsad zavjasining yeb-ichishini, kiyinishini va boshpanasini hozirlamoqdir.
1 – Taom: nafaqasini un, bug‘doy shaklida olgan ayol, ovqat tayyorlashni bilmasligini
so‘zlasa, illo, qilasan, deb zo‘rlanmaydi. Unga non yopadigan, taom pishiradigan
xizmatchi yollaydi. Zero, Alloh taolo marhamat qiladi:
“...o‘z oilangizni boqadigan o‘rtacha taomlardan...” (Moida surasi, 89-oyat). Un va
bug‘doy esa yeyilmaydi. Buni yeydigan holga keltirtirish erning burchidir.
Faqat bu mazmun ijtihodiy bo‘lganidan keskin va qat’iy emas. Buni tadbiq qilish uchun
“Erning xotini zimmasidagi haqlari” bo‘limiga qarang.
Doriga o‘xshash narsalar ham yemoqqa doxildir. Zero, Alloh taolo marhamat qiladi:
Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
52