Erkakning erkakka nisbatan avrati
Erkakning erkakka nisbatan avrati kindigidan tizza ostiga qadar. Mazkur joylarga boshqa
erkakning qarashi harom. Bundan tashqari joylarga qarash harom emas. Chunki,
Rasululloh (s.a.v.): “Bir erkak boshqa bir erkakning avrat joyiga, bir ayol ham, boshqa
bir ayolning avrat joyiga qaramasin!”, deb buyurganlar.
Rasululloh (s.a.v.) yonida hech kim bo‘lmasa ham yechinishni va avrat joylarini ochishni
taqiqlaganlar. “Qip-yalang‘och bo‘lib, yechinmang. Zero, shunday malaklar borki, sizdan
faqat hojatxonada ekaningizda va juftingiz bilan qo‘shilayotganingizda ajrashadi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |