Bog'liq Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar 040122222903
Nifosli va hayzli ayol bilan jinsiy munosabatda bo‘lish harom “Sizdan hayz to‘g‘risida so‘raydilar. Ayting: “U (er-xotin uchun) aziyatdir. Bas hayz paytida xotinlaringizdan chetlaning va to poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmanglar! Poklanganlaridan keyin ularga Alloh buyurgan ravishda kelaveringlar! (qovushaveringlar). Albatta, Alloh chin tavba qilguvchilarni va obdon poklanib yuruvchilarni sevadi” (Baqara surasi, 222-oyat).
Hayzli ayollar bilan oilaviy munosabatni bildiruvchi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) muborak
so‘zlari:
“Bir kishi hayz holida bo‘lgan ayolga shariat jihatidan ham, tibbiy jihatdan ham zararli
bo‘lgan o‘rin – bola tushishidan yaqin bo‘lsa, yohud bundan tashqari boshqa bir joydan
yaqinlashsa, yoxud g‘oyibdan xabar berishni da’vo qiluvchi kohin (folchi)ni tasdiqlasa
(halol qabul etsa va aytganini bajarsa), o‘zini Qur’on bilan sunnatdan, ya’ni
Muhammadning dinidan uzoqlashtirgan bo‘ladi”.
Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
27