“Zinoga yaqinlashmanglar!
Chunki u buzuqlik va yomon yo‘ldir”
(Al-Isro surasi, 32-oyat) deya odamlarni
zinodan uzoq bo‘lishga chaqiradi.
Rasululloh (s.a.v.) ham bizga zino va boshqa yomonliklarni shunday qoralab
tushuntirganlar. Imron ibn Husayn deydiki: Rasululloh (s.a.v.) “Zino, ichkilik va
o‘g‘irlikka nima deysiz”, deb so‘radilar. Biz: “Alloh va Rasuli yaxshiroq biladi”, dedik.
Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
61
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: “Bular fahsh (iflos) harakatlardir, jazoga
loyiqdir...”.
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: Janob Rasululloh (s.a.v.) shunday dedilar: “Zino qilguvchi
zino qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmagay, o‘g‘ri o‘g‘irlik qilayotgan chog‘ida
mo‘min bo‘lib qololmagaydur va ichkilik ichuvchi ichkilik ichayotgan chog‘ida mo‘min
bo‘lib qololmagay. Tavba etsa, qabul bo‘ladimi, yo‘qmi, oxiratda ma’lum bo‘lgay”.
2. Zino qilganlar bilan turmush qurmoq, uylanmoq: Zino, nasliy zahm va so‘zak kabi
yuqumli kasalliklarga sabab bo‘lsa, inson bir oilani, turmush qurishni tahlikaga solib
qo‘yadi. Chunki, Alloh zoniy (zino qiluvchi)larning turmush qurishlari xususida shunday
marhamat qiladi:
“Zinokor erkak, zinokor ayol yoki butga sig‘inuvchi ayoldan boshqasiga
uylanmas. Zino qilgan ayol ham zino qilgan yoki butga topingan erkakdan
boshqasi bilan turmush qurolmas. Bu (xil uylanish) mo‘minlarga harom
qilingandir”.
Ko‘ryapsizki, zino qilganlarga kimlar loyiq ko‘rilmoqda. Yo o‘zlariga o‘xshash zoniylar
yoki butparastlar. Yanada oydinroq anglash uchun oyatning tushish sababini ko‘raylik:
Abdulloh ibn Amr deydilarki: Musulmonlardan Ummu Mahzul degan boy bir fohishaga
uylanmoq uchun Rasulullohdan (s.a.v.) ruxsat so‘radi. Bu xotin o‘ziga uylanadigan
kishiga moli bilan yordamda bo‘lishini va’da qilgandi. U kishi vaziyatni Rasulullohga
(s.a.v.) bildirgach, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yuqoridagi oyatni o‘qidilar va bunday
uylanishga ruxsat bermadilar.
Ba’zi olimlar zino etgan ayollarga uylanishga ruxsat berganlar. Ular quyidagi dalillarga
tayanganlar:
Hazrat Oysha onamiz (r.a.) aytadilar: Rasulullohdan (s.a.v.)so‘radilar: bir odam zino
etgan ayolga va yoxud (uning) qiziga uylanishi mumkinmi? Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
javob berdilar: “Harom, halolni harom etmas; faqat nikoh bilan bo‘lgani harom etar”.
Ya’ni, ayolning zino etganligi shariat halol qilgan nikohni harom etmaydi, u ayoldan
tavba umid qilinadi va unga uylanish mumkin.
Hadisning ikkinchi qismi ma’nosi: ya’ni, bir kishi xotinining onasi bilan zino qilsa, xotini
unga harom bo‘ladi. Hatto xotinining onasiga qo‘l tekkizishi (silashi, quchishi), o‘pishi va
shahvat bilan avrat joyiga boqishi ham shundaydir. Bu yerda xotini bilan nikohlidir;
holbuki, yuqoridagi hadisda odam ayol bilan nikohli emas.
Amr ibn Dinor deydilar: Shomda bir ayol yomon (buzuq) ish qildi. Buni hazrat Umarga
(r.a.) yozdilar. Hazrat Umar (r.a.) ayolning sohibiga: “Uni turmushga ber va ahvolini
hech kimga gapirma”, deb yozdilar.
Yana shu qarashdagilar yuqoridagi oyatni ta’vil etib va oyatdagi “nikoh” ta’biri uylanmoq
ma’nosida emas, jimo’ ma’nosida, dedilar.
Tavba va islohi hol qilganlar kechirilib, uylanishga ruxsat berilgan. Imom Sha’biy bir
voqeani aytadilar:
Yosh bir qiz zino qildi. Unga zino haddi urildi. So‘ngra bular muhojir bo‘lib ketdilar. Yosh
qiz chiroyli, yaxshi tavba qildi, ahvolini tuzatdi. Kelib qizni amakisidan so‘radilar. Amakisi
Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Do'stlaringiz bilan baham: |