www.ziyouz.com kutubxonasi
16
o’tishni qabul qilib, buyurdilar: “Falon kun, falon yerda to’planinglar!” Ular to’plandilar.
O‘sha kun kelgach, va’z-nasihat aytdilar, ba’zi diniy ishlarni buyurdilar: “Ey xotinlar,
orangizda 3 ta bolasi o’lgan birorta ham xotin bo’lmasa kerak, mabodo bo’lsa, uni o’sha
bolalari parda bo’lib, do’zax o’tidan asragaydir”, - dedilar. Shunda bir xotin: «Ikkita
bo’lsa–chi?” - dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Ikkita bo’lsa ham (parda bo’lgaydir)”, dedilar
(bu gap otalarga ham taalluqli).
Abu Hurayra (r.a.): “Balog’atga yetmagan uchta farzandni nazarda tutganlar”, - deb
rivoyat qiladilar. Payg’ambarimiz (s.a.v.) ayollarga Alloh o’rgatganidan o’rgatdilar va shu
tariqa islomda ayollarga oid ilk madrasa barpo bo’ldi.
5. Ayollarning haqlari. Hazrat Payg’ambar (s.a.v.) aytganlar: “Ayollarning erkaklar
zimmasidagi haqqi yaxshi taom va kiyim berishlaridir”.
Qur’oni karim deydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |