www.ziyouz.com kutubxonasi
36
527.
Kimki biror narsani nohaq yo’l bilan o’zlashtirmoqchi bo’lib da’vo qilsa, unday odam mo’min
emas, u do’zaxdan o’ziga joy tayinlayversin.
528.
Kimki duolarim ijobat bo’lsin, tashvishlarim boshimdan arisin desa, kambag’allar holidan xabar
olsin.
529.
Kimki Ollohni o’rtaga qo’yib sizlardan panoh tilasa, sizlar unga panoh beringiz. Va kimki Olloh
nomi bilan sizlardan biror narsa tilasa, albatta beringlar. Kimki sizlarni ziyofatga chaqirsa, boringlar.
Sizlarga birov xayr-ehson qilsa, sizlar ham unga shu miqdorda qaytaringlar. Bordiyu, o’sha miqdorda
qaytarishga mablag’ topa olmasanglar, qilgan ehsoni evazida uning haqiga duo qilinglar.
530.
Kimki biz biror amalga saylab qo’ygan bo’lsak va unga shu amaldan rizqu nasiba yetib turgan
bo’lsa, shundan ziyoda olgan narsasi xiyonatdir.
531.
Kimni biz biror amalga tayin etib qo’yganimizdan keyin u nina miqdorida va undan ortiq
narsani bizdan yashirib o’zlashtirmoqchi bo’lsa, qiyomat kuni shu olgan narsasi bilan xiyonatchi bo’lib
turadi.
532.
Kimki bilib turib o’g’irlik narsani sotib olsa, u shu o’g’irlikning ori va gunohiga sherik bo’ladi.
533.
Kimki biror mo’min birodari yoqtirib turgan taomni tayyorlab unga yedirsa, Tangri bunday
kishini do’zaxdan omon qoldiradi.
534.
Kimki qashshoqlik balosiga mubtalo bo’lib, undan qutulish uchun odamlardan madad so’rasa,
albatta uni ikki yo’lning biri bilan: yo ajalini tezlatib, yoki boyitish bilan xalos qilur.
535.
Birovning uyiga beruxsat eshik yoki teshikdan mo’ralagan odamning ko’zini o’yib olish joizdir.
536.
Kimki birovning yozayotgan yoki kelgan xatini beruxsat o’qishga intilsa, go’yoki u do’zaxga
intilgan bo’ladi.
537.
Kimki nohaq adovat va xusumat qilayotgan kishilarga yordam bersa, to bu ishidan tavba
qilmagunicha, u Tangrining g’azabida bo’lur.
538.
Kimki zolimga birovlarning haqini nohaq o’zlashtirishga yordam bersa, u Tangrining va Uning
payg’ambarining ahdu paymonini buzgan bo’ladi.
539.
Birodarining uzrini qabul etmagan kishining gunohi sudxo’rning gunohi bilan barobardir.
540.
Kimki qul va cho’rilarining ko’pligi bilan faxrlansa, Tangri uni xorlikka mahkum etur.
541.
Bir mo’min kishini g’iybat qilayotganda uning obro’sini himoya etishga qodir bo’la turib, buni
qilmasa, Tangri uni bu dunyoda ham, u dunyoda ham xor etur.
542.
Bilimi yetmagan narsaga fatvo bergan kishi unga amal qilganlarning gunohlarini ham olur.
Kimki haqiqatni bilib turib, noto’g’ri maslahat bersa, demak, unga xiyonat qilibdi.
543.
Kimki qilmishiga pushaymon bo’lib uzr so’ragan odamni kechirib yuborsa, uning xatolarini ham
Tangri qiyomat kuni kechirur.
544.
Kimki birovning yerini zulm bilan egallab olsa, qiyomat kuni Tangri g’azabiga uchrar.
Axloq-odobga oid hadis namunalari
Do'stlaringiz bilan baham: |