www.ziyouz.com kutubxonasi
20
3.
Bid’at-xurofot qiluvchi odamni.
252.
Uch toifa kishilar borki, ularning qilgan duolarini Tangri ijobat qilmaydi:
1.
Xarobaga aylangan uy ichiga tahorat ushatganlarni.
2.
Yo’l o’rtasiga tahorat ushatganlarni.
3.
Ot-ulovlarini bo’sh qo’yib yuborib, so’ng Tangridan uni saqlashni so’raganlarni.
253.
Uch toifa kishilar bordirki, Tangri qiyomat kuni ular bilan so’zlashmaydi va ularga rahmat
nazari bilan boqmaydi, ularning gunohlarini ham kechmaydi, balki ularga qattiq azoblar beradi:
1.
Sahroda ortiqcha suvini boshqa yo’lovchilardan ayagan odam.
2.
Asrdan keyingi ulug’ bir soatda o’z molini bunchaga sotib olganman deb, Tangri nomi bilan
yolg’on qasam ichib sotuvchi odam.
3.
O’z podshohi bilan dunyo umidida ahdlashgan, agar undan foyda ko’rib tursa, ahdiga vafo
qilib, foyda ko’rmasa xiyonatga o’tadigan odam.
254.
Uch toifa kishilar borki, Tangri qiyomat kuni ular bilan so’zlashmaydi va rahmat nazari bilan
ham boqmaydi va gunohlarini ham kechmaydi, balki ularni qattiq azoblaydi:
1.
Keksa bo’la turib, zino ishlaridan qaytmagan odam.
2.
Yolg’onchi podshoh.
3.
Maqtanchoq kambag’al.
255.
Uch xil kishi bordirki, Tangri qiyomat kuni ularga rahmat nazari bilan boqmaydi:
1.
Ota-onasini norozi qilib, ularga oq bo’lgan kishi.
2.
O’zini (kiyim va pardozda) erkaklarga o’xshatib olgan ayol.
3.
O’z xotiniga rashk qilmaydigan er.
256.
Uch toifa kishilar borki, ular jannatga kirmagaylar:
1.
Ota-onasiga oq bo’lgan farzand.
2.
Ichkilikka mukkasidan ketgan kishi.
3.
Bergan xayru ehsonini yoki yaxshiligini minnat qiluvchi odam.
257.
Sakkiz toifa kishilar qiyomat kuni Tangrining maxluqlari ichida eng yomoni hisoblanurlar:
1.
Yolg’onchilar.
2.
Mutakabbirlar.
3.
Qalblarida mo’min birodarlariga nisbatan adovat saqlagan holda, ularni ko’rganlarida
mulozamat qiluvchilar.
4.
Tangri bilan Rasulining da’vatini sekin, shaytonning buyrug’ini esa tez bajaruvchilar.
5.
Nohaq bo’lsa-da, qasam bilan dunyodan tama qiladigan kishilar.
6.
Chaqimchilar.
7.
Do’stlarni bir-biridan ayirishga harakat qilib yuruvchilar.
8.
Gunohsiz pok odamlarga nohaq bo’hton qiluvchilar, mazkurlarning hammasiga Tangrining
g’azabi yog’ilur.
258.
Molu dunyoingdan uchdan birini sadaqa qilishing mumkin, lekin shu ham ko’p.
Merosxo’rlaringni odamlarga muhtoj qilib kambag’al holda qoldirib o’tganingdan ko’ra, boy holda
qoldirib ketganing yaxshidir. Shuni bilib qo’yki, Tangrining rizoligi yo’lida har bir qilgan nafaqang
uchun, hatto xotining og’ziga solib qo’ygan luqma uchun ham ajr olursan.
259.
Katta yoshdagilar bilan suhbatda bo’linglar, ulamolardan masalalar so’ranglar va hukamolar
bilan aralashib turinglar.
Axloq-odobga oid hadis namunalari
Do'stlaringiz bilan baham: |