Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc



Download 2,95 Mb.
bet21/79
Sana20.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#831544
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   79
Bog'liq
A k a d e m I ya a. A. Akilov, A. A. Qahhorov, M. X. Sayidov

Radiator blokda qizigan suyuqlikning issiqligini tashqi muhitga tarqatish uchun xizmat qiladi (25-rasm). U yuqorigi 6 va pastki 3
bakchalar, radiator o‘zagi 10 va radiator qopqoqidan 7 iborat. Suyuqlik radiatorga yuqorigi bakchaning bo‘g‘izidan 8 quyiladi. Bo‘g‘iz qopqoq 7 bilan zich berkitilgan. Radiator o‘zaklarining turlari naycha-plastinkali yoki naycha-lentali bo‘lishi mumkin. Naycha-plastinkali bo‘lganda, naychalari gorizontal joylashtirilgan qator yupqa plastinkalar orasidan o‘tkazilib, uchlari yuqoriga 6 va pastki 3 bakchalarga kavsharlanadi. Naycha-lentali bo‘lganda naychalari oralig‘iga, sovitish yuzasini oshirish maqsadida to‘lqinsimon shaklda ishlangan lentalar joylashtiriladi. Radiator o‘zagining ikkala turida ham qo‘llaniladigan naychalar asosan yassi oval kesimli bo‘ladi. Naychalar, radiator o‘zagida vertikal yoki gorizontal o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik avtomobillarda vertikal o‘rnatilgan bo‘lsa ayrim yengil avtomobillarda (Matiz va Neksiya avtomobillari) naychalari gorizontal joylashtirilgan (25-rasm).
Suyuqlik nasosi. Sovitish tizimida suyuqlikning majburiy harakat- lanishi nasos yordamida amalga oshiriladi. Odatda past bosimli (40…100 kPa) markazdan qochma suyuqlik nasosi ishlatiladi. Suyuqlik nososining vali korpusga ikkita sharsimon podshipnik va yordamida o‘rnatilib, ular oralig‘ida vtulka joylashtiriladi. Podshipniklarga moy, moydon orali yuboriladi. Valning oldingi uchiga shponka yordamida gubchak o‘rnatiladi va unga ariqchali shkiv biriktiriladi. Valning keyingi uchiga gubchagi metaldan ishlangan plastmassali parrak o‘tkazilib bolt yordamida qotiriladi. Parrakning valga o‘tkazilgan joyida siquvchi solnik o‘rnatilgan bo‘lib, uning aylanadigan tekstolit shaybasi prujina yordamida korpusning silliqlangan ishchi yuzasiga tiralib turadi. Siquvchi solnik, parrak joylashgan bo‘shliqdan podshipnik o‘rnatilgan korpus bo‘shlig‘iga suyuqlikni sizib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Suv nasosi silindrlar blokining oldingi devoriga makamlangan bo‘lib, ponasimon tasma orqali tirsakli val shkividan harakatga keltiriladi. Nasos vali aylanganda suyuqlik, siyraklanish ta’sirida, parrak markaziga suriladi. Shunda, parrak kurakchalari suyuqlikni markazdan qochma kuchlar ta’sirida korpusning chetki aylana bo‘shlig‘iga yo‘naltiradi. U yerda yig‘ilib qisilgan suyuqlik past bosim bilan xaydash patrubogi orqali silindrlar blokida (yoki kallagida) joylashgan suv taqsimlagichga yo‘naltiriladi. Dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi 3000 min- 1ga yetganda nasosning suyuqlikni haydashi 240lmin.ni tashkil etadi. Dvigatelning effektli sovitilishi uchun nasos yuritmasi tasmasining
tarangligi me’yorida rostlangan bo‘lishi kerak. Buning uchun tasmaning tarangligini rostlovchi tuzilma nazarda tutiladi. Yengil avtomobil dvigatellarida parraklar ko‘pincha plastmassadan tayyorlanadi.
Zamonaviy yengil avtomobillar dvigatellarida ko‘pincha elektr ventilatorlar qo‘llanilmokda. Bunday ventilatorlar, gidromuftali ventilatorlar kabi dvigatelning sovitish tizimida eng maqbul harorat rejimini avtomatik saqlaydi. Ventilatorning avtomatik ravishda harakatga kelishi yoki harakatdan to‘xtatishi, sovituvchi suyuqlikning haroratiga bog‘liq bo‘lib, radiator bakchasiga o‘rnatilgan datchikning signali bilan boshqariladi. Neksiya avtomobili dvigatelida elektr ventilator sovituvchi suyuqlikning haroratiga qarab ikki rejimda ishlashi nazarda tutilgan. Sovituvchi suyuqlikning harorati 900S dan ortganda radiator bakchasiga o‘rnatilgan yelektr datchigining signali bo‘yicha kichik aylanishlar chastotasida avtomatik ishga tushadi. Ventilatorning katta aylanishlar chastotasiga o‘tishi sovituvchi suyuqlikning harorati 1050S dan ortganda, dvigatelning elektron bloki boshqaruvida (YEBB) o‘rnatilgan rele yordamida avtomatik ravishda bo‘ladi.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish