Startyorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Avtomobil elektros- tartyorlarini uyg‘otish va boshqarish usuli, yuritma mexanizmining turi va atrof muhit ta’siridan himoya qilinganlik darajasi bo‘yicha tasniflash mumkin.
Barcha turdagi startyorlarning elektrodvigatellari deyarli bir xil tuzilgan bo‘lsa, ulardagi yuritma mexanizmlari tuzilish va ishlash bo‘yicha bir-biridan ko‘p jihatdan farq qilishi mumkin.
Yuritma mexanizmlarni turi va ishlash prinsipi bo‘yicha quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:
yuritma shesternyasini mexanik yoki elektromexanik usulda majburiy ravishda harakatlantirish;
shesternyani elektromexanik usulda majburiy ravishda maxo- vikning tishli gardishiga ilashtirish va dvigatel ishga tushgandan keyin shesternyani avtomatik ravishda ilashuvdan chiqarish;
shesternyani inersiya kuchi ta’sirida harakatlantirish;
shesternyani elektromagnit kuchlar ta’sirida, ya’ni elektrodvigatel yakorini harakatlanishi hisobiga ilashuvga kiritish.
Hamdo‘stlik mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarda, asosan, yuritma shesternyasini elektromexanik usulda majburiy harakatlantirish hisobiga ilashuvga kiritish prinsipida ishlaydigan startyorlar qo‘llangan (77-rasm). Bu turdagi startyorlarda dvigatel ishga tushgandan keyin teskari burovchi moment ta’sirida yakor o‘zaklari va cho‘lg‘amlari sochilib ketmasligi uchun erkin yurish muftasi o‘rnatiladi. Erkin yurish muftasi burovchi momentni bir tomonlama, ya’ni startyor yakoridan shesternya va u orqali dvigatel maxovigiga uzatadi. Dvigatel ishga tushib, shesternya maxovik tomonidan aylantirilganda, erkin yurish muftasi sirg‘aladi va teskari tomonga, ya’ni shesternyadan yakor valiga harakatni uzatmaydi.
78-rasm. Startyorning yuritmasi:
1-akkumulator batariyasi; 2-saqlagich; 3-kalit; 4-startyor relesi.
Yorituvchi va xabar beruvchi jihozlar
Avtomobillarning harakat xavfsizligini, ayniqsa kunning qorong‘u vaqtida va ko‘rinish yomon bo‘lgan hollarda ko‘p jihatdan yorug‘lik asboblarining holati va tavsifnomasiga bog‘liq. Yorug‘lik asboblari yo‘lni yoritish avtomobil gabarit o‘lchamlari haqida ma’lumot berish, haydovchiningmo‘ljallangan yoki amalga oshirayotgan harakati haqida darak berish, davlat raqami, kabina, kuzov saloni, nazorat-o‘lchov asboblari, yukxona va dvigatel bo‘linmalarini yoritish uchun xizmat qiladi.
Avtomobillarning yorug‘lik asboblari yoritish va yorug‘lik darakchilaridan tashkil topgan. Yorug‘lik asbobining optik sistemasi lampa, nur qaytargich va nur taratgichdan iborat.
Yo‘l patrul xizmati to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra bu noxush hodisa- larning 60% dan ortiqrog‘i ko‘rinish yaxshi bo‘lmagan sharoitlarda (ya’ni tun, tuman) sodir bo‘ladi. Bu avtomobillarda to‘rt farali va yoritishni avtomatik rostlovchi sistemalar, gomofokal (ko‘p fokusli), ellipssimon va tumanga qarshi faralar, galogen, ksenon va qizil linzali lampalar joriy qilinishiga olib keldi. Yaqin kelajakda avtomobillarning yoritish tizimida yarim o‘tkazgichli yorug‘lik chiqaruvchi elementlar, suyuq kristallar va boshqa turdagi yangi yorug‘lik jihozlarning ishlatish mo‘ljallanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |