Yarim o'qlar vazifasi va turlari. Yarim o'qlar differensialdan burovchi momentni yetakchi g‘ildiraklarga uzatadi. Avtomobillarda ko‘llaniladigan yarim o‘qlarining asosiy turlari kuyida keltirilgan. Yarim o‘qlarning tashki uchlari g‘ildirak gupchagiga flanes, shponka yoki shlis yordamida ulanadi. Ichki uchi esa ko‘pchilik avtomobillarda yarim o‘q shesternyasi bilan shlis yordamida biriktiriladi.
Avtomobil harakatlanganda yarim o‘qlarga burovchi momentdan tashqari eguvchi momentlar ham ta’sir etadi. Eguvchi momentlar avtomobilning yetakchi gildiraklariga ta’sir etadigan kuyidagi kuchlardan vujudga keladi radial kuch (avtomobilning og‘irligidan tashkil topgan reaksiya kuchi), tortuvchi kuch-R; yondan ta'sir kiluvchi kuch-(avtomobil burilishida xosil bo‘ladigan kuch).
Yarim o‘qlarni, ularni orqa ko‘prikda o‘rnatilish usuliga karab, eguvchi momentlardan to‘la yoki qisman yuksizlantirish mumkin. Avtomobillarda ishlatiladigani uch xil, ya’ni eguvchi momentlardan yarim yuksizlantirilgan, kismga yuksizlantirilgan va tula yuksizlan- tirilgan buladi.
Avtomobillardan foydalanish davrida transmissiyada
uchraydigan asosiy nosozliklar
Kardanli uzatmaning nosozliklariga, uning shovqin bilan ishlashi (avtomobilning harakatida bir uzatmadan boshqasiga o‘tishda va tirsakli valning aylanishlar sonini oshishida, hamda avtomobilni tormozlab keyin tezlik oshirilayotganda), 1000Sdan yuqori harorata qizib ketishi, tebranib aylanishi va boshqalardan iborat. Yuqoridagi nosozliklar kardan ayrisi teshiklari, ignasimon podshipnik, krestovina va kardan vali shlitsali birikmalarining yeyilishidan hosil bo‘ladi, natijada kardan valining muvozanatligi buziladi va ignasimon podshipnikda o‘q bo‘ylab zarbli zo‘riqish kuchayadi. Kardan valining krestovinasi salnigining ishdan chiqishi, ignasimon podshipnik va mahkamlash tirnog‘ining yeyilishiga olib keladi.
Kardanli uzatmaga TXKdan avval diagnoz qo‘yiladi, buning uchun maxsus asbob yordamida kardan valini qo‘l bilan ikki tomonga keskin burab aylantirib, lyufti aniqlanadi. Kardan valini erkin buralish kattaligi bo‘yicha kardan va shlitsali birikmasining yoyilish darajasi aniqlanadi. Har 8-10 ming km masofadan so‘ng uzatmalar qutisi va orqa ko‘prik orasidagi kardanli val flanetsi boltli birikmalarining mahkamlanishi tekshirib turiladi. TXK paytida kardan vali flanetsini orqa ko‘prikka va uzatmalar quttisining yetaklovchi valiga mahkamlovchi hamma boltlari (80-10 Nm kuch bilan) burab qotiriladi. Kardan valining ignasimon podshipnigi Transmissiya agregatlarini moylashda ishlatiladigan (TAp- 10, TAp-15, TAp-15V, MT-16p) suyuqq moy bilan krestovinaning moylash jumrakchasidan (himoya klapanidan moy chiqquncha) bosim bilan yuborib moylanadi. Shlitsali birikmalar (US-1 va USS-1) quyuq moylari bosim orqali yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |