Kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimi. Oxirgi vaqtda avtomo- billarda tobora keng tatbiq topayotgan kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish sistemalari yuqorida keltirilgan kamchiliklardan holidir. Bu o‘t oldirish sistemalaridagi asosiy yangilik uzgich kontaktlarining yo‘qligidir.
Uning vazifasini kontaktsiz datchiklar bajaradi. Kontaktsiz-tranzis- torli o‘t oldirish tizimlari bir-biridan asosan datchiklarning turi va tuzilishi bilan farqlanadi.
Magnitoelektr datchik (35-rasm) uzgich-taqsimlagich valiga o‘rnatil- gan doqimiy magnit 1 va o‘zakga o‘ralgan stator chulg‘ami 2 dan iborat. Doimiy magnit aylanganda uning magnit maydoni ta’sirida stator chulg‘amida o‘zgaruvchan EYUK induksiyalanadi.
Datchik kuchlanishi U musbat bo‘lganda va qiymati UB-E ga yetganda tranzistorni boshqarish toki hosil bo‘ladi va u quyidagi zanjir bo‘yicha o'tadi: O‘OG‘ ning birlamchi chulg'ami ^ tranzistorning baza-emitter o'tish joyi ^datchik chulg'ami. Tranzistor VT ochiladi va akkumulator batareyasidan o‘t oldirish g‘altagining (O‘OG‘) birlamchi chulg‘ami hamda tranzistorning kollektor-emitter o‘tish joyi orqali birlamchi tok I1 o‘ta boshlaydi. Datchik kuchlanishi manfiy bo‘lganda tranzistor yopiladi, o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan o‘tayotgan tok zanjiri uziladi va ikkilamchi chulg‘amda yuqori kuchlanish induksiyalanadi. Shunday qilib, datchik magniti bir aylanganda chulg‘am 2 da EYUK ning bitta musbat va bitta manfiy impulsi mavjud bo‘ladi va natijada tranzistor bir marta ochilib, bir marta yopiladi, ya’ni o‘t oldirish g‘altagida yuqori kuchlanishning bir impulsi hosil bo‘ladi. Ko‘p silindrli dvigatellar uchun datchikning juft magnit qutblar soni, silindrlar soniga teng bo‘lishi kerak. 36-rasmda silindrli dvigatellar uchun mo‘ljallangan magnitoelektr datchikning sxemasi keltirilgan. Magnitoelektr datchik ishlashining o‘ziga xos tomonlaridan biri, stator chulg‘amida hosil bo‘ladigan EYUK amplitudasi doqimiy magnitni, ya’ni tirsakli valning ayla-nishlar chastotasiga bog‘liqligidir. Aylanishlar chastotasi ortishi bilan EYUK amplitudasi ham ortadi (35-rasm, b). Bu esa tranzistor ochilishi va yopilishi ( a1 va a2 burchaklar) va demak o‘t oldirish daqiqasi o‘zgarishiga olib keladi.
Aylanish chastotasi va yuklamaning o‘t oldirishni ilgarilatish burchagiga ta’siri kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimlarida ham markazdan qochma va vakuum rostlagichlar yordamida hisobga olinadi.
Magnitoelektr datchiklar avj oldiradigan EYUK qiymati juda kichik va u tranzistorni ochish uchun yetarli bo‘lmaganligi tufayli kontaktsiz o‘t oldirish sistemalarining amaliy sxemalarida maxsus, bir necha bosqichli ko‘chaytirgichlar qo‘llaniladi.
Kontaktsiz o‘t oldirish sistemalarida magnitoelektr datchiklardan tashqari yuqori chastotali generator, foto-elektr, yarimo‘tkazgichli va boshqa turdagi datchiklar qo‘llanishi mumkin.
Yuqori chastotali generator-datchiklarda (37-rasm) boshqaruvchi signal yuqori chastotali kuchlanishni o‘zgartirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Generator 1 ishlab chiqqan kuchlanish transformatorning birlamchi chulg‘ami 2 ga uzatiladi. Transformatorning ikkilamchi chulg‘ami 3 da hosil bo‘ladigan kuchlanish birlamchi va ikkilamchi chulg‘am o‘zaklari orasidagi havo tirqi shining magnit qarshiligiga bog‘liq. Bu magnit qarshilik dvigatel silindrlar soniga teng teshiklarga ega bo‘lgan po‘lat rotor yordamida davriy ravishda o‘zgartirilib turadi.
36-rasm. Magnitoelektr datchik sxemasi. 1 - magnit, 2 - stator, 3 - chulg‘am
Transformator o‘zaklari orasiga rotor teshiklari to‘g‘ri kelganda, havo tirqishining magnit qarshiligi eng katta va aksincha o‘zaklar orasi rotor tanasi bilan berkitilganda eng kichik qiymatga ega bo‘ladi. Transformatorning ikkilamchi chulg‘amida hosil bo‘ladigan kuchlanish ham shunga mos ravishda o‘zgaradi.
Fotoelektr datchik (38-rasm) eng umumiy ko‘rinishda yorug‘lik manbai, darchalari silindrlar soniga teng bo‘lgan aylanuvchi lappak va yorug‘lik sezuvchi elementdan iborat bo‘ladi. Uzgich taqsimlagich valiga mahkamlangan lappak aylanganda yorug‘lik manbai 1 dan chiqqan nur lappak darchasidan o‘tib, yorug‘lik sezuvchi element 2 ga tushganda, unda o‘zgaruvchan kuchlanish hosil bo‘ladi.
37-rasm. Yuqori chastotali generator-datchikning umumiy sxemasi.
38-rasm. Foto-elektr datchikning umumiy sxemasi.
Yorug‘lik sezuvchi element sifatida fotodiod, fototranzistor, yoki fotoelement ishlatilishi mumkin. Fotoelektr datchiklarni qullanishi vibrasiyaga chidamli, uzoq muddat davomida ishlovchi tok manbai yo‘qligi bilan cheklanib kelgan. Oxirgi vaqtda, bu maqsadda, o‘zidan yorug‘lik chiqaruvchi diodlar ishlatilishi fotoelektr datchiklarni keng tatbiq qilish imkonini yaratmoqda.
39-rasm. Yarimo‘tkazgichli
40-rasm. Xoll datchigi.
Do'stlaringiz bilan baham: |