tarqalish sxemasi: a-yaqinni yoritish; b-yaqinni yoritish yorug‘lik dog‘i;
v-uzoqni yoritish; g-lampa ekrani; 1-uzoqni yoritish tolasi;2-yaqinni yoritish tolasi;3-ekran 126
Kunning qorong‘u qismida avtomobil yetarli darajada katta tezlik bilan harakatlanishi uchun yoritish sistemasi avtomobil oldidagi yo‘lni va yo‘l chekkasini 50-250 m masofaga yoritishi zarur. Bu haydovchiga yo‘lning vaziyatini to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash, zarurat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish imkoniyatini beradi. Yo‘lni yoritish uchun avtomobillarga paraboloid nur qaytargichli fara va projektorlar o‘rnatiladi.
Amerika va Yevropa yorug‘lik taqsimlanish tizimidagi fara lampalarida uzoqning yoritilishini ta’minlovchi cho‘lg‘anish tolasi nur qaytargich fokusiga joylashtiriladi. Shuning uchun, faraning uzoqni yoritish tizimi ulanganda optik o‘qqa deyarli parallel bo‘lgan yorug‘lik dastasi hosil bo‘ladi (79v rasm va 80v-rasmga qarang).
Yevropa yoritish tizimiga oid faralardagi yaqinni yorituvchi yorug‘lik dastasida yorug‘lik-soya chegarasi aniq ifodaga ega bo‘lib, uning o‘ng tomoni 150 burchak ostida ko‘tarilib boradi(79 rasm).
80-rasm. Amerika yorug‘lik taqsimlash tizimidagi optik sistemalarda nur tarqalish sxemasi: a-yaqinni yoritish; b-yaqinni yoritish yorug‘lik dog‘i;
v-uzoqni yoritish; g-lampa ekrani; 1-uzoqni yoritish tolasi; 2-yaqinni yoritish tolasi. Amerika yorug‘lik taqsimlash tizimidagi faralarda yaqinni yoritish cho‘lg‘ami tolasi 2 (80a-rasm) silindr shaklidagi spiral bo‘lib, u uzoqni yoritish cho‘g‘lanish tolasiga nisbatan sal yuqoriga va fokusga nisbatan chaproqqa (nur qaytargich tomonidan qaralganda), optik o‘qqa ko‘ndalang qilib joylashtiriladi.
Tumanga qarshi faralartuman, kuchli qor yog‘ishi, chala va boshqa og‘ir ob-havo sharoitlarida transport vositalarini xavfsiz harakatlanishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bu sharoitlarda uzoqni
127
yoritish faralarini yoqish ko‘rinishni yomonlashtiradi, yaqinni yoritish faralar esa yetarli samara bermaydi (81-rasm). Xabar beruvchi jihozlarga ko‘yidagilar kiradi: