1
|
|
г
|
1
|
1
|
|
TRANSPORT
|
|
MAXSUS
|
|
POYGA
|
|
|
|
|
|
г
|
1
|
|
|
YO’LOVCHI TASHISH
|
|
YUK TASHISH
|
|
|
|
|
|
YUK VA
YO’LOVCHI
TASHISH
|
O’CHI MUSOR T SUV S KA
|
RUVCHI,
ASHUVCHI, EPUVCHI BILAR/
|
|
11
Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo‘lib, avtomobil sport poygasida qatnashishga mo‘ljallangan.
Yuk avtomobillariga yetakchi avtomobillar, tirkamalar, yarim tirkamalar kiradi va ular yuk tashish uchun xizmat qiladi.
Yo‘lovchi tashuvchi avtomobillari yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular ikkiga bo‘linadi: yengil avtomobillar va avtobuslar. O‘rindilar soni haydovchi o‘rindig‘i bilan birga 8 tagacha bo‘lsa yengil avtomobil, 8 tadan ortiq bo‘lsa avtobus deb ataladi.
Yengil avtomobillar dvigatel silindrlarining ish hajmi bo‘yicha quyidagi sinflarga bo‘linadi:
Litraji
Mikro litrajli
Dvigatel ishchi hajmi, litr
1,2 litrgacha
Kichik litrajli O‘rta litrajli
1,2 litrdan 1,8 litrgacha 1,8 litrdan 3,5litrgacha
Katta litrajli
3,5 litrdan yuqori
MDH davlatlarida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillarning dvigatel hajmiga qarab sinflanishi quyidagicha:
Dvigatel ishchi hajmi, litr
1,2 litrgacha
1,2 litrdan 1,8 litrgacha
1,8 litrdan 3,5litrgacha
3,5 litrdan yuqori
Modellarining boshlanishi
11XX
21XX 31XX
41XX
Avtomobil – bu agregatlar, mexanizmlar va tizimlar yig‘indisidan iborat murakkab mashinadir.
Avtomobillarning konstruksiyalari turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning ko‘pchiligining mexanizm va tizimlarining ishlash prinsipi, tuzilishi bir-biriga o‘xshash.
U tuzilishiga ko‘ra quyidagilardan tashkil topgan:
AVTOMOBIL
DVIGATEL
SHASSI
KUZOV
_
YURISH QISMI
TRANSMISSIYA
BOSHQARUV QISMI
12
Agregat–bir necha tuzilmalarni bir butun qilib birlashtirgan qurilma.
Tizim–bitta umumiy vazifani bajaruvchi qismlar yig‘indisi (masalan, ta’minlash tizimi, moylash va sovutish tizimlari va boshqalar).
Mexanizm-harakatni ma’lum tartibda uzatuvchi va o‘zgartiruvchi tuzilma.
Uzel –mashinada ma’lum mustaqil vazifani bajaruvchi bir necha detallar birikmasi.
Detal-mashina va mexanizmlarning yig‘ish operatsiyalarisiz tayyorlangan ayrim qismi.
Avtomobilning asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
dvigatel
transmissiya
yurish qismi
boshqaruv mexanizmi
elektr jihozlari
qo‘shimcha jihozlar.
Dvigatelda yonish jarayonida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi ta’sirida tirsakli valni harakatga keladi, undan keyin transmissiya orqali harakat yurish qismining elementi bo‘lgan yetakchi g‘ildirak uzatiladi va ... avtomobil harakatlanadi. Avtomobil harakatlanish vaqtida haydovchi rul boshqarmasi va tormoz tizimidan foydalanadi (boshqaruv mexanizmi), chiroqlarni yoqadi (elektr jihozlari) va albatta haydovchi o‘rindiqda o‘tirganida xavfsizlik kamarini taqadi (qo‘shimcha jihozlar). Bularning hammasi kuzovga mustahkam qilib mahkamlanadi.
1234 5679 10 11
4-rasm. Avtomobilning umumiy tuzilishi.
1-dvigatel; 2-old o‘q; 3-old osma; 4-old tormoz mexanizmi; 5-old g‘ildirak;
6-ilashish muftasi; 7-uzatmalar qutisi; 8- kardan uzatma; 9- asosiy uzatma; 10,11-orqa o‘q; 12-orqa ko‘prik; 13-orqa tormoz mexanizmi; 14-orqa g‘ildirak; 15-rul chambaragi; 16-rul mexanizmi; 17-rul vali; 18-rul trapetsiyasi; 19-kuzov.
13
Dvigatel - bu agregat hisoblanib, yonilg‘ining yonishi natijasida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi (burovchi moment shaklida).
Transmissiya - burovchi moment va uzatishlar sonini o‘zgartirgan holda yetakchi g‘ildiraklarga harakatni uzatadi. Ular quyidagilardan iborat:
ilashish muftasi
uzatmalar quttisi (taqsimlash quttisi)
kardanli uzatma
asosiy uzatma
differensial
yarim o‘qlar
Yurish qismi transport vositasini harakatini, yo‘llarda silkinish va tebranishlarni bir me’yorda ta’minlaydigan qism hisoblanadi.
oldingi va orqa osmalar
g‘ildirak
Boshqaruv mexanizmi harakatlanish vaqtida yo‘nalishni o‘zgartirish, bekat va to‘xtash joylarida harakatsiz holatga keltirish uchun xizmat qiladi. Boshqaruv mexanizmi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
rul boshqarmasi
tormoz tizimi
Elektr jihozlari elektr ta’minot tizimi, avtomobildagi barcha tok iste’mol qiladigan elektr uskunalarini o‘z ichiga oladi, ular:
tok ishlab chiqaruvchi
tok iste’molchilari
Qo‘shimcha jihozlar haydovchi va yo‘lovchiga qulay va xavfsizlikni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Misol uchun qo‘shimcha jihozlarga avtomobil salonini isitish, oynalarni yuvish va tozalash, oynani isitish kabilar.
Kuzov bu avtomobilning mustahkam elementi hisoblanib, unga dvigatel, transmissiya agregatlari, yurish qismi, boshqaruv mexanizmi mahkamlanadi hamda yo‘lovchi va yuklarni tashish uchun xizmat qiladi.
Kuzov zamonaviy avtomobillarda vazifalari har xil va ko‘p qirrali. Asosan avtomobil ishqibozlarini diqqatini kuzovning tuzili dizaynni o‘ziga jalb qiladi. Yengil avtomobili kuzovning tuzilishi va o‘rindiqlar soniga qarab quyidagi turlari bo‘linadi:
Sedan-uch hajmli (yurgizgich bo‘limi, salon va yuk bo‘limi) bo‘lib, ikki, to‘rt yoki olti yon eshiklardan iborat bo‘ladi (5-rasm). Olti yon
14
tomonida eshikka ega bo‘lgan, salonda haydovchi yo‘lovchilardan ajratilgan sedan – limuzin ham deb ataladi. Bu turdagi kuzovlar eng ko‘p tarqalgan. Masalan: NEXIA, LASETTI, YEPICA, VAZ-2170 kabi avtomobillar kuzovi.
5-rasm. Sedan
Universal–ikki hajmli (yurgizgich bo‘limi, salon bilan yuk bo‘limi birga) uchta yoki beshta eshiklardan iborat bo‘ladi, lekin yuk bo‘limining vertikal eshigi yo‘lovchi kirishiga mo‘ljallanmagan. Yuk tashish uchun orqa o‘rindiqlar yig‘iladi (6-rasm). Sayohatga chiquvchilar va dam oluvchi uchun mo‘ljallangan kuzov turi. Masalan: TACUMA, VAZ-2102, 2104 kabi avtomobillar kuzovi.
6-rasm. Universal.
7-rasm. Kupe.
15
Kupe–ikki eshikdan iborat bo‘lib, bir yoki ikki qatorli to‘liq hajmli yoki kalta qilib ishlangan (yosh bolalar uchun) o‘rindiqlar bilan jihozlanadigan kuzov turi (7-rasm). Masalan: Audi TT.
Xetchbek–universial va sedanning gibridi. Ikki hajmli (yurgizgich bo‘limi, salon bilan yuk bo‘limi birga) uch yoki to‘rt eshikdan iborat bo‘lib, hozirgi zamonning eng mashhur kuzov turi hisoblanadi. Unversialga o‘xshab orqa o‘rindiqlar yig‘iladi (8-rasm). Masalan: MATIZ, SPARK, VAZ-2108, 2109 kabi avtomobillar kuzovi.
8-rasm. Xetchbek.
Vagon-uni mini-ven ham deb atashadi. Uning dvigatel bo‘limi kuzovdan ozgina chiqib turadi yoki umuman chiqmaydigan dvigatel va yuk bo‘limlaridan iborat bo‘lib, uch yoki besh eshikli kuzov (9-rasm). Mini-ven oilaviy avtomobil kuzovi. Hozirgi kunda bu turdagi kuzovli avtomobillardan yo‘lovchi va yuk tashishda keng foydalanilmoqda. Masalan: DAMAS, HUNDAI H-1, VAZ-2120 kabi avtomobillar kuzovi.
9-rasm. Mini-ven.
10-rasm. Kabriolet.
16
Kabriolet – tepa qismi yig‘iladigan, oynalari tushiriladigan usti ochiq avtomobil kuzovi (10-rasm). Eng chiroyli va ixcham avtomobil kuzovi hisoblanadi. Masalan: NEXIA Asakar kabi avtomobillar kuzovi.
Jip – mashhur avtomobillar turiga kirib, kuzovi tepaga cho‘zilgan xetchbek (11-rasm). Bu kuzov turidagi avtomobillarni xavfsizligi yuqori hisoblanib, o‘tag‘on avtomobillar hisoblanadi. Masalan: CAPTIVA, VAZ-2121 Niva kabi avtomobillar kuzovi.
11-rasm. Jip.
Pikap – yopiq kabinali (o‘rindiqlar bir yoki ikki qator joylashgan) va ochiq yuk platformasi ega bo‘lgan, bort orqaga ochiladigan kuzov (12-rasm). Masalan: DAMAS labo kabi avtomobillar kuzovi.
12-rasm. Pikap.
Limuzin – juda uzun o‘lchamga ega bo‘lagan sedan turiga kiradigan avtomobil kuzovi (13-rasm). Bu kuzov turidagi avtomobillardan to‘y va tantanalarda hamda yuqori darajadagi mehmonlarni olib yurish qulay.
13-rasm. Limuzin.
Do'stlaringiz bilan baham: |