Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc


Gidroyuritmali tormoz tizimiga TXK



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/92
Sana11.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#542015
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92
Bog'liq
2012-akilov-avtomobil M

Gidroyuritmali tormoz tizimiga TXK
. Bunday tormoz tizimiga ega 
bo‘lgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishdagi ishlar bosh tormoz 
silindridagi suyuqlik sathini tekshirish va uni me’yoriga keltirish, agar tizimga 
havo kirib qolgan bo‘lsa, uni chiqarib yuborish, tormoz tepkisining erkin 
yurish yo‘lini, kolodka va tormoz barabanlari orasidagi tirqishni sozlash, 
tormoz qoplamalari yuzasidagi moylarni tozalashdan iboratdir. 
Gidravlik tormoz tizimiga TXK ishlari bilan alohida-alohida 
tanishib chiqamiz: 
1. Tormoz tizimini tashqi nazorat qilish. 
Tormoz tizimi barcha mexanizmlari mahkamlanganligi va 
jipsligini tekshirish hamda avtomobil g‘ildiragini osib qo‘yib, uning 
yengil aylanishini aniqlashdan iborat. 
2. Tormoz tepkisining erkin yurish yo‘lini tekshirish va sozlash 
(72-rasm). 
Bu ish avtomobillarning kabinasi yoki salonida haydovchi o‘rin-
dig‘i oldida bajariladi. Chizg‘ichning bir uchi polga qo‘yilib, ikkinchi 
tomoni tepkining yuzasi bilan tenglashtiriladi va oraliq aniqlanadi. Shu 
holatda tepki qarshilik hosil bo‘lguncha bosilib, yana oraliq aniqlanadi. 
So‘ngra birinchi va ikkinchi qiymatlar farqi hisoblanadi va me’yoriy 
qiymatga mos kelmasa, sozlanadi. 
3. Tormoz kolodkalari qoplamasi va baraban orasidagi tirqish, 
O‘zDEU yengil avtomobillarida avtomatik ravishda sozlanadi. 
72-rasm. O‘zDEU avtomobillarida tormoz tepkisining erkin
yurish yo‘lini sozlash
.
1-vakuum kuchaytirgich; 2-itargich; 3-tormoz tepkisi;
4-to‘xtash chirog‘ini yoqqich; 5-yoqqich gaykasi; 6-to‘xtatish chirog‘ini 
o‘chirgich; 7-tepkini tortib turuvchi prujina; 8-bosh silindr.


 114
4. Qo‘l tormozini tekshirish va sozlash. 
Orqa kolodka qoplamalarining yedirilishi, trossning cho‘zilishi, 
qo‘l tormozi dastagi yo‘lining ko‘payib ketishiga olib keladi. Orqa 
g‘ildiraklar dastak to‘liq yo‘lining 2
/
3 qismda 400 N kuch bilan 
tortilganda to‘liq tormozlanadi. Uni sozlash uchun dastak ostiga ulangan 
kolodkalarni tortish trossi uzunligini kamaytirish lozim. 
Hozirgi vaqtda BSK(TU-6-10-1553-75) va NEVA(TU-6-09-550-
73) turidagi hamda xorijiy firmalarda ishlab chiqarilayotgan tormoz 
suyuqliklari (DOT-2, DOT-3, DOT-4 va boshqalar)dan keng foydalanil-
moqda. BSK suyuqligi kanakunjut moyi(47 %) va butil spirti(53%)dan 
hamda qizil rang beruvchi organik moddadan tayyorlanadi. Uning 
kamchiligi minus 15
°
S dan past va 25
°
S dan yuqori haroratda o‘z 
oquvchanligini yo‘qotishidadir. NEVA turkumidagi tormoz suyuqliklari 
etilkarbitol suyuqligi asosida bo‘lib, quyuqlashtiruvchi va zanglashga 
qarshi qo‘shimchalardan tarkib topgan bo‘ladi. Bu suyuqliklarni bir-
biriga qo‘shib ishlatish man qilinadi. 


 115
6-bob. AVTOMOBILNING ELEKTR JIHOZLARI 
Avtomobilning elektr jihozlari energiya manbalari va is’temolchi-
lardan iborat (73- rasm).
Avtomobillarning elektr jihozlarini quyidagi asosiy funksional 
sistemalarga bo‘lish mumkin(73-rasm): 

elektr ta’minot tizimi (generator, uchlanish relesi, akkumulator 
batareyasi). 

ichki yonuv dvigatelini ishga tushirish tizimi (startyor, 
akkumulator batareyasi, ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalar). 

o‘t oldirish tizimi (tok manbai, o‘t oldirish g‘altagi, o‘zgich-
taqsimlagich, tranzistor kommutatori, o‘t oldirish shamlari); 

nazorat-o‘lchov asboblari va diagnostika tizimi (temperatura, 
bosim sezgich va ko‘rsatkichlari, taxometr, spidometr, darak beruvchi 
lampalar va boshqa). 

yoritish va xabar berish tizimi (bosh yoritish faralari, avtomobil 
burilishi va to‘xtashini ko‘rsatuvchi chiroqlar, oldingi va orqadagi fara 
osti chiroqlar va hokazo). 

qulaylik yaratuvchi asboblar tizimi (oynatozalagichlar, isitgich 
elektrodvigatellari, konditsionerlar, oyna ko‘targichlar va hokazo). 

dvigatel va transmissiyani avtomatik boshqarish tizimi. 

o‘tkazgichlar va kommutatsiya jihozlari. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish