Suyuqlik nasosi. Sovitish tizimida suyuqlikning majburiy harakat-lanishi nasos yordamida amalga oshiriladi. Odatda past bosimli (40…100 kPa) markazdan qochma suyuqlik nasosi ishlatiladi. Suyuqlik nososining vali korpusga ikkita sharsimon podshipnik va yordamida o‘rnatilib, ular oralig‘ida vtulka joylashtiriladi. Podshipniklarga moy, moydon orali yuboriladi. Valning oldingi uchiga shponka yordamida gubchak o‘rnatiladi va unga ariqchali shkiv biriktiriladi. Valning keyingi uchiga gubchagi metaldan ishlangan plastmassali parrak o‘tkazilib bolt yordamida qotiriladi. Parrakning valga o‘tkazilgan joyida siquvchi solnik o‘rnatilgan bo‘lib, uning aylanadigan tekstolit shaybasi prujina yordamida korpusning silliqlangan ishchi yuzasiga tiralib turadi. Siquvchi solnik, parrak joylashgan bo‘shliqdan podshipnik o‘rnatilgan korpus bo‘shlig‘iga suyuqlikni sizib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Suv nasosi silindrlar blokining oldingi devoriga makamlangan bo‘lib, ponasimon tasma orqali tirsakli val shkividan harakatga keltiriladi. Nasos vali aylanganda suyuqlik, siyraklanish ta’sirida, parrak markaziga suriladi. Shunda, parrak kurakchalari suyuqlikni markazdan qochma kuchlar ta’sirida korpusning chetki aylana bo‘shlig‘iga yo‘naltiradi. U yerda yig‘ilib qisilgan suyuqlik past bosim bilan xaydash patrubogi orqali silindrlar blokida (yoki kallagida) joylashgan suv taqsimlagichga yo‘naltiriladi. Dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi 3000 min-1ga yetganda nasosning suyuqlikni haydashi 240l/min.ni tashkil etadi. Dvigatelning effektli sovitilishi uchun nasos yuritmasi tasmasining
38
tarangligi me’yorida rostlangan bo‘lishi kerak. Buning uchun tasmaning tarangligini rostlovchi tuzilma nazarda tutiladi. Yengil avtomobil dvigatellarida parraklar ko‘pincha plastmassadan tayyorlanadi.
Zamonaviy yengil avtomobillar dvigatellarida ko‘pincha elektr ventilatorlar qo‘llanilmokda. Bunday ventilatorlar, gidromuftali ventilatorlar kabi dvigatelning sovitish tizimida eng maqbul harorat rejimini avtomatik saqlaydi. Ventilatorning avtomatik ravishda harakatga kelishi yoki harakatdan to‘xtatishi, sovituvchi suyuqlikning haroratiga bog‘liq bo‘lib, radiator bakchasiga o‘rnatilgan datchikning signali bilan boshqariladi. Neksiya avtomobili dvigatelida elektr ventilator sovituvchi suyuqlikning haroratiga qarab ikki rejimda ishlashi nazarda tutilgan. Sovituvchi suyuqlikning harorati 900S dan ortganda radiator bakchasiga o‘rnatilgan yelektr datchigining signali bo‘yicha kichik aylanishlar chastotasida avtomatik ishga tushadi. Ventilatorning katta aylanishlar chastotasiga o‘tishi sovituvchi suyuqlikning harorati 1050S dan ortganda, dvigatelning elektron bloki boshqaruvida (YEBB) o‘rnatilgan rele yordamida avtomatik ravishda bo‘ladi.
Termostat - avtomatik klapan bo‘lib, sovuq dvigatelning yurgazil-ganda uning tez qizishiga imkon yaratish bilan radiatordan o‘tayotgan suyuqlik miqdorini rostlab sovitish tizimida optimal haroratni saqlashda xizmat qiladi. Avtomobil dvigatellarida suyuqlikli va qattiq to‘ldirgichli termostatlar qo‘llaniladi. Sovitish tizimidagi suyuqlikning harorati ma’lum darajaga (70…800S) ko‘tarilganda ballondagi aralashmaning bug‘lanishi natijasida undagi bosim ortib qobirg‘ali silindr bo‘yiga uzayadi va termostat klapani qisman ko‘tarilib, suyuqlikning ma’lum miqdori radiatorga, ma’lum miqdori esa suyuqlik nasosiga o‘ta boshlaydi. Keyinchalik suyuqlikning harorati 90…950S ga yetishi bilan klapan to‘la ochiladi, suyuqlik asosan radiatorga yuboriladi. Bunday termostatlardan sovitish suyuqligining orticha bosimi katta bo‘lgan yopiq tizimli dvigatellarda foydalanilmaydi. Bunday termostatlarning balloni yupqa devorli bo‘lgani uchun sovitish tizimidagi ortiqcha bosimga sezgirligi yuqori bo‘ladi. Bunday xol termostatning aniqlik bilan ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |