Reyka-shesternyali rul mexanizmi. Rul valiga mahkamlangan shesternya aylanganda reykani siljishiga sabab bo‘ladi va reyka ko‘ndalang tortqi vazifasini bajaradi.
Rul mexanizmi, valdagi shesternyaning aylanma harakatini, reykaning ilgarilama qaytma harakatiga aylantiradi (64, 65-rasmlar).
64-rasm. Reyka-shesternyali rul boshqarmasini sxemasi.
1-rul chambaragi; 2-val va aylantiruvchi g‘ildirak; 3-rul mexanizmi reykasi;
4-o‘ng va chap rul tortqisi; 5-burilish richagi; 6-buriluvchi g‘ildirak.
Reyka shesternyali rul mexanizmining tuzilishi keltirilgan. Rul chambaragini aylantirilganda shesternya, reykani harakatga keltiradi, undan kuch rul tortqilariga uzatiladi. Rul tortqilari, burilish richaglari orqali boshqariluvchi g‘ildiraklarni buradi.
100
Reyka-shesternyali rul mexanizmi rul vali bilan tayyorlangan qattiq tishli shesternya va qattiq tishli reykadan tashkil topgan. Val karter ichida joylashgan sharikli podshipniklar aylanadi. Ular halqa va yuqori qopqoq yordamida tortiladi
Tayanch, prujina orqali reykaga siqib qo‘yilgan bo‘lib, unga ta’sir qilayotgan radial kuchni qabul qiladi va yon tomondagi qopqoqga uzatadi, shuning hisobiga juft ilashuvining aniqligi amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |