Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc


Dvigatelining o‘t oldirish tizimiga TXK va ta’mirlash



Download 2,36 Mb.
bet90/153
Sana21.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#397500
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   153
Bog'liq
Avtomobil TXK

Dvigatelining o‘t oldirish tizimiga TXK va ta’mirlash.

Avtomobillardan foydalanish davrida elektr jihozlarida uchraydigan nosozliklarni bartaraf etish TXK va JT ish hajmlarining 11…17% ni tashkil qiladi, shuningdek statistika ma’lumotlariga ko‘ra karburatorli dvigatellarda 40% atrofidagi nosozliklar va buzilishlar batareyali o‘t oldirish tizimiga to‘g‘ri keladi. Bular o‘z navbatida, ko‘pincha, yonilg‘i sarfining 5…6% ga ko‘payishiga olib keladi.

O‘t oldirish tizimi asosiy nosozliklari. O‘t oldirish tizimidagi elementlar bo‘yicha nosozliklarning sodir bo‘lishini har biri bo‘yicha alohida ko‘rib chiqamiz. Yuqori kuchlanishli g‘altakning nosozliklariga g‘altak qopqog‘ining darz ketishi va kuyishi, birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar himoya qobiqlarining kuyishi oqibatida o‘ramlar orasidagi qisqa tutashuv, chulg‘amlarning ulangan joyidan uzilib qolishi, qo‘shimcha rezistorning uzilib qolishi yoki birlashgan qismlarning bo‘shashib qolishlari kiradi.

Uzgich-taqsimlagichning nosozliklariga kontaktlarga moy tegishi yoki kuyishi, uzgich kontaktlari orasidagi tirqishning yetarli emasligi yoki juda kattaligi, kondensatorning shikastlanishi yoki kuyishi, rotor va qopqoqning ifloslanishi, qopqoqning darz ketishi, richag prujinasi tarangligining pasayishi, yetaklovchi valcha vtulkasi, uzgich richagi vtulkasi yoki turtkichi, podshipnikning yeyilishi, markazdan qochma rostgich prujinasining kuchsizlanishi va yukchalarning qadalib qolishi, vakuumli rostlagich diafragmasining teshilishi, uzgich mushtchasi, markazdan qochma rostlagich yukchalari teshiklari va o‘qlarining yeyilishi, himoya qobig‘i yoki «massa» simlarining uzilishi, taksimlagich qopqog‘i ichki yuzasidagi elektrodlarning kuyishi yoki oksidlanib qolishi, yuqori kuchlanishli simlar himoya qoplamlarining kuyishi kabilar kiradi.



68

O‘t oldirish shamilarning asosiy nosozliklari: korpus va markaziy elektrod bo‘yicha jichlikning yetarli emasligi, yon va markaziy elektrodlarning yeyilishi, himoya qoplami etagining yemirilishi, chaqmoqning ichki yuzalarida elektrodlar orasidagi havo tirqishi qisqarishiga olib keluvchi qurum qoplamini paydo bo‘lishi.

Agar dvigatelda karburator va o‘t oldirish tizimi to‘g‘ri sozlangan bo‘lsa va me’yoriy ishlasa, shuningdek, ishlatilayotgan yonilg‘i sifatli bo‘lsa, u holda dvigateldan yechib olingan chaqmoqning rangi zang yoki jigarrang ko‘rinishida bo‘ladi. Ishlash davomiyligiga qarab korpus yupqa qurum qatlami bilan qoplanadi. Markaziy elektrod kulrang tusda bo‘ladi. Bunday chaqmoqlarni temir shchetka yoki qumqog‘oz bilan tozalab, tirqishini rostlagandan so‘ng yana dvigatelga o‘rnatish mumkin.

Agar o‘t oldirish shamining yonish kamerasiga kirib turuvchi qismi mayda qurum zarrachalari bilan qoplangan bo‘lsa, buning asosiy sabablari aralashmani o‘ta boyligi, havo tozalagichning kirlanishi, uchqunning kuchsizligi, dvigatel ko‘p vaqt davomida salt ishlashi va klapanlardagi issiqlik tirqishining noto‘g‘i rostlanganligidir.

O‘t oldirish shamining moy bilan qoplanishi porshen halqalarining yeyilganligi, klapan moytutqichi teshigining kengayib ketganligi, dvigateldagi moy sathining yuqoriligi, moy filtrining ifloslanishi, karburatordagi aralashmaning boyligi, o‘t oldirish tizimining nosozligi tufayli sodir bo‘ladi.

O‘t oldirish shamini kulrang-jigarrangdan to kulrang-ko‘k ranggacha qurum bosganligiga o‘t oldirish shami belgilangan me’yoridan ortiq haroratlarda ishlatilayotganligi (kalil soni pastligi), karburatordagi aralashmaning kambag‘al bo‘lishi, yondirish onining ertaligi, porshen tubi va silindr kallagining qurum bilan qoplanishi, dvigatel silindriga qo‘shimcha havoning so‘rilishi, chaqmoqda zichlash halqasining yo‘qligi sabab bo‘ladi.

Yuqori kuchlanishli simlarning asosiy nosozliklariga himoya qoplamining yorilishi va teshilishi, uchlarining kuchsiz qisilishi tufayli kuchsiz kontaktda bo‘lishi, sinishlar, uzilishlar va qarshilikning ortib ketishi kiradi.

Eng ko‘p tarqalgan o‘t oldirish tizimi batareyali bo‘lib, u uzgich-taqsimlagich, o‘t oldirish g‘altagi, chaqmoqlar, yuqori va past kuchlanishli simlardan tashkil topgan.

69

3 -bob. TRANSMISSIYA



Transmissiya dvigateldan yetaklovchi g‘ildiraklarga burovchi momentni yo‘nalishini, qiymatini o‘zgartirib, uzatish va yetakchi g‘ildiraklarga bo‘lib berish uchun xizmat qiladi.



43-rasm. Orqa yetakchi bo‘lgan(klassik) avtomobilning transmissiyasi.

I-digatel; II-ilashish muftasi; III-Uzatmalar quttisi; IV-kardanli uzatma:1-elastik

mufta; 2-shlitsali birikma; 3-oldingi kardanli val; 4-tayanch podshipnik; 5-oldingi

kardan sharniri; 6-orqa kardan val; 7-orqa kardan sharniri; V-orqa ko prik,asosiy

uzatma va differensial: 8-yarimo‘q; 9-yetaklovchi(orqa) g‘ildirak

Transmissiya dvigatel bilan yetakchi g‘ildiraklar orasidagi bog‘la-nishga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:



  • mexanik;

  • gidrohajmli;

  • elektr;

  • kombinatsiyalashgan (gidromexanik va elektromexanik).

Orqa yetaklovchi bo‘lgan avtomobillar transmissiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi (43-rasm):

  • ilashish muftasi,

  • uzatmalar qutisi,

  • kardanli uzatma,

  • asosiy uzatma,

  • differensial,

  • yarim o‘qlar.

Old yetaklovchi bo‘lgan avtomobil transmissiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi (44-rasm):

  • ilashish muftasi,

  • uzatmalar qutisi,

70





  • asosiy uzatma,

  • differensial,

  • yetakchi g‘ildirak uzatmasi.

44-rasm. Old yetakchi bo‘lgan avtomobilning transmissiyasi:

I -dvigatel, II-ilashish muftasi, III-uzatmalar qutisi, IV-asosiy uzatma, V-yetakchi g‘ildirak uzatmasi, VI-yetakchi g‘ildiraklar.


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish