Moylash tizimining nosozliklari. Dvigatel ishlashi jarayonida, uning karteridagi moy sathi kamayib, sifati o‘zgaradi. Bular dvigatelning buzilishiga va boshqa nosozliklarni keltirib chiqarishga olib keladi. Dvigatel ishlashi jarayonida moy sifatining yomonlashishiga sabab, uning metall zarrachalari va yonilg‘i qo‘shilib ifloslanishi hamda oksidlanishidir. Shuningdek, moydagi sifat yaxshilovchi qo‘shimchalar
65
miqdorining kamayib ketishi ham moy sifatini pasaytiradi. Moy tarkibidagi mexanik aralashmalar metall zarrachalaridan iborat bo‘lib, bular ikki ishqalanuvchi sirtning bir-biriga nisbatan sirpanishidan hosil bo‘ladi. Mineral aralashma (qum, chang)lar, havo bilan moyga qo‘shilib, uning moylash xususiyatini pasaytiradi. Moy tarkibidagi mexanik aralashmaning miqdori 0,2% dan oshmasligi kerak. Shu bilan birga havodagi kislorodning ta’siri bilan moy oksidlanib qoladi va karterga tushib, qizigan va kirlangan moy bilan aralashib ketadi. Kislotalar oksidlovchi modda hisoblanib, silindrlar devori, porshen halqasi yemirilishida va zanglashga uchrashida asosiy omil hisoblanadi. Shuningdek, bu modda podshipniklarda ishqalanishga qarshilik ko‘rsatuvchi muhit yaratadi. Smolalar esa porshenda va porshen halqasida loksimon qatlam hosil qiladi hamda ularning qo‘zg‘aluvchanligini keskin kamaytiradi. Mayda kolloid holda va erigan yoki quyqa ko‘rinishida karterga tushuvchi qattiq aralashmalar (ya’ni: karbon, karboid va kokslar) moy kanallari va naychalaridan o‘tib, moy aylanib o‘tishini sustlashtiradi, ishqalanuvchi sirtlarga ta’sir etib, ularda qirilgan, chizilgan, tirnaladigan(abraziv) yeyilish hosil qiladi.
Zamonaviy avtomobillarning moylash tizimini yuvish uchun Rossiyada-«VNIINP-113/3», FIAT firmasi «Oliofiat L-20» va Shell firmasi «Shell Donaks» yuvish moylarini tavsiya etadi.
Respublikamiz hududida ekspluatatsiya qilinayotgan O‘zDEU yengil avtomobillarida motor moyini almashtirish har 10 000 km dan so‘ng tavsiya qilinadi. Servis xizmat ko‘rsatish davrida moyning sathi doimo nazorat etilib, agarda u "MIN"belgidan pastda bo‘lsa, me’yoriga keltiriladi. Zavod ko‘rsatmasiga muvofiq UzDEU yengil avtomobillarida SAE 5W/30, SAE 10W/30, SAE 10W/40 va SAE 15W/40 sinfidagi motor moylaridan foydalanish tavsiya etiladi. Moylash tizimidagi moyni almashtirish davri eng avvalo avtomobilning ishlash sharoiti va moyning sifatiga bog‘liq bo‘lib, uning sathi almashtirilgandan 2…3 minut o‘tgach tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |