5.2. Avtomobillardan foydalanish davrida rul boshqarmasida uchraydigan asosiy nosozliklar
Rul boshqarmasining asosiy nosozliklariga rul mexanizmi karterining mahkamlanishini bo‘shab ketishi, mexanizm detallarining yeyilishi, rul chambaragi va kalonkasining bo‘shab qolishi, chervyak jufti detallarining yedirib ketishi misol bo‘ladi. Gidrokuchaytirgichli rul boshqarmalarida, yuqoridagi nuqsonlardan tashqari, nasos idishida moyning me’yoridan kam yoki oshiq bo‘lishi, tizimda havo va suvning yig‘ilishi, nasosning ishlamay qolishi, moyning sizib chiqishi, filtrning kirlanib qolishi, nasosning himoya va o‘tkazish klapanlarining nosoz ishlashi, nasos uzatmasi tasmasining me’yor bilan tortilmasligi va boshqalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |