8-mavzu. YO‘L-TRANSPORT HODISALARI
Inson transport vositasini boshqarishi bilan «haydovchi»ga aylanadi,
demak unga yuksak mas’uliyat yuklanadi, chunki uning arzimas xatosi
nafaqat o‘ziga, balki olib ketayotgan yo‘lovchi, hatto piyodalarning
hayotiga yoki sog‘ligiga jiddiy xavf solishi mumkin. Haydovchilarni
boshqa harakat ishtirokchilardan farqi shundaki, ular transport
vositalarini boshqarish uchun qo‘yilgan talablarga to‘la javob berishi
kerak.
Lekin transport vositalarining haydovchilariga qo‘yiladigan talab
qanchalik qattiq bo‘lishiga qaramasdan, o‘zini murakkab yo‘l vaziyatida
to‘g‘ri tuta olmaydigan haydovchilar, afsuski, uchrab turadi. Transport
oqimining yuqori jadalligi va zichligi sharoitida haydovchidan yo‘llarda
harakatlanish qoidalarini va boshqarish ko‘nikmalarini mukammal
o‘zlashtirish kamlik qiladi, haydovchi yuqori ma’naviy va jismoniy
xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Bunday xususiyatlarni haydovchilarni
tayyorlash vaqtida, qisqa muddatda shakllantirish amalda mumkin emas.
Shuning uchun haydovchilarni o‘qitishga yo‘naltirishdan oldin ularni
malaka-kasb tanlovi ko‘rigidan o‘tkazish lozim.
111
Yo‘llarda harakatlanish deganda harakatdagi transport vositalari
majmui bilan piyodalar va yo‘lovchilarning o‘zaro munosabatlari tushu-
niladi. Hozirgi zamonda yo‘llarda harakatlanish qatnashchilarining katta
tezlikda harakati xarakterlidir. Transport vositalarining yuqori quvvatga
ega bo‘lgan dvigatellar bilan jihozlanganligi ularning yuqori tezlikda
harakatlanishi imkonini beradi. Katta tezlik va og‘irlikka ega bo‘lgan
transport vositalari atrofdagilar uchun yuqori xavf manbaiga aylanadi. Shu
sababli transport vositalari va ularni boshqaradigan haydovchilarga,
yo‘lovchi va piyodalarga bir qator talablar qo‘yiladiki, bu talablarning
birortasi bajarilmasligi harakatlanish ritmining buzilishiga va natijada yo‘l-
transport hodisasining sodir etilishiga olib keladi.
Demak, harakatlanish xavfsizligini ta’minlash harakatni tartibga
solishning asosiy omillardan biri. Haydovchi, piyoda, va yo‘lovchilar-
ning harakat tizimida intizomi, o‘z vazifalariga amal qilishlari muhim
ahamiyat kasb etadi.
Yo‘l-transport hodisasi
deb avtomobil yo‘llarida, shahar ko‘cha va
maydonlarida transport vositalarining normal harakat rejimi buzilishi
oqibatida insonlarning halok bo‘lishiga, tan jarohati olishiga,
shuningdek, transport vositalariga va undagi yuklarning zarar ko‘rishiga,
yo‘ldagi sun’iy inshoatlarning zararlanishiga yoki boshqa turdagi moddiy
zararlar yetkazilishiga sababchi bo‘luvchi halokatlarga aytiladi.
Yo‘l-transport hodisalari uchun quyidagi 3 holat xarakterli:
hodisada loaqal bitta transport vositasi ishtirok etadi. Yo‘lda sodir
bo‘ladigan har qanday qayg‘uli hodisa, transport vositasi ishtirok etmasa,
u yo‘l-transport hodisasi deb aytilmaydi;
yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan transport vositasi albatta ha-
rakatda bo‘lishi kerak. Masalan, to‘xtab turgan joyida, ta’mirlash ishlari
natijasida avtomobil yonib ketsa, bu yo‘l-transport hodisasiga kirmaydi;
hodisa oqibatida odamlar o‘lgan, jarohatlangan yoki moddiy zarar
yetkazilgan bo‘ladi.
Amaldagi me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi
quyidagi 9 turdan iborat:
1)
to‘qnashuv;
2)
ag‘darilib (to‘ntarilib) ketish;
3)
turgan transport vositasini urib ketish;
4)
to‘siqlarga urilish;
5)
piyodalarni bosib (urib) ketish;
6)
velosipedchini bosib (urib) ketish;
112
7)
aravani bosib (urib) ketish;
8)
hayvonlarni urib (bosib) ketish;
9)
boshqa (qolgan) yo‘l-transport hodisalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |