Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
kelini Sultonimni yordamga chaqirishga va ikkovlashib Hamidani Humoyun bilan albatta 
uchrashtirishga so‘z berdi. 
* * * 
Chorshanba kuni Sultonim va Dildor begim Samandar bog‘iga Hamida bonuni choshgoh 
payti boshlab bormoqchi ekanliklarini xabar qildilar. 
Humoyun ularni ikki tomoniga sersoya sanobar daraxtlari o‘tkazilgan yo‘lka oxirida, 
zarrin naqshlar bilan bezatilgan shiyponda kutib oldi. 
ta’zim-u tavozelardan keyin Dildor og‘acha va Sultonim begim shiypondan o‘ng tomonga 
burilgan yo‘lka bilan daryo bo‘yiga qarab ketdilar, Humoyun bilan Hamida bonu atrofini 
yashil chirmovuqlar pana qilib turgan shiyponda yakkama-yakka qolishdi. 
Hamida bonu nafarmon gulli parchadan qabo kiygan. Boshidagi baland toqisi chetidan 
yelkasiga tushgan ikki o‘rim uzun sochlari qabosining etagigacha yetgan. Yuziga tutilgan 
oq harir parda uni yanada sehrli ko‘rsatadi. 
Humoyun quvonchini yashirolmay: 
— Sizni qayta ko‘rganim uchun tangriga shukurlar ayturmen! — dedi. — Shu keyingi bir 
hafta men uchun bir yildek uzun tuyuldi. Men sizga dilimni ochib so‘zlay. Umrimda hech 
bir qizni bunchalik intizor bo‘lib kutmaganmen. Hamida bonu, sizdan o‘tinamen, rostini 
ayting, mendan ne gunoh o‘tdiki, diydoringizga bu qadar nomunosib ko‘rdingiz?.. 
Hamida bonu cho‘g‘day yonib turgan ko‘zlarini yerdan olib, Humoyunning yuziga qisqa 
bir nazar tashladi. 
— Sizdan gunoh o‘tgan emas... 
— Bo‘lmasa oramizda ne monelik bor? Ayting, men bilay... 
— Monelik ham emas... Siz e’zozlagan pok bir kishining xotirasi... Balki hali tirikdir? Yoki 
tangri rahmatiga borgani rostmi? Shuni bilolmay dog‘damen... 
— Kim dedingiz? Kim? 
— Sizga Chausada yaxshiliklar qilgan yigit... iningiz bizni Alvarga olib ketib qolgan 
edilar. Biz yo‘g‘imizda siz uni taxtga chiqargan ekansiz... 
— Nizommi? 
— Ha... 
Karamnasadagi halokatli o‘pqonlar, keyin Agrada bo‘lgan kurashlar, Nizomning bir 
kechada dom-daraksiz yo‘qolgani, Humoyun qancha surishtirib, hech narsani aniqlay 
olmaganligi xotirasiga birdan bosib keldi-da, xayolini boshqa yoqqa burib yubordi: 
— Men uni avliyoday e’zozlab yurdim-u to‘satdan yo‘qotib qo‘ydim. Agar shu yigit 
yonimda bo‘lsa, ehtimol, keyingi falokatlarga uchramasmidim? Siz ham uni 
bilarmidingiz, Hamida bonu? 
— Zarafshon bog‘ida turganda ko‘rgan edim. Kichkina qizaloq paytlarimda kanizim bilan 
ikkimizni qayig‘iga solib aylantirgan edi. 
Hamida bonu Nizom bilan o‘tgan mas’ud damlarini hozir juda ma’yus bo‘lib esladi-da: 
— Meni bir o‘y ezadir, hazratim, — dedi. — Men o‘zim bilmagan holda ehtimol... uning 
o‘limiga yoki... yo‘qolishiga sabab bo‘lgandurmen? 
— Yo‘g‘-e, nechun siz sabab bo‘lursiz? 
Hamida bonuning qo‘lida ko‘zmunchoqlar va kashtalar bilan bezatilgan chiroyli atlas 
kisa* bor edi. u kisani sekin ochib, ichidan sarg‘ayib, hilvirab qolgan bir parcha qog‘ozni 
avaylab oldi. 
— o‘n kundan beri huzuringizga kelolmaganimning sababi mana shu maktub. Buni 
sizdan yashirsam dilim kuydi. Aytay desam... Meni hayosiz deb o‘ylashingizdan 
qo‘rqdim. Agar bu maktubda xotirangizga malol keladigan biron gap bo‘lsa meni ham, 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish