Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
282
astoydil yaxshi ko‘radi. 
— Amirzodam, men aytgan gaplar oramizda qolsin, farangi muallim haqidagi sirni 
mendan eshitganingizni hazrat otangiz zinhor bilmasinlar. 
— Nechun? 
— Axir bu hali maxfiy gap. Sirni oshkor qilganim uchun jazo bermoqlari mumkin. Mening 
ham dushmanlarim ko‘p. Ayniqsa, hamshahrim Ahmad Buxoriy payt topsa, meni ham 
marhum Ansoriyga o‘xshatib yo‘q qilgay. 
Salim otaning sodiq shogirdi bo‘lgan Ahmad Buxoriy hozir shayx Muborak va 
Abulfazlning eng yaqin maslakdoshiga aylangan, Farid Buxoriy va ularning yashirin 
dushmani edi. Ikkita buxorolikning o‘t bilan suvday kelisholmasligi Salimni ham hayratga 
solardi. 
Ertasi kuni Akbar Salimni o‘zining xonayi xosiga chaqirtirib, farangi tilini o‘rganish haqida 
gap ochganda, shahzoda o‘z ustozining sirini yashirish uchun hech narsadan xabari 
yo‘qday jim quloq soldi. 
— O‘g‘lim, sen nuqul kitob mutolaasiga berilib, xomush yurgan emishsan. Uzoq 
yurtlarga borging kelgaymi? Hind ummonida kemalarda suzib sayohat qilishni 
istaysenmi? 
Salim birdan jonlanib: 
— Istaymen! — dedi. 
— Men Goa oroliga kemada suzib borganim hech esimdan chiqmaydir. Farangilarning 
zo‘r kemalari bor ekan. Bizda hali bunday quvvayi bahriya yo‘q. Shuning uchun biz 
bosqinchi farangilarni Hindiston qirg‘og‘idan uloqtirib tashlashga hamon ojizmiz. 
Yog‘iydan kuchliroq bo‘lish uchun uning ichki sirlarini bilmoq kerak, tajribasini o‘rganmoq 
zarur. Farangi padrelarni men ana shu maqsadda saroyimga chaqirdim. Kaltabin 
odamlar bizni «Nasora diniga o‘tmoqchi emish!» deb bemaza mish-mishlar tarqatib 
yurganidan qo‘rqma. Farangilarnnig kema qurishdagi tajribalarini, butun ilm-u ma’rifatini 
bilmoq uchun ularning tillarini o‘rganmog‘imiz kerak. Shu maqsadda ining Murodni ham 
chaqirganmen! 
Akbar qarsak chalib sarmunshiga buyurdi: 
— Murod kirsin! 
Ikki o‘g‘li yonma-yon turganda Akbar ularning farqlariga xiyol taajjublanib ko‘z tashladi. 
Salim onasidek qorachadan kelgan, o‘n ikki yoshida bo‘yi cho‘zilib otasiga tenglashib 
qolgan, yelkalari tog‘alarinikidek keng, mo‘ylabi erta sabza urgan. o‘n bir yashar 
Murodning soch va qosh mo‘ylari qizg‘ish oltinrang, yuzi ra’no guliday oq-sarg‘ish, 
ko‘zlari esa tiniq zangori rangda. Murod ona tomonidan ham boburiy bo‘lgani uchun 
barloslarda ko‘p uchraydigan qizg‘ish soch va zangori ko‘z unga meros o‘tgan edi. Fe’li 
ham Salimnikidan boshqacha — o‘y surib o‘tirishni suymaydi, simobday serharakat, 
sho‘x. Goh chavandozlikni, goh qilichbozlikni mashq qiladi, merganligi ham bor, suvda 
suzishga ham ishqiboz, Jamnaning u qirg‘og‘idan bunisiga suzib o‘tganini Akbar o‘zi 
ko‘rgan. 
Akbar o‘g‘illarini ikki yoniga o‘tkazdi-yu, Murod bilan avval turkiy tilda, so‘ng forscha va 
hindcha gaplashib ko‘rdi. O‘g‘li hindchani hali uncha erkin gaplasholmasligini payqadi-
da: 
— O‘rganmog‘ing kerak! — dedi. — Hindiston bizning vatanimiz. Hind ulusining tilini 
bilmog‘ing — ham qarz, ham farz. Har bir o‘rgangan tiling — sening qalb boyligingdir. 
Mana, bizga kelgan farangilar forscha, hindcha bemalol so‘zlashurlar. Biz esa ularning 
tilini bilmaydirmiz. Holbuki, ularda ham kitob ko‘p, ma’rifat ulkan. Lekin ba’zilar: 
«Nasoralar — kofirdir, ularning tillarini o‘rganish gunoh», deydir. Sen qanday fikrdasen, 
Murod? 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish