Microsoft Word Архитектуравий ашёшунослик



Download 3,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/354
Sana14.09.2021
Hajmi3,79 Mb.
#173864
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   354
Bog'liq
arxitekturaviy ashyoshunoslik

4.4. Shishaning turlari 
Taxta  oyna.  Taxta  oynaga  oddiy  deraza,  vitrina,  issiqlik  nurlarini  yutuvchi, 
armaturalangan va boshqa oyna turlari kiradi. 
Taxta  oyna  deraza  va  eshikni  to’sishga,  sanoat  va  jamoat  binolarini  tashqi  muh’itdan 
izolyatsiyalashda,  ichki  va tashqi tomondan bezashda ishlatiladi. Taxta oyna eni 250-1600  mm, 
uzunligi  250-2200  mm,  qalinligi  2;  2,5;  3;  4;  5  va  6  mm  o’lchamlarda  tayyorlanadi.  Bir  metr 
kvadrat  oynaning  massasi  2-5  kg  bo’ladi.  Shisha  taxtaning  nur  o’tkazuvchanligi  87%  kam 
bo’lmasligi,  shaffof  bo’lishi  talab  etiladi.  U  rangsiz  bo’lib,  bazi  xollarda  yashil  yoki  ko’kimtir 
soyalar bo’lishi ruxsat etiladi. Taxta oyna yuzasidagi qiyshiqliklar, burmalar, yo’l-yo’l chiziqlar, 
bo’shliqlarning bo’lishi uning navini belgilaydi. 
Vitrina  oynasi  mamuriy,  maishiy,  savdo,  meh’monxona  va  sh.k.  binolarni  bezashda  va 
izolyatsiyalashda ishlatiladi. Vitrina oynalari polirovkalanib, qalinligi 6-10 mm, eni 3500, bo’yi 


6000  mm  gacha  o’lchamlarda  ishlab  chiqariladi.  Vitrina  oynasining  bir  tomonlama  nur 
o’tkazuvchi turi binolarni bezashda va yorug’lik nurini mo’tadil saqlashda zarur bo’ladi. 
İssiq  nurlarni qaytaruvchi oyna  bir tomondan 0,3-1  mkm qalinlikda, turli rangdagi  metall 
va oksid plyonkalar bilan qoplangan bo’ladi. Metall yoki oksid qoplamalari maxsus ionli purkash 
uskunalari  yordamida  nikel-xrom  aralashmasi,  temir,  mis,  xattoki  oltin,  platina  va  sh.k.  nodir 
metallar  qoplanishi  mumkin.  Ularning  nur  o’tkazuvchanligi  30-70%  atrofida  bo’ladi.  Metall 
qoplamali  shishalar  infraqizil  nurlarni  qaytargani  sababli  qizimaydi  va  xonadan  nur  tashqariga 
chiqmasligi  tufayli  binolarda  issiqlik  saqlanadi.  Metall  va  oksid  plyonkalar  bilan  qoplangan 
vitrina  oynalari  Parij,  Berlin,  Toshkent  (Biznes  markazi,  İnterkontinental  meh’monxonasi  va 
x.k.) va  boshqa  mamuriy binolarni  bezash va  izolyatsiyalashda ishlatilgani, uning imkoniyatlari 
ko’pligidan darak beradi. 
İssiq nurlarni yutuvchi oyna oddiy oynadan kimyoviy tarkibida temir, kobalt, nikel oksidi 
bo’lishi bilan farq qiladi. Oynaning bu turi davolanish, bolalar bog’chalari, gulxona, qishki bog’, 
bino va inshootlarni romlariga o’rnatiladi. 
Nur  qaytaruvchi  oyna  gulli  va  xiralashtirilgan  turlarga  bo’linib,  xona  ichi  ko’rinmasligi 
uchun  deraza,  eshik  romlariga  o’rnatiladi.  Gulli  oyna  quyilayotganda  maxsus  valiklardan 
foydalaniladi. Xiralashtirilgan oyna esa, qum oqimi bilan oddiy oynani qayta ishlab tayyorlanadi. 
Armaturalangan oynani kuydirilgan, xromlangan, nikellangan po’lat to’r bilan kuchaytirib 
tayyorlanadi.  Bu  oyna  silliq  va  to’lqinsimon  bo’lib,  oyna  sindirilganda  sochilib  ketmasligini 
taminlaydi. Uning o’lchamlari: uzunligi 1200-2000 mm, eni 400-1500 mm. 
Toblangan oyna oddiy oynani 540-650
0
S h’aroratda qizdirib va asta-sekin sovutib olinadi. 
Toblangan  oynaning  zarbiy  va  egilishdagi  mustah’kamligi  oddiy  oynaga  nisbatan  bir  necha 
barobar  yuqori.  Toblangan  oyna  vitrinalar,  eshiklar,  balkon,  zinapoya  to’siqlari  va  bo’lmalar 
tayyorlashda ishlatiladi. 
Radioaktiv  nurlarga  bardoshli  oynani  shixta  tarkibiga  qo’rg’oshin,  litiy,  bor,  kadmiy  va 
tseziy oksidlari (0,25-1,5%) qo’shilib tayyorlanadi. Bunday oynalar atom elektrostantsiyalarida, 
reaktor qurilmalari xonalarida, izotoplar tayyorlaydigan korxonalarda ishlatiladi. 
Ko’p  qavatli  oyna  (tripleks)  oddiy  va  armaturalangan  bo’lib,  asosiy  va  oraliq 
(amortizatsiyalovchi) qatlamlardan  iborat. Bu oyna turi sindirilganda  maydalansa  h’am sochilib 
ketmaydi. 
İssiqqa bardoshli oyna borosilikatli bo’lib, tarkibida bor, rubidiy va litiy oksidlari bo’ladi. 
Bu  oyna  turi  200
0
S  h’aroratga  chidaydi  va  h’aroratdan  chiziqli  kengayish  koeffitsienti  oddiy 
oynadan 2-3 marta kam bo’ladi (2-4
.
10
-6
 
0
S). 
 
 



Download 3,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish