6.4. Portlandtsementning maxsus turlari Maxsus turdagi tsementlar ularni ishlatish sharoitidan, xossalarni boshqarishdan, sanoat
chiqindilarini ishlatish, klinkerni tejash muammolaridan kelib chiqadi.
Tez qotuvchan tsement (BTTs)- tarkibida alit (C
3
S) va tselit (S
3
A) minerallarini yig’indisi
klinker tarkibida 60-65% kam bo’lmasligi, mineral qo’shimchalar 15% bo’lishi kerak. BTTs 3
sutka davomida markadagi mustah’kamlikning 50% erishadi. Tez qotuvchan tsement solishtirma
yuzasi 3500-4000 sm
2
g gacha maydalanadi va 400, 500 markalarda ishlab chiqariladi.