Korroziyaning bir turi. Bu korroziya ishqorni yuvilishi bilan bog’liqdir va asosan
yumshoq suvlar filtrlanishida h’osil bo’ladi. SaO kontsentratsiyasi 1,1 gl dan kamaysa kaltsiyli
gidrosilikat va gidroalyuminat parchalana boshlaydi. Sa(ON)
2
15-30% miqdorida yuvilishi
tsement toshi mustah’kamligini 40-50% kamayishiga olib keladi. Bu turdagi korroziyani
ogoh’lantirish uchun klinker tarkibida uch kaltsiyli silikatni 50% gacha chegaralash zarur.
Bundan tashqari aktiv mineral qo’shimchalar kiritish va zich beton tayyorlash h’am birinchi
turdagi korroziyani sekinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |