Portlandtsementning ishlatilishi. Portlandtsement bog’lovchisi asosida beton, qurilish
qorishmalari, asbestotsement buyumlari,armotsement konstruktsiyalari va boshqa kompozitsion
materiallar ishlab chiqariladi. Beton qurilish tizimida yig’ma temirbeton va monolit h’olatlarda
ishlatiladi. Nisbatan past markadagi tsementlar g’isht terish va suvoqchilik qorishmalari
tayyorlashda foydalaniladi. Yuqori markadagi tsementlar (400, 500, 550, 600) temirbeton va
armaturasi avvaldan taranglangan temirbeton konstruktsiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Qurilish
portlandtsementini korroziya muh’itida ishlatish maqsadga muvofiq emas.
Portlantsement shlab chiqarishda energiya sarfi yuqori bo’lgani sababli uni qurilish
soh’alarida ratsional ishlatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |