8
XIX asrda Bertselius (1779-1848) 45 ta elementning atom og'irligini
aniqladi. Elementlar tahlil usulini ishlab chiqdi.
Gey Lyussak (1778-1850) miqdoriy tahlilning titrlash usulini kiritdi.
R. Bunzen (1811-1899) va G.Kirxgof (1824-1887) sifat tahlilining
fizikaviy usuli spektral sifat tahlilini yaratdi.
D.l.Mendeleev (1834-1907) davriy qonun va sistemasini yaratdi. Uning
tahliliy kimyoda ahamiyati katta bo'ldi. Ayniqsa, eritmadagi modda holatini
o’zgarishda D.I.Mendeleyevning eritmalarning gitrat nazariyasi (1887) katta
ahamiyatga ega bo’ladi va eritmalar haqidagi hozirgi zamon ta’limotiga asos
soldi. Analitik kimyoga oid ilmiy asoslangan birinchi qo’llanma :Analitik
kimyo” darsligi 1871 yiIda N.A.Menshutkin tomonidan chop ettirildi. U
yaratgan kationlarning analitik guruhlar bo’ycha tasnifidagi guruhlar
D.I.Mendeleyevning davriy tizimidagi guruhlarga yaqindir.
XX asrda M.A. Ilinskiy (1856-1941) va L.A.Chugaevlar organik
reagentlarni birinchi marta tahliliy kimyoda cho'ktiruvchi sifatida qo'lladi.
N.A.Tananaev (1879-1959) tomchi usulini yaratdi Nemis olimlari
R.Bunzen (1811-1899) va G.Kirxgof (1824-1887) spektral tahlilga asos soldilar.
R.Bunzen gaz tahlili usullarini ham ishlab chiqdi.
Rus olimi N.S.Kurnakov (1860-1941) analitik kimyoga fizik- kimyoviy
tahlil usulini kiritdi. I.P.Alimarin rudalar tarkibini mikrokimyoviy tekshirish
usullarini ishlab chiqdi.
1923 yilda analitik kimyoda organik tahlil sohasini rivojlantirishdagi
xizmatlari uchun F.Prege, keyinroq polyarografiyani fanga kiritilganligi uchun
Ya Geyrovskiy Nobel mukofotiga sazovor bo’Idilar.
1903 yilda M.S.Svet xromatografik tahlilga asos soldi.
30-yillarda G.Shversenbax, keyinroq R.Prishibil kompleksonometrik
tahlilni yaratdilar. 50- yillarda A.Yolish, K.Alkemade, B.V. Lvov kabi olimlar
tomonidan atom absorbsion usullarga asos solindi.
O’zbekistonda ham XX asrda analitik kimyo sohasida katta ishlar amalga
oshirildi. Samarqandda analitiklar maktabi shakillandi. Xromatografik tahlilni
organik va neft’ mahsulotlari tahlilida qo’llash (dos. Zokirov N.S.), gazlar
tahlilining elektrokimyoviy usullarini (prof. Hamraqulov T.Q.), termokimyoviy,
termokatalitik usullarini(prof. Abdurahmonov E.A.), termoionizatsion usullarini
(prof. Nasimov A.M.), analitik kimyoda suvsiz erituvchilarni qo’llash usullarini
(prof. Fayzuliaev O.F.) ishlab chiqish va analitik ob’ektlar tahlilida qo’llash
sohasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: