Microsoft Word analitik kimyo ruziyev


Analitik kimyoning qisqacha tarixi



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/53
Sana23.06.2022
Hajmi1,01 Mb.
#696074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
analitik kimyo ruziyev

Analitik kimyoning qisqacha tarixi: 
Alkimyo davrida(III-XVI asrlar) juda ko’p moddalarning xossalari 
o’rganildi va tajribaviy kimyoga asos solindi. 
Alximiklar oddiy metallarni topib (Zn,Sb,Bi) ulardan foydalanish yo’llarini 
ishlab chiqqan. Shu davrlarda A.P.Beruniy (973-1048) va Xaziniy (XVII asr) lar 
ko’pgina moddalarning solishtirma og’irliklarini yuqori aniqlik bilan aniqladilar. 
Shu davrlarda juda sezgir analitik tarozi xunazgacha aniqlik bilan o'lchay 
oladiganlar yaratildi. (A.R.Xaziniy). 
Abu Ali ibn Sino (980-1037) ko’plab dori-darmonlarni tayorlash bilan 
birga ularni tahlil qilish, tekshirish usullarini ham kashf etgan. Turli metallardan 
oltin olish esa alximiklarning xatosi ekanligini qayd etadi. Yatrokimyo (tibbiyot 
kimyosi) (XV-XVII asrlar) davomida Bekon (15611626) tajriba va tahlilning 
muhimligi kimyoviy jaryonlarning asosi ekanligiga e’tibor qaratadi. A.Libaviy 
1597 yilda suvdagi temirni aniqlash usulini ishlab chiqdi. K.Gasper 1576 yilda 
yong’oqdan olingan ekstraktdan temir va alyuminiyning aniqlash va sarflash 
usulini ishlab chiqdi. 
Analitik kimyo fan sifatida XVII asr o’rtalaridan ya’ni R.Boyl (1627-1691) 
element tyshunchasini kiritgandan boshlandi. Sifat reaksiyalarini tartibga soldi. 
Xo’l usuli bilan qilinadigan taxlilga asos soldi. birinchi marta kislota va 
asoslarni lakmus (indikator) yordamida aniqladi. 
T. Bergman (1735-1784) e’ritmalardan metallarni guruhlari bilan ajratish 
usulini yaratdi. 
XVIII asrda T.E.Lovits (1735-1804) va M.V.Lomonosov (1711-1765) 
mikrokristalloskopik tahlilni yaratdi. Miqdoriy tahlilni fan sifatida 
M.V.Lomonosov asosladi. U kimyoviy reaksiya uchun olingan dastlabki 
moddalarni hamda reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalarni tarozida tortib 
ko’rishni birinchi marta sistemali ravishda qo’lladi. 
A.Lavuaz’e (1743-1794) havo, suv va boshqa organik va anorganik 
moddalarning miqdoriy tarkibini aniqladi. Yonishning kislorod nazariyasini 
yaratadi. 



XIX asrda Bertselius (1779-1848) 45 ta elementning atom og'irligini 
aniqladi. Elementlar tahlil usulini ishlab chiqdi. 
Gey Lyussak (1778-1850) miqdoriy tahlilning titrlash usulini kiritdi. 
R. Bunzen (1811-1899) va G.Kirxgof (1824-1887) sifat tahlilining 
fizikaviy usuli spektral sifat tahlilini yaratdi.
D.l.Mendeleev (1834-1907) davriy qonun va sistemasini yaratdi. Uning 
tahliliy kimyoda ahamiyati katta bo'ldi. Ayniqsa, eritmadagi modda holatini 
o’zgarishda D.I.Mendeleyevning eritmalarning gitrat nazariyasi (1887) katta 
ahamiyatga ega bo’ladi va eritmalar haqidagi hozirgi zamon ta’limotiga asos 
soldi. Analitik kimyoga oid ilmiy asoslangan birinchi qo’llanma :Analitik 
kimyo” darsligi 1871 yiIda N.A.Menshutkin tomonidan chop ettirildi. U 
yaratgan kationlarning analitik guruhlar bo’ycha tasnifidagi guruhlar 
D.I.Mendeleyevning davriy tizimidagi guruhlarga yaqindir. 
XX asrda M.A. Ilinskiy (1856-1941) va L.A.Chugaevlar organik 
reagentlarni birinchi marta tahliliy kimyoda cho'ktiruvchi sifatida qo'lladi. 
N.A.Tananaev (1879-1959) tomchi usulini yaratdi Nemis olimlari 
R.Bunzen (1811-1899) va G.Kirxgof (1824-1887) spektral tahlilga asos soldilar. 
R.Bunzen gaz tahlili usullarini ham ishlab chiqdi. 
Rus olimi N.S.Kurnakov (1860-1941) analitik kimyoga fizik- kimyoviy 
tahlil usulini kiritdi. I.P.Alimarin rudalar tarkibini mikrokimyoviy tekshirish 
usullarini ishlab chiqdi. 
1923 yilda analitik kimyoda organik tahlil sohasini rivojlantirishdagi 
xizmatlari uchun F.Prege, keyinroq polyarografiyani fanga kiritilganligi uchun 
Ya Geyrovskiy Nobel mukofotiga sazovor bo’Idilar. 
1903 yilda M.S.Svet xromatografik tahlilga asos soldi. 
30-yillarda G.Shversenbax, keyinroq R.Prishibil kompleksonometrik 
tahlilni yaratdilar. 50- yillarda A.Yolish, K.Alkemade, B.V. Lvov kabi olimlar 
tomonidan atom absorbsion usullarga asos solindi. 
O’zbekistonda ham XX asrda analitik kimyo sohasida katta ishlar amalga 
oshirildi. Samarqandda analitiklar maktabi shakillandi. Xromatografik tahlilni 
organik va neft’ mahsulotlari tahlilida qo’llash (dos. Zokirov N.S.), gazlar 
tahlilining elektrokimyoviy usullarini (prof. Hamraqulov T.Q.), termokimyoviy, 
termokatalitik usullarini(prof. Abdurahmonov E.A.), termoionizatsion usullarini 
(prof. Nasimov A.M.), analitik kimyoda suvsiz erituvchilarni qo’llash usullarini 
(prof. Fayzuliaev O.F.) ishlab chiqish va analitik ob’ektlar tahlilida qo’llash 
sohasidagi ishlar davom ettirilmoqda. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish