XULOSA
Bundan olti yarim asr oldin yevrosiyo qit'asi markazida tartib o‘rnatish,
beqarorlikni tugatish, tinch va xavfsiz rivojlanish asoslarini yaratish maqsadida
ulkan bir davlat barpo etildi. Aniqrog‘i, 30 avlod oldin Amir Temur (o‘sha
vaqtdagi beqaror dunyoda yagona va markazi muqaddas Samarqand shahri
bo‘lgan) bu ulkan davlatni barpo etdi. U yurgizgan siyosatning muammo va
yo‘nalishlari mohiyatan hozirgi kunda Markaziy Osiyo davlatlarida ham ma'lum
ma'noda saqlanib qolmoqda. O‘sha davr bilan biz yashab turgan hozirgi vaqt
o‘rtasida farq unchalik ham ko‘p emas: qo‘shni mintaqa va davlatlarning bir
qismi tahdid o‘chog‘idan barqaror va ishonchli qo‘shnilarga aylangan bo‘lsa,
boshqalari aksincha, tahdid o‘chog‘i bo‘lib qoldi; uchinchilari esa o‘sha
vaqtdagi kabi hozir ham xavf manbai bo‘lib turibdi; tahdidlar qutubi o‘rin
almashgan, xolos.
Amir Temur dunyo siyosiy xaritasini o‘zgartirgan sarkardalardan
hisoblanadi. Qanday qilib?
Birinchidan, u yevrosiyo markazini «qora tuynuk»dan (tarqalib ketgan
Chingizxon avlodlari imperiyasi o‘rnida), betartib makondan, «barchani urushi
barchaga qarshi urushdan» tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot zonasiga
aylantirdi;
Ikkinchidan, u buni tarixan juda qisqa muddatda amalga oshirdi: Amir
Temurning hayoti (1336-1405) Angliya bilan Fransiya o‘rtasida bo‘lgan Yuz
yillik urushning (1337-1453) yarmiga teng bo‘ldi, imperiyasini esa bir yarim
avlod umri davomida – 1370-1400 yillar orasida yaratdi va mustahkamladi;
Uchinchidan, u barcha yov kuch markazlarini o‘z imperiyasining
periferiyalari–Shimoliy, Janubiy va G‘arbiy Osiyoga bo‘ysindirdi.
To‘rtinchidan, yevropa davlatlari Amir Temur bilan ittifoq tuzishga
harakat qilishdi. Angliya ham, Fransiya ham Usmoniylar imperiyasiga-
Boyazidga qarshi uni o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qildi.
XIV asr oxiri XV asr boshlarida Amir Temur davlati qit'adagi yagona real
buyuk davlat deb tan olindi. Biroq uning zamondoshlari qanday qilib yigirma yil
ichida yo‘q joyda shunday ulkan davlat paydo bo‘lishi sababini tushunmagan
bo‘lsa ham kerak. yevrosiyo imperiyasining amal qilish mexanizmlari va uning
doimiy g‘alabalari sababini o‘sha zamondosh undan ham kam fahimlagan bo‘lsa
ajab emas.
Xalqaro munosabatlarda Amir Temur davlatining rolini ko‘rib chiqar
ekanmiz, davlat, davlatchilik mohiyatida muayyan bir makon va jamiyatda
mavjud turli imkoniyatlarni shu yerlik xalq manfaati yo‘lida yuzaga chiqaruvchi
tashkilotchilik yotganini eslatib o‘tish g‘oyatda muhimdir.
Shunday qilib, Amir Temur davrida o‘zbek davlatchiligi tarixida eng
yorqin sahifalar bitildi. Mazkur yillarda davlatimizning, umuman o‘zbek
xalqining ichki va tashqi siyosatidagi imkonlari, salohiyati to‘la-to‘kis namoyon
bo‘ldi. Mamlakatimiz jahonning siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaziga aylandi.
Davlatimiz kuch-qudratiga yevropadan Xitoyga qadar ulkan hududdagi davlatlar
tan berdi. Shu bilan birga, ming afsuski, XVI asrda shayboniylar va kelgusida
hokimyatni boshqargan sulolalar ushbu muvaffaqiyatlar va davlatchilikdagi
taraqqiyot darajasini saqlab qololmadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: