148/1. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalomdan: «Qaysi duo
yaxshi eshitiladi?» deb so’rashdi, u zot: «Kechaning oxirgi qismi va farz namozlari
so’ngida qilingan duo», deb javob berdilar. Imom Termiziy rivoyatlari
149/2. «Sahihayn»da keltirilgan hadisda Ibn Abbos (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam namozlarini takbir bilan tugatganlarini bilaman», deb xabar berganlar. U zot
boshqa bir rivoyatda yana aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida
odamlar farz namozidan qaytayotib, ovozlarini baland qilib, takbir aytishar edi». Buxoriy
va Muslim rivoyatlari