Bilingki, kishini gohida o‘z oldida va gohida yo‘qligida chiroyli sifatlar ila maqtaladi.
Yo‘qligida maqtashning zarari yo‘q. Faqat maqtovchi kishi yolg‘on aralashtirmasligi va
ana shu yolg‘on sababidan o‘sha sifatdan mahrum bo‘lmasligi hamda maqtalgan kishi
fasodga ketib fitnalanib qolmasligi kerak.
Ammo o‘zining oldida yuziga maqtash to‘g‘risida ba’zi hadislar mahbub ekanligini, ba’zisi
esa man qilinganligini aytgan. Ulamolar ikki tomon hadislarini jamlab, quyidagi fikrlarni
aytishgan: «Agar maqtalayotgan kishi komil imonli, ishonchli, riyozatli, ma’rifatli kishi
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
187
bo‘lib, o‘sha maqtovdan fitnalanmasa va g‘ururga ketmasa, harom ham, makruh ham
emas. Agar bu ishlarning birortasidan ko‘rqilsa, maqtashlik qattiq makruh».