xokisorliklarini ziyoda qilur» (Al-isro surasi, 109-oyat), degan dalil bor.
Sayyid Ibrohim al-Xavvos (r.a.) aytadilar: «Qalbning davosi beshta narsada. Ular:
tadabbur bilan Qur’on o’qish, qorinning bo’sh bo’lishi, kechasi qoim turish, sahar tongda
tazarru’ qilish, solih kishilar bilan o’tirish».
Fasl: Qur’on tilovat qiluvchining Qur’on kitobidan o’qishi yoddan o’qiganidan afzaldir.
Salaf ulamolari shunday deyishgan. Ammo kimning tadabburi, fikrlashi, qalbini jamlashi
Qur’ondan o’qiganidan ko’ra yoddan o’qiganida ziyodaroq bo’lsa, yoddan o’qigani
afzaldir. Ikkalasi barobar bo’lsa, Qur’on kitobidan bo’lgani afzal.
Fasl: Tilovatda ovozni baland qilishning, shu bilan birga ovozni chiqarmaslikning fazilati
haqida ham ulamolarning so’zlari bor. Riyodan qo’rqqan kishi ovozini chiqarmasdan
o’qigani afzaldir. Agar qo’rqmasa, baland ovoz bilan o’qigani yaxshi. Shu shart bilanki,
atrofidagilar namoz o’qiyotgan, uxlayotgan bo’lmasligi kerak. Baland ovoz bilan
o’qiganda boshqalarga ham foyda bor. Chunki qalbni uyg’otadi, butun vujudini fikrlashga
chorlaydi, uyquni ketkazib, faollikni ziyoda qiladi.
Fasl: Tilovat qilayotganda ovoz chiroyli qilinadi. Ammo juda cho’zib yuborilmaydi. Biror
harf ziyoda qilinishi yoki tushirib qoldirilishi haromdir. Cho’zib o’qish, agar haddan
oshmasa, zarari yo’q. Ovozni chiroyli qilish haqida mashhur hadislar bor. Biz bu yerda
ozginasini zikr qildik, xolos.
Fasl: Tilovat qiluvchi kishi suraning o’rtasidan boshlasa, bir-biriga bog’liq so’zlarning
avvalidan boshlashi kerak. To’xtatganda ham bir-biriga bog’liq so’zlar bilan to’xtatadi.
Boshlanishi, vaqf, juz’, hizb, o’ndan biri deb e’tibor qilmaydi. Shuning uchun ulamolar:
«Bir suraning hammasini o’qishi uzun suradan bir miqdor o’qigandan afzal», deyishgan.
Chunki ko’p holat va o’rinlarda bir-biriga bog’liq narsalar bilinmay qoladi.
Fasl: Kishilarga taroveh namozini o’qib beruvchi ba’zi johillar, yettinchi kechada oxirgi
rak’atda An’om surasini, bir yo’la nozil bo’lgan deb gumon qilib, hammasini o’qish
mustahab amal, deb aytishadi. Bundan tashqari bu amallariga yana har turlik bo’lmagur
dalillarni ham keltiradilar. Bu amallari bid’atning o’zginasidir.
Fasl: Baqara, Oli Imron, Niso, Ankabut va boshqa suralarni o’z nomi ila zikr qilish lozim.
Bu to’g’rida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir qancha hadislar kelgan.
Shuningdek, Abu Amrning qiroatlari, Ibn Kasirning qiroatlari va bulardan boshqalarni
qiroatlari deb aytishning ham karohiyati yo’qdir. Bu gaplarni keltirishimizdan maqsad
ba’zi salaf olimlari bunday deyishni makruh deb aytishgan. Masalan, Ibrohim Naxaiy:
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |