www.ziyouz.com kutubxonasi
188
aytilishicha, Aliga (r.a.) «Sen mendansan, men sening (qavming)danman» va «Muso
huzuridagi Horundek mening huzurimda bo‘lishga rozi bo‘lmaysanmi?» deb aytganlar.
Boshqa bir hadisda keltirilishicha, Bilolga (r.a.) «Jannatda kavushing ovozini eshitdim»,
deb aytganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha esa, Ubay ibn Ka’bga «Ilm sizni baxtli
qilsin, ey Abu Munzir», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha, Abdulloh ibn
Salomga «Sen o‘lguningcha Islomdasan», deganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha,
ansoriylarga «Alloh azza va jalla sizlarga kuldi. (Yoki) qilgan ishlaringizdan ajablandi»,
deb aytganlar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha, ansoriylarga «Sizlar kishilar orasidagi
eng mahbublisidirsizlar», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha, Ashaj
Abdulqaysga «Senda ikki xislat bordir. U xislatlarni Alloh va Uning Rasuli yaxshi ko‘radi,
ular: halimlik va bosiqlikdir», dedilar. Mana shu ishora qilgan hadislarim sahih,
mashhurdir. Bunga o‘xshash Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kishilarning yuziga
maqtagan hadislari juda ko‘pdir. Ammo sahoba, tobe’in va ulardan keyingi
ergashiladigan ulamolarning maqtovlari behad ko‘pdir.
Abu Homid G’azzoliy «Ihyo» kitobining zakot qismida quyidagi so‘zlarni keltirganlar:
«Agar biror kishiga sadaqa berilsa, oluvchi kishi beruvchiga qarashi kerak. Agar beruvchi
rahmatni va sadaqasi ovoza bo‘lishini yaxshi ko‘rsa, oluvchi kishi uni maxfiy qilmog‘i
lozim bo‘ladi. Chunki hakqini ado etishlik zulmga yordam berishga olib bormasligi kerak.
Sadaqa beruvchining rahmat talab etishi zulmdir. Agar sadaqa bergan kishining rahmat
aytilishini yaxshi ko‘rmasligini bilsa, olgan kishi rahmat aytmog‘i va bergan sadaqasini
ovoza qilmog‘i lozim». Sufyon as-Savriy: «Kimki o‘z nafsini bilsa, kishilarning maqtovi
zarar qilmaydi», dedilar. Abu Homid G’azzoliy avvalgi bobdagi o‘tgan narsalarni zikr
qilganlaridan keyin quyidagi so‘zlarni keltirdilar: «Bu ma’nolarning nozikligini qalbiga
rioya qilgan kishi mulohaza qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki bu nozik narsalarga ahamiyat
bermay, a’zolarning amal qilishi foydasi oz, qiyinchiligi ko‘p bo‘lgani uchun shaytonga
kulgi bo‘ladi. Bir masalani ta’lim olmoq bir yillik ibodatdan afzal, deyilganida, mana shu
ilm nazarda tutilgan. Endi bu ilm bilan umr ibodati tiriltiriladi. Johillik bilan esa umr
ibodatini o‘ldirib, yaroqsiz qilib ko‘yiladi».
Do'stlaringiz bilan baham: |