189-bob Safardan kelgan kishi uchun aytiladigan duo
Safardan kelgan kishiga «Alhamdu lillahillaziy sallamaka», yoki
«Alhamdu lillahillaziy jama’a ashshamla bika» yoki shunga o‘xshash hamdlarni aytish
mustahab amaldir. Chunki Alloh taolo: «Agar shukr qilsalaringiz, ziyoda qilaman», deb
aytgan. (Ma’nosi: «Seni salomat qilgan Allohga hamd bo‘lsin. Yoki sen bilan to‘plab, jam
qilgan Allohga hamd bo‘lsin».)
Bunga yana quyidagi bobda Oisha onamizdan rivoyat qilingan hadisni ham ko‘shish
mumkin:
190-bob G‘azotdan kelgan kishiga aytiladigan duo
553/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g‘azotdan
kelib, uyga kirganlarida, u zotga peshvoz chiqib, qo‘llaridan ushladim-da,
«Alhamdu lillahillaziy nasoraka va a’azzaka va akromaka», deb aytdim. (Ma’nosi: «Sizga
nusrat berib, aziz qilib, hurmat etgan Allohga hamd bo‘lsin».) Ibn Sunniy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |