108-bob. Ziyoratga kelganlar kasaldan duo qilishini so’rash xususida
375/1. Maymun ibn Mahrondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Agar kasalning oldiga kirsang, haqingga duo qilishini so’ra. Chunki ularning
duolari xuddi farishtalarning duosiga o’xshaydi», dedilar. Ibn Moja va Ibn Sunniy
rivoyatlari
109-bob. Kasal kishi tuzalgandan keyin o’zini o’nglashi va Allohga tavba qilishni ahd etganidan keyin unga vafo qilishi xususida
Alloh taolo: «Ahdga vafo qilinglar. Zero, ahd (qiyomat kuni) mas’ul bo’linadigan