Oyni ko’rganda aytiladigan duolar
476/4. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oy
chiqqanida, mening qo’limdan ushlab: «Zulmatga cho’mgan kechaning yomonligidan
Allohdan panoh so’ra», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari
477/5. Zayyod Nomiyriy (r.a.) qilgan rivoyatlarida: «Rajab oyi kelsa, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma barik lana fiy rajab va sha’bana va ballig’na romazona», deb aytardilar»,
deyiladi. (Ma’nosi: Ey Rabbim, bizga rajab va sha’bon oyida baraka ato ayla va bizni
ramazonga yetkaz.) «Hulyatul avliyo»da zaif isnod ila rivoyat qilingan
Do'stlaringiz bilan baham: |