96-bob. Yiringlaganda, yallig’langanda va a’zolarga toshadigan narsalarga aytiladigan duo
343/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayollaridan biri rivoyat qiladilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening huzurimga kirdilar. Barmog’im
yallig’langan edi. Shunda Rasululloh: «Senda g’arov qamishi (Hindistondan keltirilgan
o’simlik) bormi?» deb so’radilar. Uni barmog’imga qo’ydilar va:
«Allohumma musag’g’irol kabiyr va mukabbiros sog’iyr, sog’g’ir ma biy», deb ayt,
shunda u sendan yo’qoladi», dedilar». (Ma’nosi: Ey kattani kichik, kichikni katta qiluvchi
Zot, mendagi narsani kichik qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari