www.ziyouz.com kutubxonasi
76
63. Hayy.
Tirik. U hamisha tirikdir, U o’lmaydi. Ya’ni, Allohning hayoti abadiydir, o’lim ila yo’q
bo’lmas. Shuningdek, Allohning hayoti azaliy, oldin yo’q bo’lgan emas. Yagona Allohning
tirikligi o’zigagina xos alohida hayot bo’lib, bandalar hayotiga o’xshash boshqa
masdardan berilgan emas. Bu hayot azaliy va abadiydir. Ibtidosi ham, intihosi ham yo’q.
Allohning tirikligi hech bir jihatda bandalarning hayotiga o’xshamaydi.
64. Qayyum.
O’zi qoyim bo’lgan va boshqalarni qoyim qilgan zot. Allohning «qayyum»lik sifati ma’nosi
Alloh taboraka va taoloning har bir narsa ustida turuvchi ekani va har bir turuvchi narsa
Uning sababidangina turishini anglatadi. Shu bilan Allohning qoyimligi boshqanikiga
o’xshamaydi va doimiydir.
65. Vojid.
Topuvchi. Xohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni to’sa olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |