§
10.3. Tijorat banklarini moliyaviy barqarorligini tavsiflovchi
koʻrsatkichlarni rejalashtirish
Tijorat banklarini moliyaviy barqarorligini tavsiflovchi bir qator
koʻrsatkichlar mavjud. Bular:
kredit qoʻyilmalarini tasniflanishi
(standart, substandart, qoniqarsiz,
shubhali, umidsiz)
;
muammoli qarzdorliklar
(muddati oʻtgan, shundan oraliq muddati
oʻtgan, sud jarayonidagi, shartlari oʻzgartirilgan, balansdan tashqari
hisobvaraqdagi qarzlar)
;
taqsimlanmagan foyda;
bank tomonidan aktivlar boʻyicha yaratilgan maxsus zahiralar;
shakllantirilgan majburiy zahiralar jamgʻarmasi;
naqd pul tushumi, birinchi darajali ijtimoiy toʻlovlar va ish haqlarni
toʻlanishi;
muomalaga chiqarilgan plastik kartalar va oʻrnatilgan terminallar,
ular boʻyicha oʻtayotgan toʻlovlar hajmi;
Markaziy bank tomonidan belgilangan boshqa iqtisodiy normativlar
va boshqa koʻrsatkichlar.
Mazkur koʻrsatkichlar roʻyxatini albatta yana davom ettirish mumkin.
Ammo shuni doimo esda tutish lozimki, yuqorida sanab oʻtilgan koʻrsatkichlar
bankning makro darajadagi iqtisodiy salohiyatini koʻrsatib beruvchi koʻrsatkichlar
sanaladi.
Xuddi shunday, bank faoliyatini yoʻnalishlarini ichki tarafdan ochib
beruvchi, masalan aksiyalarni turlari, kreditlarni xududlarga yoʻnaltirilishi, ularni
foizlari, muddatida qaytarilishi, garovlarni turlari, investitsiya portfelini
119
daromadliligi, qanday turdagi korxonalarga yoʻnaltirilganligi, muomalaga
chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni muddatlari, foizlari, depozitlarni qanday
valyutada jalb qilinganligi va muddatlari, bank daromadi va xarajatlarini tarkibi, I-
darajali kapitalni yetarliligi, leveraj, aktivlar boʻyicha tavakkalchilik darajasini
koʻrsatuvchi meʻyorlar, naqd pul tushumlarini mijozlar turlari boʻyicha tarkibi,
muomalaga chiqarilgan plastik karta turlari (aholiga, yakka tartibdagi
tadbirkorlarga, xoʻjalik subyektlariga), ularga kirim qilinayotgan mablagʻlar, ularni
qoldigʻi kabi oʻnlab koʻrsatkichlarni sanab oʻtish mumkin.
Bu kabi koʻrsatkichlar yuqorida taʻkidlanganidek, bank faoliyatini ichki
xususiyatlarini yoritib beradi va ulardan asosan tarmoq ichidagi hisobotlarda
foydalaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 6-apreldagi “Bank
tizimini moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsion faolligini
kuchaytirish choralari toʻgʻrisida”gi1317-sonli qaroriga koʻra banklarga:
o
Umumiy kapitalni har yili kamida 20% ga oshirib borish;
o
Bank ustav kapitalini 50,1 mlrd.soʻmga koʻpaytirish;
o
Depozit bazasini har yili kamida 20% ga oshirish;
o
Tadbirkorlarni kreditlash xajmini 1,3 barobarga oshirib borish;
o
Investitsiya maqsadlariga yoʻnaltiriladigan kreditlarni yanada oʻstirish
vazifalari yuklatilgan.
Undan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-
noyabrda “2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish,
uni barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishni
ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi1438-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda
2011-2015-yillarda:
o
Umumiy kapitalni 2,1 barobarga oshirish;
o
Depozit bazasini 2,5 barobarga oshirish;
o
Muomalaga chiqarilgan plastik kartalar sonini 1,5 barobarga oshirish;
o
Investitsiya kreditlari hajmini 2,8 barobarga oshirish;
o
Tadbirkorlarga kredit ajratish hajmini 2,7 barobarga oshirish;
120
o
Mikrokreditlar xajmini 2,8 barobarga oshirish belgilandi.
Navbatdagi qabul qilingan qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2015-yil 6-maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish
va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora - tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2344 –
sonli qarori boʻldi. Ushbu qaror talablari hozirda amal qilmoqda. Demak, unga
koʻra:
* regulyativ kapital yetarliligi meʻyorini bosqichma-bosqich 10% dan
14,5%ga yetkazish;
* I-darajali kapitalni yetarliligi meʻyorini bosqichma-bosqich 5% dan 11%
ga yetkazish;
* likvidlilikni qoplash meʻyorini joriy etish va 100% ga yetkazish;
* sof barqaror moliyalashtirish meʻyorini jorish etish va 100% ga yetkazish;
* likvidlilik – bu bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar oʻsishini
moliyalash bilan birgalikda depozitlar va qarz mablagʻlari darajasini pasayishini
samarali boshqarishni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |