Microsoft Word aktiv va passiv êèòîáè


 Tijorat banklari kredit siyosatida kreditlarning daromadliligini



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/149
Sana30.06.2022
Hajmi1,91 Mb.
#720338
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   149
Bog'liq
Aktiv va passivlarni boshqarish SAMISI

7.3. Tijorat banklari kredit siyosatida kreditlarning daromadliligini 
oshirish, ularning risk darajasini boshqarishga qoʻyiladigan talablar 
Tijorat banklarini kredit siyosatida kreditlarning daromadliligini oshirish va 
ularning risk darajasini boshqarishni takomillashtirishga alohida eʻtibor qaratiladi. 
Kreditlarning daromadliligini tavsiflovchi koʻrsatkichlar va ularni prognoz 
darajalari kredit siyosatida aniq koʻrsatilishi kerak. 
Tijorat banklari kreditlarining daromadliligini baholashda quyidagi 
koʻrsatkichlardan keng foydalaniladi: 
1. Xar bir soʻmlik kredit qoʻyilmasiga toʻgʻri keladigan daromad darajasi. 
Ushbu koʻrsatkichni hisoblash uchun kreditlardan olingan foizli daromadlar 
summasi kredit qo’yilmalari summasiga boʻlinadi va olingan natija 100 foizga 
koʻpaytiriladi. 
Shunisi xarakterliki, ushbu koʻrsatkichning meʻyoriy darajasini mavjud 
emasligi. Shu sababli, uni baholash uchun moliyaviy tahlilning qiyosiy tahlili usulidan 
foydalaniladi. Ushbu usuldan foydalanganda, birinchidan, xar 1 soʻmlik kredit 
qoʻyilmasiga toʻgʻri keladigan daromad darajasi boshqa banklarning shu koʻrsatkichi 
bilan taqqoslanadi; ikkinchidan, ushbu koʻrsatkichni joriy davrdagi darajasi oldingi 
davrlardagi darajalari bilan taqqoslanadi. 
2. Tijorat banklari kredit qoʻyilmalarining oʻsish surʻati bilan kreditlardan 
olingan foizli daromadlarning oʻsish surʻati oʻrtasidagi mutanosiblik koʻrsatkichi. 


73 
Mazkur koʻrsatkichdan foydalangan holda, tijorat banklari kredit 
qoʻyilmalarining oʻsish surʻati bilan kreditlardan olingan foizli daromadlarning oʻsish 
surʻati oʻrtasidagi mutanosiblikni mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash uchun 
kredit qoʻyilmalarining oʻsish surʻati bilan kreditlardan olingan foizli daromadlarning 
oʻsish surʻati har biri tahlil davri uchun taqqoslanadi. Agar kredit qoʻyilmalarini oʻsish 
surʻati kreditlardan olingan foizli daromadlarning oʻsish surʻatidan baland boʻlsa, 
mazkur ikkala koʻrsatkich oʻrtasidagi mutanosiblik taʻminlanmagan hisoblanadi. 
3. Kreditlardan olingan foizli daromadlarni tijorat banki yalpi daromadi 
hajmidagi salmogʻini oʻzgarishi. 
Kreditlar tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida eng yuqori salmoqni 
egallaydi. Shu sababli, kreditlardan olingan foizli daromadlarni tijorat banki yalpi 
daromadi hajmidagi salmogʻi ham yuqori boʻlishi lozim. 
Odatda, kreditlardan olingan foizli daromadlarning tijorat banki yalpi daromadi 
hajmidagi salmogʻi kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmogʻiga mutanosib 
boʻlishi shart. 
Kreditlardan olingan foizli daromadlar miqdorini qisqa muddatli davriy 
oraliqlarda keskin tarzda oʻsishi ijobiy holat sifatida baholanmaydi. Chunki, mazkur 
daromadlarni keskin oʻsishi kreditlarning foiz stavkalarini yoki kredit qoʻyilmalarini 
yuqori surʻatlarda oʻsishi natijasida xosil boʻladi. 
Tijorat banklarini Kredit siyosatida kreditlarni daromadlilik darajasini 
taʻminlash masalasi kreditlarni risk darajasini boshqarish masalasi bilan birga koʻrib 
chiqiladi. 
Kreditlarni risk darajasi va daromadliligi oʻrtasida toʻgʻri mutanosiblik mavjud. 
Yaʻni, kreditning foiz stavkasi qanchalik yuqori boʻlsa, uning risk darajasi shunchalik 
yuqori boʻladi. 
Kredit siyosatida kredit riskini baholash mezonlari va boshqarish usullari 
oʻzining aniq ifodasini topgan boʻlishi kerak. 
Xalqaro bank amaliyotida kredit riski darajasiga baho berish uchun quyidagi 
uch koʻrsatkichdan keng foydalanilmoqda: 
1. Muddati oʻtgan kreditlarni brutto kreditlar hajmidagi salmogʻi. 


74 
Ushbu koʻrsatkichning yuqori meʻyoriy darajasi 3% qilib belgilangan. 
Agar muddati oʻtgan kreditlarni brutto kreditlar hajmidagi salmogʻi 3 foizdan 
oshmasa, u holda, berilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik meʻyoriy 
hisoblanadi. 
2. Muddati oʻtgan kreditlarni yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan chegaraviy darajasi. 
Ushbu koʻrsatkichni yuqori meʻyoriy darajasi 5% qilib belgilangan. 
3. Kreditlardan koʻrilgan zararlarni qoplashga moʻljallangan zahira ajratmalari 
darajasi. 
Ushbu koʻrsatkichni hisoblash uchun kreditlardan koʻrilgan zararlarni qoplashga 
moʻljallangan zahira ajratmalari summasi tijorat banki aktivlarining oʻrtacha 
summasiga boʻlinadi. 
Mazkur koʻrsatkichning yuqori meʻyoriy darajasi qilib 1% belgilangan. 
Respublikamiz tijorat banklarini kreditlash amaliyotidagi ayrim muammolarni 
mavjudligi koʻzga tashlanmoqda. Xususan, mamlakatimiz bank tizimida kreditlash 
shakllaridan toʻlaqonli tarzda foydalanilmayotganligi, mijozlarni kreditga layoqatliligi 
baholash tizimida sezilarli kamchiliklarni mavjudligi, tijorat banklari kredit siyosatini 
tadqiqot qilishini, kredit siyosati asosida kreditlash jarayonini olib borish asoslarini 
oʻrganishini, kredit riski va uni boshqarish, kreditlash jarayonidagi boshqa mavjud 
kamchiliklarni aniqlash xamda ularni bartaraf etish yoʻllarini amalda qoʻllagan xolda 
banklar tomonidan beriladigan kreditlarni samaradorligini oshirish mumkinligini 
taqazo etadi . 
Ikkinchi guruhga, kreditlash jarayonida mijozning kreditga layoqatliligini 
aniqlashdagi tashkiliy va iqtisodiy muammolarni kiritish mumkin. Tashkiliy 
muammolarga kredit oluvchini kreditga layoqatliligini aniqlashda kredit ta’minotining 
obyekti va uning likvidligini aniqlashdagi muammolarni kiritish mumkin. Aksariyat 
holatlarda bank mutaxassislari mijozning toʻlovga qodirligini kredit ta’minotining 
mavjudligini inobatga oladi. Biroq, kredit taʻminotini kreditni qaytishini asosiy omili 
ekanligini inobatga olmaydilar va uning likvidligini kredit muddatiga nisbatan 
aniqlamaydilar. Natijada mijoz kreditni qaytara olmasa bank tomonidan kredit 


75 
ta’minotining musodara qilinishi tijorat banki uchun oʻziga xos unumsiz sarflarni 
keltirib chiqaradi.
 
Ushbu muammolar natijasida tijorat banklarini kreditlar hisobidan olingan 
daromadlarni tushishiga, daromadni pasayishi natijasida bank likvidliligiga salbiy 
taʻsir qilishi, muammoli kreditlarni koʻpayishi natijasida tijorat bankini nosogʻlom 
bank maqomini olishiga xam olib keladi. 
Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish